Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet67/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Da’vo muddatining o’ta boshlashi

Da’vo muddatini hisoblashda uning qaysi paytdan boshlanishini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Zero, vaqt davri bilan hisoblanadigan muddatlarda belgilangan vaqtning tamom bo’lish payti huquqiy oqibat tug’dirishini nazarda tutib, hisoblashda xatoliklarga yo’l qo’ymaslik uchun uni boshlanish paytini bilish huquqiy munosabat ishtirokchilari uchun zaruriy omil sifatida e’tirof etiladi. Shaxsning o’z huquqini amalga oshirish, buzilgan huquqini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni talab etish imkoniyatidan foydalanish qancha muddatgacha unda mavjudligini bilishi uchun, u o’zida bu imkoniyat qaysi paytdan boshlab vujudga kelganligini aniqlab olishi lozim.


FKning 154-moddasiga muvofiq, da’vo muddati shaxs o’zining huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo’lgan kundan o’ta boshlaydi.
Da’vo qilish huquqi vujudga kelmasdan turib, da’vo muddatining o’ta boshlashi masalasi ham namoyon bo’lmaydi. Da’vo muddati da’voga bo’lgan huquqining tamom bo’lish paytini belgilaydi (moddiy ma’noda). Bunda da’vo qilish huquqi vujudga kelmasdan turib, uning tamom bo’lish muddatining o’ta boshlashi ham mumkin bo’lmaydi.
Shaxslarning subyektiv huquqlari va manfaatlarida uyg’unlik va umumiylik mavjud bo’lgan hollarda da’vo muddatining o’ta boshlash paytini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Zero, ko’pchilik hollarda bir necha shaxslarga tegishli huquq buzilganda da’vo muddati o’ta boshlagan paytni aniqlash ham bir muncha qiyinchiliklarni vujudga keltiradi. Masalan, majburiyatda shaxslarning ko’pchilik bo’lib ishtirok etishlari yoki umumiy mulkka nisbatan huquqlarning buzilishi va hokazo. Bunday hollarda bir necha shaxslardan birining huquqlari buzilganligini bilishi boshqa shaxslarga tegishli bo’lgan da’vo muddatining o’ta boshlashini bildiradi. Hammualliflardan biriga tegishli huquqlarning buzilishi bilan asarga nisbatan mualliflik huquqlarining buzilishi sodir bo’ladi va da’vo muddati faqatgina huquqi buzilgan shaxsga nibatan emas barcha mualliflarga nisbatan o’ta boshlaydi. Boshqacha aytganda uchta muallifdan birining ismi sharifi (agar taxallus ostida asar e’lon qilingan bo’lsa taxallusi) noto’g’ri ko’rsatilishi uning huquqlari buzilishi va da’vo muddatining o’ta boshlashini bildiradi hamda qolgan ikkita muallifning manfaatlariga putur yetkazib huquqi buzilgan muallif bilan bir vaqtda ularning huquq va manfaatlariga nisbatan da’vo muddati bir paytdan o’ta boshlaydi.
FKning 154-moddasi 3-qismiga ko’ra ijro etish muddati belgilanmagan yoki talab qilish payti ijro etish muddati bilan belgilangan majburiyatlar bo’yicha da’vo muddati kreditorga majburiyatni bajarish to’g’risida talab qo’yish huquqi paydo bo’lgan vaqtdan o’ta boshlaydi, bordi-yu, qarzdorga bunday talabni bajarish uchun imtiyozli muddat berilsa da’vo muddati imtiyozli muddat tamom bo’lgandan keyin hisoblana boshlaydi.
Majburiyatni bajarish uchun qarzdorga imtiyozli muddat berilishi FKning 154-moddasi ikkinchi qismida belgilangan, lekin bunday imtiyozli muddatning kim tomonidan berilishi va bu muddat qancha vaqt davom etishi qonun hujjatlarida aniq ifodalanmagan. Bunday imtiyozli muddat kreditor tomonidan berilishi lozim. Agar kreditorning majburiyatini bajarish haqidagi imtiyozli muddat sud tomonidan belgilansa, unda majburiyatni ijro etish ma’muriy tartibda hokimiyat organining majburlov kuchi bilan amalga oshiriladigan harakat sifatida ko’riladi va bunday holatlarga nisbatan FKning 154-moddasi ikkinchi qismi qoidalari qo’llanilmaydi.
Regress majburiyatlar bo’yicha da’vo muddati asosiy majburiyat bajarilgan paytdan o’ta boshlaydi (FKning 154-moddasi 3-qismi). Regress majburiyatlarda asosiy majburiyat deganda, regress talab qilishi mumkin bo’lgan shaxs tomonidan bajarilgan va bevosita uchinchi shaxslarga nisbatan yuklatilishi nazarda tutiladigan majburiyat tushiniladi. Masalan, sherik qarzdorning boshqa qarzdorlar majubriyatini bajarishi, uning asosiy majburiyatni bajarishi deb tushuniladi. Avtokorxona haydovchisining uchinchi shaxslarga yetkazgan zarari regress majburiyat qo’llanilganda asosiy majburiyat sanaladi. Bu holatda regress talab qilish huquqi asosiy majburiyat bajarilgan vaqtdan o’ta boshlaydi. Chunki, regress talab qilishi huquqiga ega shaxs shu paytdan boshlab, o’zining huquqlari buzilganligini biladi.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling