Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet40/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Ko‘char va ko‘chmas ashyolar. Ko‘char ashyo bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish natijasida xususiyatini o‘zgarishsiz saqlaydigan va o‘z maqsadiga ko‘ra ishlatish mumkin bo‘lgan ashyodir.
Ko‘chmas ashyolar odatda doimiy ravishda bir joyning o‘zida mavjud bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatlarga, xususiy belgilarga egadir. Shu sababli ham u jismiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar toifasiga emas, balki xususiy alomatlari bilan belgilana­digan ashyolar toifasiga kiritiladi. Bunday ashyoning o‘ziga xos xususiyati yer bilan uzviy bog‘liqligidir (tabiiy ravishda yer bilan uzviy bog‘liq ashyolar, masalan, buloqlar, konlar, daryolar va boshq.; inson mehnati bilan vujudga kelgan yer bilan uzviy bog‘liq ashyolar, masalan, bino va inshootlar, quduqlar, bog‘lar, korxona va boshqa ashyolar).
Ko‘chmas ashyolar bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish imkonining yo‘qligi, tayinlanish maqsadiga ko‘ra foydalanib bo‘lmasligi, shaklan o‘zgarishi, shuningdek ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kabi belgilarga ega.
Xususiy va turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar. Xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyo alohida, faqat o‘ziga xos belgisi va o‘ziga xos, yolg‘iz sifati bo‘lgan ashyodir. Unga o‘zining belgilari bilan boshqa o‘xshash ashyolardan ajralib turadigan narsalar, masalan, ma’lum ko‘chadagi, ma’lum sonli uy-joy, o‘zi bir dona bo‘lgan ashyo (jahon birinchiligida chempion bo‘lgan ot, ko‘hinur olmosi kabi)lar kiradi. Xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar boshqa ashyolardan muayyan usulda belgi qo‘yish yoki muhr bosish, raqam qo‘yish bilan farqlanadi.
Pul xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyomi yoki turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyomi? – degan savol tug‘iladi.
Bir tomondan qaraganda, pulda muayyan belgi va raqam qo‘yilgani uchun uni xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyo deyish mumkin. Ikkinchi tomondan qaraganda, pul bir turga xos, ya’ni u bitta vazifani – to‘lov ekvivalenti vazifasini bajaradi.
FKning 87-moddasi 2-qismiga ko‘ra, xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyolar boshqasi bilan almashtirib bo‘lmaydigan ashyolardir. Pulni esa boshqasi bilan almashtirish mumkin (masalan, yirik pulni mayda pulga va aksincha). Demak, pul turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyodir.



Valyuta qimmatliklari: chet el valyutasi (banknotlar, qog’oz pullar, tanga-chaqalar); chet el valyutasi hisobida yozilgan to’lov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditiv va boshqalar); bankning chet el valyutasiga sotib olinadigan va shunday valyutaga almashtirish huquqiga ega bo’lgan so’m hisobidagi to’lov hujjatlari (cheklar va boshqalar); har qanday shakl va holatdagi qimmatbaho metallar: oltin, kumush, platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, radiy, ruteniy va osmiy); xom va ishlangan shakldagi qimmatbaho tabiiy toshlar (olmos, gavhar, la’l, zumrad, saprif, marvarid va boshqalar) O’zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda va doiralardagina oldi-sotdi predmeti bo’lishi mumkin. Mazkur qimmatbaho metal va toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa maishiy buyumlar hamda shunday buyumlarning siniq parchalari bundan mustasnodir.

Turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar son, og‘irlik va o‘lchov bilan ko‘rsatiladigan narsalar hisoblanadi. Masalan, 100 dona shifer, 100 metr chit, 100 tonna paxta va hokazo. Turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar boshqasi bilan almashtirsa bo‘ladigan ashyolardir. Shuning uchun ham bunday ashyolarga nisbatan persona non grataning (ya’ni, tur nobud bo‘lmaydi) qoidasi qo‘llaniladi. Fuqarolik huquqida ashyolarning xususiy va turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolarga bo‘linishi katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, majburiyatlarni ijro etishda, burchni natura holida bajarilishida bunday bo‘linishning o‘rni beqiyos.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling