Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Qimmatli qog‘ozlarga doir fyuchers


Download 1.75 Mb.
bet46/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Qimmatli qog‘ozlarga doir fyuchers – qimmatli qog‘oz bo‘lib, u o‘zida nazarda tutilgan muddatda qimmatli qog‘ozlarning muayyan sonini qat’iy belgilangan narxda sotib olish yoki sotish majburiyatini tasdiqlaydi.
Chek – chek beruvchining chekda ko‘rsatilgan summani chek saqlovchiga to‘lash haqida bankka hech qanday shart qo‘yilmagan topshirig‘i mavjud bo‘lgan qimmatli qog‘oz. Chek bo‘yicha pul chek beruvchining mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
Qonunda qimmatli qog‘ozlar jumlasiga boshqa hujjatlar ham kiritilgan (omonat daftarchasi – fuqaro bilan bank omonati shartnoma­sini tuzish rasmiylashtirilgan hamda uning hisobvarag‘ida omonat bo‘yicha pul mablag‘lari harakatini tasdiqlaydigan hujjat; konosament – yukni tashishga qabul qilinganligi va tashuvchi­ning yukni oluvchiga yetkazish majburiyatini tasdiqlovchi hosilaviy qimmatli qog‘oz).
Ishlar va xizmatlar – fuqarolik huquqining obyekti sifatida. Ko‘rsatiladigan xizmatlar va bajariladigan ishlar ham fuqa­rolik huquqining obyektlaridir. Manbalarda ishlar va xizmatlar moddiy ne’matlar tarkibiga kiritiladi1. Fuqarolik-huquqiy munosabatlar bu ikki obyektining o‘zaro farqi shundaki, mazkur obyekt bilan bog‘liq huquq va majburiyatlarni amalga oshirish natijasida ashyoviy-moddiy ko‘rinishga ega bo‘lgan natijaning yaratilishidir. Agar moddiy natija yaratish maqsadida munosabatga kirishilsa – u ish sifatida, moddiy narsa yaratishni maqsad qilib qo‘ymasa – xizmat deb baholanadi. Shu sabab ham ish bajariladi, xizmat esa ko‘rsatiladi.
Asosan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda tuziladigan pudrat shartnomalarining predmeti ishlar bilan bog‘liq bo‘ladi va pudrat shartnomasi tushunchasi berilganda ushbu obyekt turiga alohida e’tibor qaratiladi. FKning 631-moddasiga asosan pudrat shartnomasi bo‘yicha bir taraf (pudratchi) ikkinchi taraf (buyurtmachi)ning topshirig‘iga bi­noan ma’lum bir ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa ish natijasini qabul qilib olish va buning uchun haq to‘lash majburiyatini oladi.
Fuqarolik huquqi obyekti sifatida ishlardan farqli ravishda aloqa, axborot, tibbiyot, veterinariya, auditorlik, advokatlik, repetitorlik, qo‘riqlash, saqlash, yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish, transport ekspeditsiyasi, ta’lim bilan bog‘liq munosabatlarda xizmat ko‘rsatiladi va ular moddiy ne’mat yaratilishini nazarda tutmaydi.
Xizmat ko‘rsatish tufayli, masalan, repetitorlik xizmati tufayli ilm-ma’rifat o‘quvchiga singdiriladi, sayyohlik xizmati tufayli sayyohlarga tegishli xizmat ko‘rsatiladi. Yo‘lovchi tashish shartnomasi bo‘yicha tashuvchi yo‘lovchini, yo‘lovchi bagaj topshirgan bo‘lsa, bagajni ham belgilangan manzilga eltib berish hamda bagajni olishga vakolat berilgan shaxsga topshiriladi.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling