Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


O’z-o’zidan (mutloq) haqiqiy sanalmaydigan bitimlar


Download 1.75 Mb.
bet54/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

O’z-o’zidan (mutloq) haqiqiy sanalmaydigan bitimlar

O’n to’rt yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan voyaga yetmagan o’smirlar qisman muomala layoqatiga ega bo’lsalarda, bitimlarni ota-onalari, farzandlikka olganlar yoki homiylari roziligi bilan tuzadilar. Spirtli ichimliklarni yoki giyohvand vositalarini suiiste’mol qilish oqibatida muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan homiysining roziligisiz tuzilgan bitimni sud haqiqiy emas deb topishi mumkin (FK 120-modda).


Jiddiy yanglishish ta’sirida bo’lib bitim tuzishda, bunday bitim tuzuvchi shaxs bitimda narsa, xususan, bu narsaning sifati to’g’risida, bitim tuzuvchi kontragentning (qarshi tarafning) shaxsi haqida noto’g’ri tasavvurda bo’ladi.


Nizoli bitimlar


Aldash, zo’rlash, qo’rqitish ta’siri ostida yoki bir taraf vaki­lining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda yoxud fuqaro uchun og’ir holatlarning yuz berishi oqibatida tuzilgan bitim jabrlanuvchi­ning da’vosi bo’yicha haqiqiy sanalmasligi mumkin. Aldash ta’siri ostida bitim tuzilishida bitim tuzuvchi ikkinchi tomonni atayin yomon niyat bilan yanglishtiradi. Bu holda aldanuvchi tomon bitimning narsasi yoki uning shartlari to’g’risida noto’g’ri tasavvur qiladi.


Qo’rqitish ta’siri ostida bitim tuzilishida jabrlangan shaxs o’ziga yoki yaqin kishilariga biror mulkiy yoki shaxsiy zarar yetkazilishidan qo’rqib, bitim tuzishga majbur bo’ladi.
Zo’rlik deyilganda boshqa shaxsning erki shu shaxsni bitim tuzishga majbur qilish maqsadida uning o’ziga yoki yaqin kishilariga jismoniy azob yetkazishdan iborat bo’lgan g’ayriqonuniy qilmish tushuniladi.
FKning 125-moddasiga asosan, yuridik shaxs tomonidan uning ta’sis hujjatlarida (ta’sis shartnomasi, nizom, ustavi) aniq chegaralab qo’yilgan maqsadlarga zid holda tuzilgan yoki tegishli faoliyat bilan shug’ullanishga litsenziyasi bo’lmagan yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitim uning muassisi (ishtirokchisi) yoki vakolatli davlat organining da’vosi bo’yicha sud tomonidan haqiqiy emas, deb topilishi mumkin.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling