Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet36/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

3. Davlat immunitetdan foydalanadi, ya’ni davlat mol-mulkidan haq undirishga davlat organlari rozi bo’lgandagina yo’l qo’yiladi.
Fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi davlat immuniteti bu davlatning o’z vakolatlarini o’zi qabul qilgan qonun hujjatlari asosida amalga oshirishi, bunda fuqarolik-huquqiy munosabatdagi davlatning huquq va majburiyatlari faqatgina shu davlatning qonun hujjatlariga muvofiq belgilanishidir. Davlat immunitet sohibi sifatida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning qaysi turida ishtirok etishini ham faqat o’zi belgilaydi. Masalan, FKning 457-moddasida davlat o’z ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasida taraf sifatida ishtirok etishi belgilangan.
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda immunitet davlatga nisba­tan shunday holatni yuzaga keltiradiki, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etib, o’z majburiyatlarini bajarmagan davlat faqat o’z milliy qonun hujjatlari asosida javobgarlikka tortiladi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlatga nisbatan vakolatlarni amalga oshirmaslik va hokimiyat vakolatlaridan foydalanmaslik talabi belgilangan bo’lsa-da, davlatning bu belgilari u bilan chambarchas bog’liqligi sababli fuqarolik-huquqiy munosabatlarga ham ta’sir etadi. Aynan shu holatlar “immunitet” atamasining mohiyatini tashkil etadi.
Eng muhimi, davlat o’z immunitetidan voz kechmasligi kerak. Aks holda, uning suverenitetiga putur yetadi, O’zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlarga a’zoligi unga to’sqinlik qilmaydi.
4. Huquq va muomala layoqatini cheklash bo’yicha boshqa subyekt­larga taalluqli bo’lgan qoidalar davlatga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Huquq va muomala layoqatini cheklash bo’yicha qaror har qanday holatda ham davlat vakolatli organi tomonidan uning qarori asosida amalga oshiriladi.
Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi ishtirokiga nisbatan yuridik shaxs haqidagi me’yorlar tatbiq etiladi. Bunda davlatga nisbatan yuridik shaxslar erkining vujudga kelishi bilan bog’liq erkning ifodalanishi to’g’risidagi qoidalargina qo’llaniladi. Ko’plab yuridik manbalarda ham ta’kidlanganidek, yuridik shaxslarga oid boshqa qoidalar (xususan, huquq layoqati to’g’risidagi, ro’yxatdan o’tish to’g’risidagi, nom va joylashgan уeri, filiallar va vakolatxonalar, yuridik shaxs turlari, ularni tashkil etish va tugatish) davlatga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Shu o’rinda davlat va yuridik shaxslarning bir-biriga o’xshash tomonlarini ta’kidlab o’tish joiz. Davlat xuddi yuridik shaxslar kabi muayyan tashkilot bo’lib, o’z ichki tuzilishiga va tashkiliy birligiga, boshqaruv organlariga, fuqarolik muomalasida o’z nomidan ishtirok etish huquqiga ega.
Yuridik shaxs huquqiy belgilarining asosiylarini tashkil etgan yuqoridagi to’rtta belgining davlatga nisbatan o’zgacha ko’rinishda tatbiq etilish holati ularning barchasiga ham taalluqli emas. Ayniqsa, mulkiy javobgarlik holati davlatda ham xuddi yuridik shaxs kabi tatbiq etilmaydi. Bunda davlat (garchi uning mol-mulki asosida tashkil etilgan yuridik shaxslar fuqarolik-huquqiy munosabatlarda o’z nomidan ishtirok etsalarda) mulkning sohibi sifatida fuqarolik-huquqiy munosabatlarda shaxsan o’zi (o’z nomi­dan) yoki organlari, yoxud o’zi tashkil etgan yuridik shaxslar (yuridik shaxslar bunday holatlarda ularning filiallari va vakolatxonalari tomonidan amalga oshiradi) orqali ishtirok etadi.
Umuman davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi “alohida shaxs” maqomi, garchi, yuridik shaxsga o’xshasa-da, u bilan bir xilda emas. Zero, davlat ipso jure – yuridik shaxs emas.
Biroq ayni paytda davlatning huquqlari mutlaq cheksiz ham emas. Masalan, davlat shaxsiy huquqlarga ega bo’lmaydi. Binobarin, davlat alohida xususiyatlarga ega bo’lgan subyektdir.
Davlat ham fuqarolik-huquqiy munosabatlarda boshqa ishtirok­chilar kabi muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo’ladi. Chunki huqu­qiy munosabatning mazmunini unda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari tashkil etadi. Fuqarolik huquqlari va burchlarga ega bo’lmagan shaxslar huquqiy munosabatda mustaqil subyekt sifatida qatnasha olmaydilar. Huquq va burchlarga ega bo’lish holati esa, fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchisining fuqarolik huquq layoqatiga ega bo’lishini ifodalaydi. O’z navbatida davlat ham fuqarolik huquqining boshqa subyektlari kabi huquq layoqatiga ega bo’ladi.
Lekin davlat huquq va muomala layoqatining o’ziga xosligi uning boshqa subyektlar layoqatidan ajralib turishiga sabab bo’ladi. Davlat ham fuqarolik huquqining boshqa subyektlari kabi mulkdor bo’lish, tadbirkorlik bilan shug’ullanish (garchi davlat sof ma’no­dagi tadbirkor hisoblanmasa-da, uning organlari va u tomonidan tashkil etilgan yuridik shaxslar tadbirkorlik bilan shug’ullanish­lari mumkin. Lekin tom ma’noda davlatning huquq layoqati turli xildagi yuridik shaxslar va fuqarolarning huquq layoqati bilan bir xil bo’lishi mumkin emas. Ba’zi holatlarda davlatning huquq layoqati fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq layoqatidan kengroq bo’lsa, ba’zi holatlarda davlatning huquq va burchlari cheklanadi. Masalan, fuqarolar huquq layoqatining mazmunini tashkil etuvchi huquqlar jumlasiga shunday huquqlar kiritilganki, bunday huquqlar davlatda mavjud bo’lmaydi. Masalan, FKning 18-moddasiga muvofiq, fuqarolar mol-mulklarini vasiyat qilib qoldirishlari, yollanma mehnatdan foydalanishlari, mashg’ulot turini va yashash joyini tanlashlari, intellektual faoliyat natijalarining mualliflik huquqlariga ega bo’lishlari mumkin. Davlatda esa, bunday huquqlar mavjud emas.
Fuqarolik huquqining boshqa subyektlarida shunday huquqlar borki, bunday huquqlar davlatga tegishli bo’lmaydi. Masalan, mulkni meros qilib qoldirish, alohida turdagi shartnomalar (franshizing va boshqalar) tuzish, o’zining firma nomiga ega bo’lishlik, fan, adabiyot va san’at asarlari muallifi bo’lish kabilar.
Umumiy qoidaga ko’ra, davlat fuqarolik muomalasida o’z manfaatlari uchun emas, ommaviy hokimiyatni foydaliroq tatbiq etish uchun qatnashadi. Bunday maqsadlar davlat huquq layoqatining mohiyatini yanada to’ldiradi.
Biroq, davlatda shunday imkoniyatlar (huquqlar) mavjudki, bu huquqlar fuqarolik huquqining boshqa subyektlarida uchramaydi. Masalan, merosxo’rlari bo’lmaganda mol-mulkni egallash, qimmatli qog’ozlar chiqarish kabi. Shu bilan birga, maxsus huquqiy munosa­batlar sohasi ajratilganki, garchi fuqarolik huquqining boshqa subyektlari ham ushbu munosabatlarda ishtirok etishlari mumkin bo’lsa-da, ularning to’g’ridan-to’g’ri ishtirok etishlari taqiqlanadi.
Davlatning huquq layoqatini maqsadli deb hisoblash mumkin. Zero, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlat ishtirok etar ekan, faqat bitta maqsadni ko’zlab harakat qiladi va u tomonidan amalga oshirilgan har qanday huquqiy xatti-harakat xalq manfaati va uning farovonligini oshirishga qaratiladi.
Aytish kerakki, davlat huquq layoqatining asosiy holatlari­dan yana biri – davlatning qonun chiqarish huquqdorligidir. Bu huquqdorlik davlat huquq layoqatida katta ahamiyatga egadir. Davlat qonun chiqarish faoliyatini amalga oshirish mobaynida o’ziga tegishli huquqlarni, ya’ni xalq manfaatini amalga oshirishga qaratilgan huquqlarni o’z maqsadini (ya’ni, xalq farovonligini ta’minlash) amalga oshirishga yo’naltiradi.
Munitsipal organlar ham fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi o’ziga xos subyekt hisoblanadi. Munitsipal organlar jumlasiga tegishli hududdagi davlat hokimiyati organlari kiradi. Munitsipal organlarning huquq layoqati davlatning huquq layoqatiga qaraganda biroz torroq bo’lsa-da, o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bunday o’ziga xoslik munitsipal organlarning mol-mulkka ega bo’lishi, o’z budjetini tashkil etishi, bitimlar tuzishi, majburiyatda ishtirok etishi orqali namoyon bo’ladi.





















Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling