Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Fuqarolik huquqining funksiyalari


Download 1.75 Mb.
bet12/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Fuqarolik huquqining funksiyalari

Fuqarolik huquqi yagona huquq tizimining tarkibiy qismi sifatida o‘ziga xos funksiyalarni, vazifalarni amalga oshiradi. Huquq tarmog‘ining funksiyalari uning huquq tizimidagi joyini, o‘rnini belgilab beradi, chunki aslini olganda alohida tarmoqlar o‘z funksiyalari va o‘z mazmuni bo‘yicha bir biridan farqlanadi.


Fuqarolik huquqining asosiy funksiyalari bo‘lib tartibga solish va muhofaza qilish hisoblanadi. Fuqarolik huquqining o‘ziga xos funksiyasi shundaki unda tartibga solish vazifalari ustuvor ahamiyatga ega, jinoyat huquqida esa qo‘riqlash, muhofaza qilish vazifalari ustuvor ahamiyatga ega.
Fuqarolik huquqining asosiy vazifasi eng avvalo, jamiyatdagi normal iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Boshqacha aytganda, fuqarolik huquqi huquqbuzarliklarni jazolashdan ko‘ra ko‘proq odatdagi o‘zaro mulkiy munosabatlarni tashkil etish bilan shug‘ullanadi. Xuddi shu sababli ham fuqarolik huquqida ta’qiqlar nihoyatda kam va yo‘l qo‘yilgan harakatlar benihoyat ko‘pdir. Fuqarolik-huquqiy qurilmalar va ta’sir vositalarini mulkiy munosabatlar ishtirokchilari o‘zlari mustaqil tashkil etadilar. Shunday qilib, fuqarolik huquqining tartibga soluvchi (regulyativ) funksiyasi tartibga solinayotgan munosabatlar ishtirokchilariga o‘z o‘zini tashkil etish, o‘z o‘zini tartibga solish imkoniyatlarini berishda ifodalanadi. Bunga fuqarolik munosabatlari ishtirokchilari turli tijorat va notijorat yuridik shaxslari tuzish, o‘zaro shartnomaviy munosabatlarga kirishish imkoniyatlari fuqarolik huquqiy normalar orqali belgilab qo’yilganini misol keltirish mumkin.
O‘z o‘zidan yoki ushbu funksiyani mazmuni va yo’naltirilganligi fuqarolik huquqi tarkibiga kiruvchi munosabatlarning xususiy xarakteridan kelib chiqadi. Bu esa ommaviy huquq oldida turgan regulyativ (tartibga solish) munosabatlaridan tubdan farq qiladi. Ommaviy huquqda tegishli munosabatlarni tartibga solish qat’i belgilangan xarakterga ega bo’lib, ishtirokchilarning erkin ravishda o‘z xohish irodasi bilan ish ko’rishlariga imkon qolmaydi.
Fuqarolik huquqining muhofaza, qo‘riqlash funksiyasi birinchi navbatda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining mulkiy manfaatlarini himoya qilish maqsadini ko’zlaydi. U fuqarolik muomalasining insofli ishtirokchilari mulkiy holatini, ularning huquq va manfaatlarini buzilishidan ilgarigi, avvalgi holatiga qaytarishga yo’naltiriladi. Shu sababli ham u umumiy qoidaga ko’ra buzilgan huquqlarni tiklash yoki jabrlanuvchiga yetkazilgan zararlarni qoplanishi, tovon to’lash yo’llari bilan amalga oshiriladi. Aniqki uning qayta tiklash, tovon to’lashiga yo’naltirilganligi tovar-pul mulkiy munosabatlarni ekvivalentli to’lov, qiymatga asoslangan tabiyatidan kelib chiqadi.
Qo’riqlash, muhofaza qilish funksiyasining eng muhim yo’nalishlaridan biri bo’lib huquqbuzarlikni oldini olish, huquqbuzarlarga tarbiyaviy ta’sir etish (preventiv) vazifalari hisoblanadi. Buning uchun fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarning muayyan xulq-atvori rag‘batlantiriladi, xuddi shunday xulq-atvorga ular yo’naltiriladilar. Bu esa, o‘zgalarni manfaatini asossiz kamsitish yoxud buzilgan istisno etadi. Ushbu funksiya delikt (zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarda) va boshqa huquqni qo’riqlovchi majburiyatlarda, shuningdek, shaxsiy nomulkiy huquqlarni tartibga solishda yaqqol namoyon bo’ladi. Mulkiy munosabatlar bilan bog‘lanmagan shaxsiy nomulkiy munosabatlarni rasmiylashtirishda esa fuqarolik huquqi umuman olganda mutlaqo himoya vazifalari bilan cheklanadi.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling