Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet72/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Ashyoviy huquqlar

Mol-mulkka nisbatan ashyoviy huquqlar nafaqat mulkdorlarga, balki fuqarolik muomalasining boshqa shaxslariga ham tegishli bo’lishi mumkin, shuning uchun ular “cheklangan ashyoviy huquqlar” deb nomlanadi. Cheklangan ashyoviy huquqlar har doim mulk huquqining hosilasi bo’lib, ular kamroq huquqlar hajmi bilan farq qiladilar. Mulkdor cheklangan ashyoviy huquqlar amal qilish vaqtida mol-mulkka nisbatan mulk huquqini saqlab qoladi, lekin u yoki vaqtincha, yoki muddatsiz, yoki muayyan darajada ushbu huquqni amalga oshirishda o’zini cheklab qo’yadi. Demak, cheklangan ashyoviy huquqlar mavjudligi mulkdorning huquqlarini o’ziga xos cheklanishidir.


Bozor munosabatlariga o’tilishi, barcha mulk shakllarini va ayniqsa, xususiy mulk huquqi tengligini e’tirof etilishi, tadbirkorlik rivojlanishi cheklangan ashyoviy huquqlar vujudga kelishiga sabab bo’ldi.
Cheklangan ashyoviy huquqlarning obyekti bo’lib, odatda, har doim ko’chmas mulk hisoblanadi. Cheklangan ashyoviy huquqlar faqatgina muayyan maqsadlarda obyektdan foydalanish imkoniyatini beradilar. Cheklangan ashyoviy huquqlar ma’lum ashyodan uzoq vaqt davomida foydalanish, boshqa shaxsga ashyoga mulk huquqi o’tish sababli ularda paydo bo’lishi mumkin salbiy oqibatlardan o’z xavfsizligini ta’minlash maqsadini ko’zlagan shaxslarning mulkiy manfaatlariga xizmat qiladilar.
Cheklangan ashyoviy huquqlarning ro’yxati FKning 165-moddasi 1-qismida keltirilgan bo’lib, ularga xo’jalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi, meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi, yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan foydalanish huquqi, servitutlar kiradi.
Cheklangan ashyoviy huquqlar shartnoma, bir taraflama bitim, sud qarori, davlat organlari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlarining aktlari va huquqiy vorislik asosida yuzaga keladi. Masalan, FK 173-moddasining 4-qismida servitut belgilashni talab qilayotgan shaxs bilan o’zga yer uchastkasining egasi o’rtasidagi bitimga muvofiq servitut belgilanishini nazarda tutadi. FK 173-moddasida foydalanish uchun qo’shni uchastkadan cheklangan foydalanish huquqi o’rnatilishi talab qilinadigan yer uchastkasi mulkdori va qo’shni yer uchastkasining mulkdori o’rtasidagi servitutni belgilash xususida nizo paydo bo’lgan holda, servitut belgilashni talab qilayotgan shaxsning da’vosi bo’yicha sud tomonidan hal etiladi va mazkur holatda qo’shni uchastkadan cheklangan foydalanish huquqi sud qarori bilan o’rnatilgan asos va hajmlarda yuzaga keladi.
Cheklangan ashyoviy huquqlar qonun, shartnoma, ashyoviy huquq tegishli bo’lgan tomonning bir taraflama harakati, sud qarori asosida, xususiy alomatli ashyo nobud yoki yo’q bo’lishi, bir shaxsning o’zida cheklangan ashyoviy mulk mulkdori va obyekti to’g’ri kelishi, shunday huquqlar foydasiga o’rnatilgan shaxsning o’limi yoki yuridik shaxs tugatilishi sababli to’xtatilishi mumkin.
Cheklangan ashyoviy huquqlar vujudga kelishi va bekor bo’lishi davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim.
FKning 165-moddasida mulk huquqiga qo’shimcha qilib beshta ashyoviy huquqlar aytib o’tiladi: xo’jalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi, meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi, yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan foydalanish huquqi va servitutlar.
Ushbu ashyoviy huquqlarning mazmuni FK va Yer Kodeksi tegishli normalarida belgilanadi.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling