Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism
Bitimlarning muddatlari va shartli bitimlar
Download 1.75 Mb.
|
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitim shakllari
Bitimlarning muddatlari va shartli bitimlar
Huquq subyektlari o’rtasida tuziladigan bitimlar muayyan muddatlarda ijro etiladi va bekor bo’ladi. Agar bitimda huquq va majburiyatlarning vujudga kelishi yoki bekor bo’lishi vaqti ko’rsatilgan bo’lsa, bitimlar muddatli hisoblanadi. Bitimlarda muddatlar quyidagicha: a) ma’lum kun, oy, yil bilan (masalan, 2015 yil 15 sentyabr); b) ma’lum vaqtning o’tishi bilan (masalan, bir yarim yildan keyin o’tishini ko’rsatish); v) ma’lum bir voqea yuz berishi (masalan, daryo orqali yuk tashish–muz erishi) bilan belgilanadi. Agar bitimda uning ijro etilish muddati ko’rsatilmagan bo’lsa, bunday bitim muddatsiz hisoblanadi. Huquq va majburiyatlarning kelib chiqishi noma’lum bo’lgan holatning yuz berishi yoki bermasligi hisobga olingan holda tuzilgan bitimlar shartli bitimlar deyiladi. Shartli bitim deb, taraflar o’rtasida tuziladigan bitimning amalga oshirilishi yoki bekor bo’lishi, biror-bir shartga bog’lab qo’yilishiga aytiladi. Shartli bitimlar ikki xil ko’rinishda bo’ladi: a) sharti kechiktirilgan; b) bekor bo’lish sharti bilan tuzilgan bitimlar. Agar taraflar huquq va burchlarning kelib chiqishining yuz berishi yoki bermasligi noma’lum bo’lgan holatga bog’liq qilib qo’ysalar, bitim sharti kechiktirish sharti bilan tuzilgan hisoblanadi Agar tarafning huquq va burchlari bekor bo’lishining yuz berishi yoki bermasligi noma’lum holatga bog’liq qilib qo’ysalar, bunday bitim bekor bo’lish sharti bilan tuzilgan bitim hisoblanadi. Bitim shakllari Bitim shakli - erkni bayon etish usulidan iborat. Erk og’zaki, yozma va boshqa usullarda bayon etilishi mumkin. Shunga ko’ra bitim ham tegishli shakllardan iborat. Bitimni shakli uni haqiqiy deb hisoblash (FKning 354, 366-m. m), taraflar o’rtasida nizo kelib chiqqan taqdirda, ularning huquq va burchlarini isbotlash uchun yuridik ahamiyatga ega. Jeton, patta yoki odatda, qabul qilingan boshqa belgi berish bilan tasdiqlangan bitim, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo’lmasa, og’zaki shaklda tuzilgan bitim hisoblanadi. Yozma shaklda tuzilgan shartnoma bajarishga qaratilgan bitimlar, agar qonun hujjatlari va shartnomaga zid bo’lmasa, taraflarning kelishuviga muvofiq og’zaki tuzilishi mumkin. Qonunda indamasdan, sukut saqlash orqali ham bitim tuzilishi mumkinligi nazarda tutiladi. Bu holda xalqimizning qadimdan mavjud “sukut – rozilik alomati” qoidasi amal qiladi. Yozma shaklda tuziladigan bitimlar ikki turga: a) oddiy yozma; b) notarial idoralarda, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollarda, boshqa organlarda tasdiqlanadigan bitimlarga bo’linadi. Oddiy yozma bitim bitimning shartlarini o’z ichiga olgan va taraflar (yoki bir taraf) tomonidan imzolangan hujjatga aytiladi. Bitimlar quyidagi hollarda oddiy yozma shaklda tuziladi: 1) yuridik shaxslarning o’zaro va fuqarolar bilan tuziladigan bitimlari (chunki yuridik shaxslar mavzusida aytganimizdek, yuridik shaxslarning mulki va mablag’lari uning balansida aks ettirilishi kerak. 2) fuqarolar o’rtasidagi belgilangan eng kam oylik ish haqining o’n baravaridan ortiq summadagi bitimlar, qonunda belgilangan hollarda esa bitim summasidan qat’i nazar boshqa bitimlar. Tashkilotlar tomonidan tuziladigan yozma bitimlarda mazkur tashkilot rahbarining imzosi va muhri bo’lishi lozim. Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling