Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet38/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Nazorat uchun savollar:

1. Nima uchun davlat fuqarolik huquqining alohida subyekti? Bu “alohidalik” nimalarda ko’rinadi?


2. Davlatning fuqarolik huquq layoqati qanday? Davlatning fuqarolik-huquqiy qiyofasi qanday?
3. Qonun hujjatlarida ayrim mol-mulklar, jumladan, qabristonlar davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan obyektlar sirasiga kiritilgan.
Buni qanday izohlaysiz? Guruh bo’lib sharhlang?
4. Respublikadagi viloyatlardan birining hokimi viloyat hududida joylashgan 30 ga yerni qazish va qazilma boyliklarini qayta ishlash maqsadida xorijiy kompaniyaga 50/50 shartnoma asosida topshirdi. Biroq huquqni muhofaza qiluvchi organ ushbu shartnomani noqonuniy ekani, viloyat hokimi yer berishga haqli emasligini aytib, shartnoma bajarilishiga to’sqinlik qildi. Viloyat hokimi esa, viloyat hududidagi yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqi mavjudligini hamda o’z harakatlari qonuniy ekanini bildirdi.
Ushbu holat yuzasidan sizning fikringiz?

7-MAVZU. FUQAROLIK HUQUQINING OBYEKTLARI

Fuqarolik huquqi obyektlari tushunchasi va tasniflanishi. Fuqarolik huquqi obyektlarining turlari a) moddiy ne’matlar b) nomoddiy ne’matlar.




Fuqarolik huquqi obyektlari tushunchasi va tasniflanishi

Fuqarolik huquqining obyekti huquq subyektlarining harakatlari qaratilgan moddiy va nomoddiy ne’matlardir. Faqatgina qonunchilik obyekt ustida o‘rnatiladigan huquq va majburiyatlar, harakatlar qonun hujjatlari va axloq normalari asosida amalga oshirilishini talab etadi. Xususan, xavfsizlikni ta’minlash, insonlarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, tabiatni va madaniy boyliklarni muhofaza qilish yuzasidan ba’zan fuqarolik huquqi obyektlarining muomalada bo‘lishi cheklanishi mumkin.


Bozor munosabatlari sharoitida fuqarolik huquqi obyektlari doirasi kengaydi. Masalan, obyekt sifatida xususiy mulk, qimmat­li qog‘ozlar keng muomalaga kirib keldi, intellektual mulkning yangidan-yangi obyektlari (integral mikrosxemalar topologiyalari, nou-xaular) vujudga keldi, ishlar va xizmatlar doirasi kengaydi, tijorat siri mustaхkamlandi.
Fuqarolik huquqlarining obyektlariga ashyolar, mol-mulklar, mulkiy huquqlar, pullar va qimmatli qog‘ozlar, ishlar va xizmatlar, intel­lektual faoliyat natijalari, shaxsiy-nomulkiy huquqlar kiradi (FK 81-modda).
Fuqarolik huquqi obyektlarini ikki turga, ya’ni moddiy (ashyoviy) va nomoddiy (noashyoviy) ne’matlarga bo‘lish mumkin.
Ashyo o‘zining iqtisodiy tayinla­nishiga, jismiy va boshqa xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi:

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling