Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Xususiy mulk huquqi subyektlari va obyektlari


Download 1.75 Mb.
bet75/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Xususiy mulk huquqi subyektlari va obyektlari

FKning 208-moddasiga muvofiq, fuqarolar o’zlariga tegishli mol-mulkning xususiy mulkdorlaridir va shu sababli ular o’zlariga qarashli mol-mulkka nisbatan o’z xohishlariga ko’ra qonunga va boshqa huquqiy hujjatlarga zid bo’lmayldigan har qanday harakatlarni sodir etishlari mumkin. Xususiy mulk subyekti sifatida har qaysi fuqaro, ham shaxsiy tarzda, ham umumiy ulushli mulk asoslarida xususiy mulk subyekti sifatida faoliyat ko’rsatishi mumkin. Fuqarolarning xususiy mulki ishlab chiqarishda ishtirok qilishdan olingan daromadlar, mehnat qilish huquqini boshqa xil tarzda tasarruf etish, tadbirkorlik faoliyati, o’z xo’jaligini yuritish va kredit muassasalariga, aksiyalarga va boshqa xil qimmatli qog’ozlarga sarmoya qilingan vositalardan olingan daromadlar, mulkni meros huquqi bo’yicha qo’lga kiritish va qonunga xilof bo’lmagan boshqa asoslar hisobiga yaratiladi va ko’paytiriladi.


Amaldagi qonunchilik fuqarolarga, xususiy mulk huquqi asosida ularga tegishli har qanday mulkdan, ham shaxsiy iste’mol uchun, ham tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanish huquqini beradi, mazkur holat fuqarolar huquq layoqatining mazmunida tadbirkorlik faoliyati, shuningdek qonun tomonidan ta’qiqlanmaydigan har qanday faoliyat bilan shug’ullanish huquqi elementlarida o’z mujassamini topgan. Fuqarolar tadbirkorlik bilan yakka tartibda yoki yuridik shaxs tashkil etgan holda shug’ullanishlari mumkin (“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida” gi Qonunining 6-7-moddalari). Xususiy tadbirkorlik yakka tadbirkor tomonidan mustaqil tarzda, ishchilarni yollash huquqisiz, mulk huquqi bo’yicha o’ziga tegishli mol-mulk asosida va shuningdek, mol-mulkka egalik qilishga va undan foydalanishga yo’l qo’yadigan boshqa xil ashyoviy huquq asosida amalga oshiriladi. Fuqarolarning birgalikdagi tadbirkorlik faoliyati, yuridik shaxsni tashkil qilmagan holda oila tadbirkorlik shaklida, oddiy shirkat yoki dehqon xo’jaligi ko’rinishida amalga oshirilishi mumkin. Tadbirkorlik faoliyatining subyektlari o’zlari ishlab chiqargan mahsulotning (bajargan ishlarning, xizmatlarning) va ularni sotishdan olinadigan daromadlarning (foydaning) mulkdorlaridir. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining, ishlab chiqarish sarf-xarajatlarining qoplanishidan, soliqlar, yig’imlar va barcha majburiy to’lovlar to’lanishidan qolgan daromadlari (foydasi), sud tartibida majburiy tarzda qarzlarni undirish hollaridan tashqari, ularning o’z xohishi bilan tasarruf etiladi (“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida” gi Qonunining 20-moddasi).
Fuqarolar xususiy mulki huquqining obyektlari deb yer uchastkalari, turar joy uylari, xonadonlar, dala hovlilar, garajlar, uy-ro’zg’or ashyolari, shaxsiy iste’mol ashyolari, pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar va shuningdek, korxonalar hamda ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan boshqa xil mulkiy majmualar, binolar, inshootlar, transport vositalari, ishlab chiqarishning boshqa vositalari tan olinadi. Mol-mulkning miqdori va qiymati, agarda u mulk sifatida qonunga yoki shartnomaga muvofiq olingan bo’lsa, cheklanmaydi.
Xo’jalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, jamoat fondlari va boshqa nodavlat yuridik shaxslar yuridik shaxslarning xususiy mulk huquqi subyektlari deb tan olinadi. Ishtirokchilar, ta’sischilarning ulushlari, xo’jalik faoliyatidan olingan daromadlar va boshqa qonun tomonidan yo’l qo’yilgan asoslar bo’yicha olingan mol-mulklar nodavlat yuridik shaxslar mol-mulki shakllanishining asoslaridir. Davlatga tegishli yuridik shaxslardan (unitar korxonalar, davlat korxonalari) farqli ravishda, mazkur yuridik shaxslarning mulki ularga xususiy mulk huquqi asosida tegishlidir.
Qonun tomonidan ko’zda tutilgan hollardan tashqari, yuridik shaxslarning xususiy mulki tasarrufida muomaladan chiqarilmagan har qanday ko’chmas va ko’char ashyolar bo’lishi mumkin.
Amaldagi fuqarolik qonunchiligi bo’yicha, barcha yuridik shaxslar, yuritayotgan faoliyatining maqsadiga bog’liq holda tijorat va notijorat toifalarga bo’linadi. Tijorat yuridik shaxs sifatida o’z faoliyatining asosiy maqsadi sifatida foyda olishni ko’zlagan tashkilot tan olinadi, notijorat tashkilot deb esa shunday maqsad sifatida foyda olishni maqsad qilib qo’ymagan tashkilot hisoblanadi.
Yuridik shaxslarning shakliga qarab, yuridik shaxsning mulkiga nisbatan ta’sischilar (ishtirokchilar) huquqlarining xususiyati ham farq qiladi. Xo’jalik shirkatlarida va jamiyatlarida hamda kooperativ (shirkat)larda ta’sischilar (ishtirokchilar) yuridik shaxsning mulkiga nisbatan hech qanday ashyoviy huquqlarga ega emas va faqat majburiyat huquqlariga egadirlar. Ta’sischilar (ishtirokchilar)ning ulushlari hisobiga yaratilgan mulk, va shuningdek xo’jalik shirkati tomonidan faoliyat yuritish jarayonida ishlab chiqarilgan va sotib olingan mol-mulk, mulk huquqi asosida unga tegishlidir. Barcha ustav fond bitta yagona jismoniy yoki yuridik shaxsga (masalan, 100%li davlat ishtirokidagi AJ yoki bitta shaxs tomonidan yaratilgan MChJ) tegishli bo’lishiga qaramay, tijoratchi yuridik shaxslarning mulki ta’sischilarga emas, balki mulk huquqi asosida faqat shu yuridik shaxslarga tegishli bo’ladi. Ta’sischilarga mulk huquqi asosida faqat aksiyalar va tegishli yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi ulushlari tegishlidir.
Fuqarolar va yuridik shaxslarning xususiy mulkida muomaladan chiqarilgan ashyolardan tashqari har qanday ko’char va ko’chmas ashyolar bo’lishi mumkin.
FKning 210-moddasiga ko’ra, belgilangan tartibda ajratib berilgan yer uchastkasida qurilayotgan yangi uy-joyga mulk huquqi davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Bir yoki bir necha shaxslar tomonidan qurilayotgan uy-joy qurilishi tamom bo’lguncha va ro’yxatdan o’tkazilguncha mahalliy hokimiyat organlarining ruxsatisiz boshqa shaxsga berilishi mumkin emas.
Davlatga qarashli uy-joy (kvartira)ga mulk huquqi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xususiylashtirish tartibida vujudga keladi.
Kooperativ uy-joyga, kvartiraga, garajga, chorboqqa va boshqa binolarga mulk huquqi kooperativ a’zosi pay badallarini batamom to’lab bo’lganidan keyin vujudga keladi.
Ko’p xonadonli (kvartirali) uydagi kvartira mulkdoriga o’ziga tegishli xonalar bilan birga uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk huquqi ham tegishlidir. FKning 211-moddasining birinchi qismiga ko’ra ko’p kvartirali uyda umumiy mulk obyektlari bo’lib, ushbu uyning umumiy xonalari, jumladan ustun, to’sin, devor konstruksiyalari, kvartiralararo zinapoyalar maydonchalari, zinalar, liftlar va boshqa shaxtalar, yo’laklar, texnik qavatlar, yerto’lalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi injenerlik va kommunikatsiyalar tarmoqlari, bino ichida yoki tashqarisida joylashgan, bir necha binolarga, kvartiralarga xizmat qiluvchi mexanik, elektr, texnik-sanitariya va boshqa qurilmalar va uskunalar hisoblanadi. Ushbu obyektlar ko’p kvartirali uylarga xizmat qilish vazifalarini bajarishga mo’ljallangan bo’lib o’ziga xos tarzda yagona mol-mulk majmuasini tashkil etadi. Ko’p kvartirali uydagi umumiy mol-mulk va ushbu umumiy mol-mulkning alohida qismlari mulk huquqining mustaqil obyektlari bo’lib hisoblanmaydi va begonalashtirishga yo’l qo’yilmaydi.
Ko’p xonadonli uydagi umumiy mulk yagona, bo’linmas obyektni tashkil etishini va umumiy ulushli mulk tarkibida mavjud ekanligini ta’kidlash lozim. Ko’p xonadonli uydagi xonadon mulkdorida qonunga muvofiq, uydagi o’zi sotib olgan xonadonga mulk huquqining paydo bo’lishi paytida umumiy mulk huquqidagi umumiy mulkning ulushli huquqi paydo bo’ladi.
Ko’p xonadonli uyda umumiy mulk huquqidagi umumiy mulkning ulushli huquqi muhim ahamiyatga ega. FKning 211-moddasining ikkinchi qismidagi me’yorlar qaydlovchi xususiyatga egadir, chunki mazkur qismda uyning umumiy mulki tarkibida mulk huquqidagi mulkdorlarga tegishli ulushlarning miqdori va mulkdorlar o’rtasida uyni tutish va mazkur mulkni saqlash bo’yicha sarf-xarajatlarni taqsimlash tartibi turarjoy qonunchiligi tomonidan belgilanishi aniq ko’rsatilgan.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling