Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet44/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar Fuqarolik kodeksi­ning 96-moddasida ko‘rsatilganidek, mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlardir.
“Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi (yangi tahrirda) qonunga asosan qimmatli qog‘ozlar – hujjatlar bo‘lib, ular mazkur hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxs­larga o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadi2. Qimmatli qog‘ozlarning qiymati O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida ifodalanadi.
Qimmatli qog‘ozlar fuqarolik huquqi obyekti sifatida xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyo bo‘lib, uni almashtirib bo‘lmaydi. Qimmatli qog‘ozlar emissiyaviy va noemissiyaviy qimmatli qog‘ozlarga bo‘linadi. Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar – bitta chiqarilish doirasida bir xil belgilar va rekvizitlarga ega bo‘lgan, mazkur chiqarilish uchun yagona shartlar asosida joylashtiriladigan hamda muomalada bo‘ladigan qimmatli qog‘ozlar; noemissiyaviy qimmatli qog‘ozlar – “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar tushunchasiga oid bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlardir.
“Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunda qimmatli qog‘ozlarning quyidagi turlari nazarda tutilgan:
aksiya – o‘z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘oz. Aksiyalar mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida qaysi yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli bo‘lsa, o‘sha yuridik yoxud jismoniy shaxs aksiyaning egasi – aksiyador deb e’tirof etiladi. Soha qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, aksiyalarning nominal qiymati besh ming so‘mdan ortiq bo‘lishi mumkin emas1. Jamiyat tomonidan chiqariladigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi kerak. Aksiya bo‘linmasdir.
Veksel – veksel beruvchining yoki vekselda ko‘rsatilgan boshqa to‘lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani to‘lashga doir qat’iy majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz.
Boshqacha aytganda, veksellar bir shaxs tomonidan ikkinchi shaxsga yozib berilgan qarz majburiyatini ifodalovchi, tijorat savdo operatsiyalarida ayri boshlash va muomala vositasida pul, chek va boshqa to‘lov vositalarini o‘rnini qoplaydigan, qonun bilan tasdiq­langan holatda majburiy rekvizitlarga ega bo‘lgan va rasmiylash­tirilgan kredit – qarzdorlik tilxatidir. Vekselni boshqa turdagi qimmatli qog‘ozlardan uni sotish orqali bozor va korxonalardan pul mablag‘i iqtisodiy muomalaga jalb qilishda veksel depozit funksiyasini bajarishi bilan farqlanadi.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling