Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


fuqarolik muomalasidan chiqarilgan va chiqarilmagan ashyolar


Download 1.75 Mb.
bet39/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

fuqarolik muomalasidan chiqarilgan va chiqarilmagan ashyolar. Masalan, o‘z xususiyatlari bo‘yicha tevarak-atrofdagilar uchun xavf tug‘diradigan ashyolar, ya’ni xavfli xossalarga ega ashyolar (portlovchi moddalar, qattiq ta’sir qiluvchi zahar kabilar). Bunday ashyolarni erkin olish va sotishga yo‘l qo‘yilmaydi. Muomalada bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydigan fuqarolik huquqlari obyektlarining turlari (muomaladan chiqarilgan obyekt­lar) qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Masalan, FKning 214-moddasi va O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g‘risi”dagi qonuni 4-moddasi.
Muayyan muomala ishtirokchilarigagina qarashli bo‘la oladigan yoki muomalada bo‘lishga maxsus ruxsatnoma bilan yo‘l qo‘yiladigan (muomalada harakatlanishi cheklangan obyektlar) fuqarolik huquqi obyektlari turli qonunlarda ko‘rsatilgan tartibda belgilanadi (masalan, ov miltig‘i faqat ruxsat olish va ro‘yxatdan o‘tish tarti­bida jismoniy shaxs egaligiga o‘tishi). Yuqoridagilardan shunday xulosa kelib chiqadiki, qonun ashyolarni muomalada bo‘lish xususiyatiga qarab farqlaydi. Fuqarolik muomalasidan chiqarilgan ashyolar fuqarolar va yuridik shaxslar egaligida bo‘lishi mumkin emas. Aytilganidek, yer, yer osti boyliklari, suv va o‘rmonlar davlatga tegishli bo‘lganidan ular faqat foydalanishga berilishi mumkin. Bu ashyolar sotilmaydi, garovga qo‘yilmaydi va kreditorlarning talablarini qondirish uchun ular hisobidan haq undirilmaydi. Fuqarolik muomalasidan chiqarilgan ashyolarga nisbatan mulk huquqi har doim davlatga tegishli bo‘ladi.
Ba’zi ashyolar iqtisodiyot uchun ahamiyati, davlat xavfsizligi nuqtai nazaridan yoxud boshqa asoslar bo‘yicha faqat alohida ruxsat bo‘yicha olinishi, sotilishi mumkin (qurol va o‘q-dorilar, portlovchi va radioaktiv moddalar, qattiq ta’sir qiladigan zaharlar, muhr, shtamp kabilar).
Valyuta qimmatliklari: chet el valyutasi (banknotlar, qog’oz pullar, tanga-chaqalar); chet el valyutasi hisobida yozilgan to’lov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditiv va boshqalar); bankning chet el valyutasiga sotib olinadigan va shunday valyutaga almashtirish huquqiga ega bo’lgan so’m hisobidagi to’lov hujjatlari (cheklar va boshqalar); har qanday shakl va holatdagi qimmatbaho metallar: oltin, kumush, platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, radiy, ruteniy va osmiy); xom va ishlangan shakldagi qimmatbaho tabiiy toshlar (olmos, gavhar, la’l, zumrad, saprif, marvarid va boshqalar) O’zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda va doiralardagina oldi-sotdi predmeti bo’lishi mumkin. Mazkur qimmatbaho metal va toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa maishiy buyumlar hamda shunday buyumlarning siniq parchalari bundan mustasnodir.
Fuqarolik muomalasidan chiqarilmagan ashyolar doirasi nihoyatda keng bo‘lib, ular erkin sur’atda mulkdorning o‘zidan begonalashtirilishi mumkin.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling