Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet47/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

b) Nomoddiy ne’matlar

Moddiy ko‘rinishdagi ne’matlar (ashyolar) bilan bir qatorda nomoddiy ne’matlar ham fuqarolik huquqining obyekti hisoblana­di. Fuqaroga tug‘ilganidan boshlab yoki qonun bo‘yicha tegishli bo‘lgan shaxsning hayoti va sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmati, shaxsiy daxlsizligi, ishchanlik obro‘si, xususiy va oilaviy siri, nomga bo‘lgan huquqi, tasvirga bo‘lgan huquqi, mualliflik huquqi va boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlari nomoddiy ne’matlar hisoblanadi. Ular shaxsdan begonalashtirilishi yoki boshqa birovga o‘tkazilishi (berilishi) mumkin emas. Ayni vaqtda qonunlarda nazarda tutilgan hollar va tartibda marhumga tegishli bo‘lgan shaxsiy-nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlar boshqa shaxslar, shu jumladan, huquq egasining merosxo‘rlari tomonidan amalga oshirilishi va himoya qilinishi mumkin.


Nomoddiy ne’matlar – qonun tomonidan tan olinadigan, muhofaza qilinadigan moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan hamda egasi (sohibi)ning shaxsidan ajratish mumkin bo‘lmagan ne’matlardir.
Nomoddiy ne’matlarning quyidagi turlari mavjud:
- intellektual faoliyat natijalari;
- xizmat va tijorat siri;
- shaxsiy nomulkiy huquqlar.
Nomoddiy ne’matlarning bir qismi, ya’ni intellektual faoliyat natijalari, xizmat va tijorat siri iqtisodiy mazmunga ega bo‘lib, tovar shakliga kiradi va mulkiy muomalada mutlaq huquq obyektlari sifatida namoyon bo‘ladi.
Shaxsiy nomulkiy huquqlar esa fuqarolik muomalasida o‘ziga xos tarzda, tovar shakliga kirmagan va iqtisodiy mazmunga ega bo‘lmagan holda namoyon bo‘ladi.
Nomoddiy ne’matlarning fuqarolik huquqi obyekti sifati­dagi xususiyati shundaki, bunda birinchidan, buzilgan no­moddiy huquq mazmunidan, ikkinchidan, bunday buzilish oqibatlari xarakteridan kelib chiqqan holda fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullaridan foydalanadi.
Nomoddiy ne’matga nisbatan huquqlarni himoya qilishda ko‘p hollarda sud huquqni qayta tiklash yoki huquqbuzarliklarni to‘xtatishni ta’minlovchi choralar ko‘radi. Nomoddiy ne’matlar orasida shaxsning (yuridik shaxsning ham) sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si alohida o‘rinni egallaydi. Ayni vaqtda nomoddiy ne’matlar shaxsiy huquqlar nomi bilan yuritiluvchi o‘ziga xos huquqlar majmuini ham o‘z ichiga oladi (masalan, nomga, yashash joyini tanlashga, yozishmalar daxlsizligi, ya’ni sir saqlanishiga bo‘lgan huquq kabilar).
FKning 99-moddasida nomoddiy ne’matlar huquq sohibiga yo tug‘ilgandan boshlab tegishli bo‘ladi (yashash huquqi, sog‘-salomat bo‘lishiga bo‘lgan huquq, shaxs sha’ni, shaxsiy daxlsizligi, shaxsiy hayot daxlsizligi, xususiy va oilaviy sirga bo‘lgan huquqlar kabi) yoxud qonunga muvofiq huquq subyektiga tegishli bo‘ladi (masalan, nomga bo‘lgan huquq, erkin ko‘chib yurish huquqi, yashash joyini tanlash huquqi kabi) deb ko‘rsatilgan.
Nomoddiy ne’matlar shaxsning o‘zidan begonalashtirilmaydi, biroq ularni amalga oshirish va himoya qilish uchinchi shaxslarga topshirilishi mumkin (masalan, yangi tug‘ilgan chaqaloqqa ism qo‘yish ota-onasi tomonidan amalga oshiriladi).
Nomoddiy ne’matning ashyoviy mazmunga ega emasligi, uning sohibi bo‘lgan subyektning shaxsi bilan uzviy bog‘liq ekanligi zaru­r elementlar hisoblanadi, ba’zan ularning birortasi bo‘lmasligi ham mumkin. Nomoddiy ne’mat o‘z sohibining shaxsini individuallashtiradi, ijtimoiy mavqeini xarakterlaydi. Nomoddiy ne’matlarning amal qilish muddati cheklanmagan.
Ayni vaqtda bu belgilar shartli xarakterga ega, masalan, intellektual mulk nomoddiy ne’mat sifatida qaralsa ham, fuqaro­lik muomalasida o‘ziga xos tovar sifatida harakatda bo‘lishi mumkin.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling