Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet74/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Nazorat uchun savollar:

1. Mulk huquqi majburiyat huquqi bilan birga fuqarolik huquqining kichik sohalaridan biri hisoblanadi. Shu sababli mulk huquqi va majburiyat huquqining o’zaro nisbati va mulk huquqining fuqarolik huquqida tutgan o’rnini tahlil qiling?


2. Ma’lumki, mulk huquqining mazmunida foydalanish huquqi alohida o’rin tutadi. Ayni paytda foydalanish huquqi alohida holda emas, egalik qilish elementi bilan birgalikda namoyon bo’lishi anglashiladi. Biroq foydalanish huquqining egalik qilish elementidan alohida holda qo’llanilish holatlari ham kuzatiladi.
Mol-mulkka nisbatan foydalanish elementining egalik qilish elementidan alohida holda mustaqil ifodalanish holatini tahlil qiling?
3. Olimov kechki payt ishdan qaytayotib yo’ldan uzuk topib oldi. Uzukni olib uyiga kelib qarasa, u tilladan yasalgan ekan. Ertasi kuni Olimov uzukni tanish zargarga ko’rsatib narxini surishtirganda, zargar uzuk juda qimmat turishini aytdi. Hursand bo’lib ketgan Olimov bu haqda ishxonasidagi do’sti Nazirga aytganida, Nazir unga uzukni topilmalar idorasiga olib borish kerakligini, yo’qsa, qonunda belgilangan javobgarlika toritilishini aytdi. Olimov maslahat so’rab advokatga murojaat qildi.
Unga maslahat bering?
4. Fuqaro A. notariusga murojaat qilib, fuqaro B. ga tegishli bo’lgan uy-joy (ko’chmas mulk)ga mulk huquqini beruvchi orderni rasmiylashtirib berishni so’radi. Bunga asos qilib, u 30 yil davomida uy-joyga halol, oshkora va uzluksiz egalik qilib kelganligi, B. ning vafot etganligi, uning merosxo’rlari yo’qligini ma’lum qildi. Ammo notarius fuqarolik qonunchiligi orqaga qaytish kuchiga ega emasligini bildirib, rad javobini berdi.
Fuqaro A. ning talabi o’rinlimi? Masala qanday hal qilinishi kerak?
12-Mavzu. XUSUSIY MULK HUQUQI

Xususiy mulk huquqining tushunchasi. Xususiy mulk huquqi subyektlari va obyektlari. Xususiy mulk huquqining himoya qilish kafolatlari.




Xususiy mulk huquqining tushunchasi

O’tish davri iqtisodiyoti amalda bo’lgan mamlakatlarda bozor iqtisodiyotini barpo etish uchun xususiy mulk hayotiy ahamiyatga ega. Xususiy mulk tadbirkorlik faoliyati uchun asos bo’lib xizmat qiladi va shu sababdan bozor munosabatlari tizimida alohida o’rin tutadi. Mazkur jihatni inobatgan olgan holda, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining asosini turli ko’rinishlardagi mulk tashkil etadi. Mulkning boshqa ko’rinishlari bilan bir qatorda, xususiy mulk daxlsizdir va davlat tomonidan himoya qilinadi” deb ko’rsatilgan .


O’zbekiston Respublikasida xususiy mulkni huquqiy tartibga solishni rivojlanishi evolyutsion yo’l bilan sodir bo’lganligini ta’kidlash joiz. Birinchi bor, mulkning bir ko’rinishi sifatida xususiy mulk 1990-yil 31-oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida mulkchilik to’g’risida”gi Qonunida ko’zda tutilgan edi. Qonunning 7-moddasiga muvofiq, xususiy mulk fuqarolarning mulki sifatida muomalaga kiradi, nodavlat yuridik shaxslarning va ularga qarashli birlashmalarning mulki esa va shuningdek, ijtimoiy hamda diniy birlashmalarning mulki Qonunning 8-moddasida xususiy emas, balki jamoa mulki deb ta’riflanadi. Demak, mazkur Qonun tomonidan xususiy mulkning faqat bitta turi – fuqarolarning xususiy mulki tan olinadi.
Harakatdagi FKning qabul qilinishi O’zbekiston Respublikasida xususiy mulk huquqini rivojlantirishdagi hal qiluvchi bosqich bo’ldi. “Mulkchilik to’g’risida” gi Qonundan farqli ravishda FK xususiy mulk huquqining subyektiv tarkibini jiddiy tarzda kengaytirgan holda, uning tarkibiga nafaqat fuqarolarni, balki tijorat hamda notijorat nodavlat yuridik shaxslarni ham kiritdi. Demak, bugungi kunda xususiy mulk huquqi fuqarolarning va nodavlat yuridik shaxslarning mulk huquqi sifatida muomalaga kirmoqda.
Qolaversa, 2012 yil 24 sentyabrdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonunda ham xususiy mulk huquqi subyektlarining vakolatlarini yanada mustahkamladi va tegishli kafolatlarni belgiladi.
Xususiy mulk huquqining subyektlari, ya’ni fuqarolar va nodavlat yuridik shaxslar o’z xohishlariga ko’ra va o’z manfaatlari yo’lida, o’zlariga tegishli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish va shuningdek mulk huquqining har qanday buzilishlarini, ular kim tomonidan sodir etilishidan qat’i nazar, bartaraf qilishni talab etishga haqlidirlar.
Xususiy mulk egaligida mavjud bo’lgan mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi. Masalan, Uy-joy Kodeksining 11-moddasining to’rtinchi qismiga muvofiq, uy-joylarga, xonadonlarga, uyning bir qismiga, xonadonning bir qismiga mavjud xususiy mulk egaligi miqdor, o’lcham va qiymat bo’yicha cheklanmaydi. Lekin, shu bilan birga, qonunchilikda belgilangan hollarda, xususiy va ijtimoiy manfaatlarini ko’zlash maqsadlarida ba’zi bir cheklashlar o’rnatilishi mumkin. Masalan, “Giyohvandlik vositalari va psixotropli moddalar to’g’risida” gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq, yuridik shaxslar o’zlarining ishlab chiqarish faoliyatida foydalanish uchun, ko’rsatilgan faoliyat turi uchun litsenziyaning mavjudligi va yillik ishlab chiqarish ehtiyojlaridan ortiq bo’lmagan miqdorda, prekursorlarni sotib olishlari mumkin va sotib olingan yoki buyurtirilgan prekursor miqdori mazkur ehtiyojlardan ortib qolgan har bir holatda maxsus vakolatli organni shu haqda xabardor qilishga majburdirlar. Monopolistik faoliyatni cheklash va unga chek qo’yish, hamda raqobatni rivojlantirish maqsadlarida, monopoliyaga qarshi qonunchilik tomonidan aksiyalarni ma’lum miqdorda sotib olish uchun tegishli davlat organidan ruxsatnoma olinishi shartligi ko’zda tutilgan.
O’zbekiston Respublikasining “Raqobat to’g’risida”gi 2012 yil 6 yanvardagi qonunining 17-moddasiga ko’ra, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo’yicha bitimlar, agar bu bitimlarni tuzish paytida tegishli bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizastiya qilishdan olgan jami tushumi eng kam ish haqining yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo’lsa yoxud bitim ishtirokchilaridan biri ustun mavqeni egallab turgan xo’jalik yurituvchi subyekt bo’lsa, shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini olishga nisbatan, agar bunday shaxs yoki shaxslar guruhi ushbu olishga qadar mazkur aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini tasarruf etmagan bo’lsa yoki mazkur aksiyadorlik jamiyatining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning o’ttiz besh foizidan kamini tasarruf etgan bo’lsa, bunda ana shu shaxs yoki shaxslar guruhi ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning o’ttiz besh va undan ortiq foizini tasarruf etish huquqini olish bo’yicha monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi bo’lgan taqdirda tuziladi.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling