Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet18/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Nazorat uchun savollar

1. Ma’lumki huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi manbalar doirasi turli huquq oilalari tizimida turlicha xarakterga ega. Sizningcha fuqarolik huquqining manbalari qanday o’ziga xos xususiyatlarga ega?


2. Sud amaliyoti mamlakatimizda sudlar tomonidan ishlarni ko’rishda muhim ahamiyat kasb etadi. Fuqarolik qonun hujjatlari va sud amaliyoti o’rtasidagi nisbatga baho bering. Qanday doiradagi normativ hujjatlar fuqarolik qonun hujjatlari hisoblanadi?
3. Da’vogar X.X.Alimov javobgar Yu.S.Maxmudova ustidan sudga murojaat etib, 2008 yil 03 iyun kunidagi hadya shartnomasiga asosan Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Muqimiy ko’chasi, 27-uy unga tegishli ekanligini, hozirgi kunda javobgar Yu.S.Maxmudova nizoli uyda doimiy ro’yxatda tursada, lekin 2012 yilning 12 dekabr kunidan buyon yashamasligini, da’vogar esa javobgar uchun ham kommunal to’lovlarni to’lash og’irlik qilayotganligini, shu sababli sudga mazkur da’vo arizasi bilan murojaat qilishga majbur bo’lganligini, bu kabi ishlar bundan oldin fuqarolik ishlari bo’yicha Mirzo Ulug’bek tumanlararo sudida ko’rilganligini ta’kidlab, mazkur sudning hal qiluv qarorini na’muna qilib, yuqoridagilarni inobatga olgan holda suddan javobgarni nizoli xonadondan foydalanish huquqini yo’qotgan deb topishini so’ragan.
Ushbu vaziyatga huquqiy baho bering? Bir sudning qarori O’zbekiston hududida ikkinchisi uchun manba bo’ladimi? Sud pretsedenti manba bo’ladigan davlatlar qaysi huquq tizimiga mansub?
4. Rassom Azizov bilan rasmlar savdosi bilan shug’ullanuvchi tadbirkor Aliyev Azizovning o’zi chizgan rasmlarini yetkazib berish to’g’risida shartnoma tuzadi. Dastlab Azizov o’zi chizgan rasmlarni yetkazib beradi. Keyinchalik bu rasmlar bilan birga shogirdlari chizgan rasmlarni ham o’tkaza boshlaydi. Bundan xabar topgan haridorlar tadbirkordan rasm harid qilmay qo’yishadi. Bu Aliyevga zarar yetkazadi. Aliev zararni undirishni talab qiladi. Azizov shartnomada rasmlar savdosi haqidagi ma’lumot borligini va u shartnomani adolatli, oqilonalik tamoyillariga amal qilgan holda bajarganini bildiradi.
Vaziyatga huquqiy baho bering?

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling