Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Bo‘linadigan va bo‘linmaydigan ashyolar


Download 1.75 Mb.
bet41/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Bo‘linadigan va bo‘linmaydigan ashyolar. Bo‘lish natijasida har qaysi qismi butunning xossalarini o‘zida saqlab qoladigan va shu bilan birga o‘zining xo‘jalik (maqsadli) ahamiyatini yo‘qotmaydigan ashyo – bo‘linadigan ashyo hisoblanadi. Masalan, bir qop un, bir qop kartoshka, bir bidon paxta yog‘i kabi.
Bo‘linmaydigan ashyolar bo‘lish natijasida qismlari dastlabki ashyo (butun)ning xossalarini yo‘qotadigan, uning xo‘jalik (maqsadli) ahamiyatini o‘zgartiradigan ashyo bo‘linmaydigan ashyo hisoblanadi (FK, 88-modda). Bo‘linmaydigan ashyolarga shkaf, stol, televizor kabilar kiradi.
Iste’mol qilinadigan va iste’mol qilinmaydigan ashyolar (FK, 89-modda). Iste’mol qilinadigan ashyolar bir marta foydalanish natijasida butunlay yo‘qqa chiqadigan yoki jiddiy ravishda o‘zgaradigan narsa (masalan, oziq-ovqat, xom ashyo kabi)lardir.
Iste’mol qilinmaydigan ashyolar birmuncha uzoq vaqt davomida o‘zining sifatini saqlaydigan narsalardir. Bunday ashyolar, odatda, qayta-qayta foydalanishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Qayta-qayta foydalanish davomida iste’mol qilinmaydigan ashyolarning yemirilishi ham (binolar, uskunalar, transport vositalari) asta-sekin kechadi.
Asosiy va mansub ashyolar. Mansub ashyo asosiy ashyoga xizmat qilishga tayinlangan va umumiy xo‘jalik maqsadi jihatidan u bilan bog‘liq bo‘lgan ashyodir. Masalan, asosiy ashyo qulf bo‘lsa, unga mansub ashyo kalitdir.
Mansub ashyo, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib belgilab qo‘yilmagan bo‘lsa, asosiy ashyoning taqdiriga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, asosiy ashyo birovning egaligiga yoki vaqtincha foydala­nishiga o‘tsa, mansub ashyo ham u bilan birga o‘tadi. Ammo qonun yoki shartnomada boshqacha hollar ham belgilanishi mumkin, ya’ni asosiy ashyo birovga o‘tkazilganda, mansub ashyoning qoldirilishi to‘g‘risida alohida kelishuv ham bo‘lishi mumkin.
Mansub ashyodan uning tarkibiy qismini ajratish kerak. Ashyo­dan uni zararlantirmay va qiymatini jiddiy ravishda tushirmay ajratilishi mumkin bo‘lmagan har narsa ashyoning tarkibiy qismi hisoblanadi. Masalan, velosipedning nasosi mansub ashyo bo‘lsa, avtomashinaning radiatori ashyoning tarkibiy qismi hisoblanadi.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling