Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Da’vo muddati o’tishining to’xtatilishi, uzilishi va


Download 1.75 Mb.
bet68/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Da’vo muddati o’tishining to’xtatilishi, uzilishi va
da’vo muddatining tiklanishi

FKning 156-moddasiga muvofiq, da’vo muddatining o’tishi quyidagi hollarda to’xtatiladi:


1) agar da’vo qo’zg’atilishi uchun muayyan sharoitlarda oldini olib bo’lmaydigan favqulodda hodisa (yengib bo’lmas kuch) to’sqinlik qilgan bo’lsa;
2) O’zbekiston Respublikasi Hukumati majburiyatlarni bajarishni kechiktirganligi (moratoriy) tufayli;
3) agar da’vogar yoki javobgar harbiy holatga o’tkazilgan qurolli Kuchlar, chegara qo’shinlari va ichki qo’shinlar tarkibida bo’lsa;
4) agar muomalaga layoqatsiz shaxsning qonuniy vakillari bo’lmasa;
5) tegishli munosabatni tartibga soluvchi qonun hujjatlarining amal qilishi to’xtatilgan bo’lsa.
Da’vo muddati o’tishining to’xtatilishi holatlari turli davlatlar fuqarolik qonun hujjatlarida turli xil qilib belgilangan. Masalan, Rossiya Federastiyasi Fuqarolik kodeksida da’vo muddati o’tishining asoslari O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksidan farq qilib to’rtta banddan iborat qilib belgilangan bo’lsa va bu davlat FKda “muomalaga layoqatsiz shaxsning qonuniy vakillari bo’lmasligi” sababli da’vo muddatining o’tishi to’xtatilish holati mavjud emas. Qozog’iston Respublikasi Fuqarolik kodeksi mamlakatimiz FK kabi da’vo muddati o’tishining to’xtalishini beshta asosdan iborat qilib belgilagan. Rossiya FKda muomalaga layoqatsiz shaxsning qonuniy vakillari bo’lmasligi da’vo muddati o’tishining to’xtalishi holatining mavjud emasligi shu bilan izohlash mumkinki, muomalaga layoqatsiz shaxsning qonuniy vakillari mavjud bo’lmaganligi tufayli da’vo muddati o’tkazib yuborilish holatini sud uzrli sabab deb topib, o’tkazib yuborilgan da’vo muddatini qayta tiklaydi. Shu munosabat bilan bu holatni da’vo muddati o’tishi to’xtalishining zaruriy bo’lgan fakti sifatida qarash shart emas.
Muddatning to’xtatilishiga turilishiga asos bo’lgan holat barham topgan kundan boshlab da’vo muddatining o’tishi davom etadi, bunda muddatning qolgan qismi olti oygacha, da’vo muddati olti oydan kam bo’lsa, da’vo muddatiga qadar uzaytiriladi.
FKning 158-moddasi da’vo muddati o’tishi to’xtatilishiga asos bo’ladigan yana bir holatni nazarda tutadi. Unga muvofiq, agar jinoyat ishi bo’yicha qo’zg’atilgan da’vo sud tomonidan ko’rilmasdan qoldirilgan bo’lsa, da’vo qo’zg’atilgunga qadar o’ta boshlagan da’vo muddati da’voni ko’rmasdan qoldirgan hukm qonuniy kuchga kirgunicha to’xtatib turiladi, da’vo muddati to’xtatib turilgan vaqt da’vo muddatiga qo’shilmaydi. Bunda muddatning qolgan qismi olti oydan kam bo’lsa, u olti oygacha uzaytiriladi.
Agar da’vo sud tomonidan ko’rilmasdan qoldirilgan bo’lsa, da’vo qo’zg’atilganga qadar o’ta boshlagan da’vo muddati umumiy tartibda davom etadi (FKning 158-moddasi 1-qismi).
Ma’lumki, fuqarolik huquqida da’vo muddati o’tishining to’xtatilishi da’vo muddati o’tishining uzilishidan farqlanadi. Agar da’vo muddati to’xtatilganda da’vo muddati to’xtab qolgan muddatdan davom etsa, da’vo muddati uzilganda u da’vo muddatining qaysi paytida uzilganidan qat’i nazar yangidan boshlanadi. Shuningdek, da’vo muddati o’tishining to’xtatilishi shaxsning erk-irodasiga bog’liq bo’lmagan holatlar natijasida vujudga kelsa, da’vo muddatining uzilishi qarzdor yoki kreditorning erki-irodasiga asoslangan harakat natijasida vujudga keladi.
Da’vo muddati o’tishining uzilishi uzilish uchun asos bo’lgan holatlar vujudga kelgunga qadar o’tgan muddat da’vo muddati tarkibiga kiritilmasligi va da’vo muddati yangidan boshlanishini bildiradi. Da’vo muddati o’tishining uzilish u to’g’risidagi masala butunlay tugaganligini bildirmaydi, aksincha bunda da’vo muddati butunlay yangidan boshlanadi. FKning 157-modasi da’vo muddati o’tishi uzilishining quyidagi ikki holatini belgilaydi:
1) belgilangan tartibda da’vo qo’zg’atilishi bilan;
2) majbur shaxs qarzni tan olganligini ko’rsatuvchi harakatlarni qilishi bilan.
Da’vo muddati o’tishining to’xtatilishi, da’vo muddati o’tishining uzilishi bilan birgalikda fuqarolik huquqlarini himoya qilishda da’vo muddatining tiklanishi ham alohida ahamiyatga ega bo’ladi. Da’vo muddatining tiklanishi, da’vo muddati o’tishining to’xtatilishi va uzilishidan farq qilib, tegishli vakolatli organ tomonidan hal qiladi. Da’vo muddatining tiklanishi bevosita vakolatli davlat organining qaroriga bog’liq bo’ladi. Agar vakolatli davlat organi mavjud vaziyatga huquqdor shaxsning foydasiga qaror chiqarsa, da’vo muddati tiklanadi va aksinchadir.
O’zbekiston Respublikasi FKning 159-moddasiga ko’ra, basharti, sud da’vo muddatining o’tkazib yuborilganligi sababini uzrli deb topsa, buzilgan huquq himoya qilinishi kerak.
Da’vo muddatini o’tkazib yuborish sabablari da’vo muddatining oxirgi olti oyida, bu muddat olti oyga teng yoki olti oydan kam bo’lsa, da’vo muddatida yuz bergan bo’lsa, ular uzrli deb hisoblanishi mumkin (FKning 159-moddasi). FKning 159-moddasida belgilangan “da’vo muddatining oxirgi olti oyida jumlasi” dan shunday ma’no anglashiladiki, agar da’vo muddatining o’tkazib yuborilish sabablari da’vo muddati tamom bo’lishidan olti oy oldin sodir etilgan bo’lsa, sud da’vo muddatini tiklamaydi. Zero, da’vo muddatining oxirgi olti oyidan oldin vujudga kelgan, huquqdor shaxsning o’z huquqlarini amalga oshirishga va sud orqali himoya qilishiga to’sqinlik qilgan vaziyatlar da’vo muddatining qolgan qismida bartaraf etilishi va shaxs o’z huquqlari himoyasini amalga oshirishi mumkin deb hisoblandi. Masalan, fuqaro da’vo muddatining oxirgi sakkiz oyida ogir kasallandi. Qonun bu vaziyatda sakkiz oylik muddat fuqaroning davolanib o’z huquqlarini himoya qilishiga imkon beradi deb hisoblaydi. Shu munosabat bilan da’vo muddati tugashining olti oyidan oldin vujudga kelgan sabablar tufayli da’vo muddati o’tkazib yuborilganda sud da’vo muddatini tiklamaslikka haqli hisoblanadi.
Fuqarolik qonun hujjatlarida agar sud da’vo muddatining o’tkazib yuborilish sabalarini uzrli deb topsa, sudga da’vo muddatini uzaytirish huquqini (majburiyat yuklamaydi) beradi. Muddatning bunday «uzaytirilishi» ko’pchilik holatlarda amaliyotda da’vo muddatining «tiklanishi» - deb ham nomlanadi. Da’vo muddati tiklanishining ahamiyati shundaki, bunday tiklanish natijasida, fuqaro o’zining buzilgan huquqi va putur yetkazilgan qonuniy manfaatini, garchi imkoniyat yo’qotilgan bo’lsada himoya qila oladi.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling