Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet77/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Nazorat uchun savollar:

1. Xususiy mulk ayni paytda fuqarolar va nodavlat yuridik shaxslarning mulki sifatida ifodalanadi. Bunda fuqarolarning xususiy mulki va nodavlat yuridik shaxslari mulkining o’zaro nisbati, obyektlari doirasi va boshqarilishidagi o’ziga xosliklar mavjud.


Mazkur holatlarni muhokama qiling?
2. Amaldagi qonunchilikda “xususiylashtirish natijalarining qayta ko’rib chiqilmasligi va bekor qilinmasligi qoidasi” belgilangan. Qonun buzilish holati mavjud bo’lganda mazkur qoida amal qilish yoki qilmasligi holatini tahlil qiling?
3. Fuqaro Abdurazzoqovlarga tegishli bo’lgan xususiy uy-joy yo’l qurilishi munosabati bilan buzib tashlanishi haqida viloyat hokimining qarori qabul qilindi. Abdurazzoqovlarga tegishli bo’lgan xususiy uy-joy buzib tashlangandan so’ng, ularning oila a’zolaridan ayrimlariga yer uchastkasi olib berildi. Biroq, oilaning boshqa a’zolariga yer uchastkasi olib berish taklifi bildirmadi.
Mazkur holatda Abdurazzoqovlar oilasining xususiy mulk huquqini himoya qilishning qanday yo’llari mavjud? Mulk huquqi mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qo’yishga qaratilmagan holda bekor qilinganda uning huquqlari qanday himoya qilinadi?
4. Fuqaro S. sudga murojaat qilib, fuqaro D. ga tegishli bo’lgan uy-joy (ko’chmas mulk)ga mulk huquqini berishini so’radi. Bunga asos qilib, u 20 yil davomida uy-joyga halol, oshkora va uzluksiz egalik qilib kelganligi, D. ning vafot etganligini ma’lum qildi. Ammo sud fuqarolik qonunchiligi orqaga qaytish kuchiga ega emasligini bildirib, rad javobini berdi.
Fuqaro S. ning talabini muhokama qiling.


13-MAVZU. OMMAVIY (DAVLAT) MULK HUQUQI

Ommaviy (davlat) mulki huquqi tushunchasi va manbalari. Ommaviy mulk turlari.




Ommaviy (davlat) mulki huquqi tushunchasi va manbalari

Fuqarolik-huquqiy munosabatlarida davlat (ya’ni ommaviy-huquqiy tuzilma) yuridik shaxslar va fuqarolar bilan birgalikda an’anaviy tarzda alohida, mustaqil huquq subyekti bo’lib chiqadi. Davlat, nafaqat ommaviy munosabatlarning ishtirokchisi sifatida, balki, ommaviy mulkdan foydalangan holda, o’z ixtiyorida xo’jalik yuritish subyekti bo’lish imkoniyatini saqlaydi.


Ommaviy mulkka nisbatan O’zbekiston Respublikasi FKning 213-moddasining qo’llangan taqdirida, mazkur moddaning normalari ommaviy mulk subyektlarining ko’p sonliligi to’g’risidagi qoidani mustahkamlaydi va mazkur mulk subyektlari sifatida bevosita O’zbekiston Respublikasi (respublika mulkini tashkil etuvchi mulkka nisbatan) va uning ma’muriy-hududiy tuzilmalari (munitsipal tuman, shahar mulkini tashkil etuvchi mulkka nisbatan) chiqadilar. Ular mulkiy muomalada tegishli davlat tuzilmasi nomidan chiqadilar hamda o’zlarining mutasaddiligiga muvofiq tarzda ommaviy mulkdorning u yoki bu vakolatlarini amalga oshiradilar.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling