Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Mulk huquqini himoya qilish tushunchasi va usullari


Download 1.75 Mb.
bet85/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Mulk huquqini himoya qilish tushunchasi va usullari

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, mulkdor mulkiga o’z hohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin. Uning bu huquqini mahrum etishga hech kim haqli emas. Ammo ijtimoiy turmushda, hayotda shunday holatlar bo’ladiki, mulkdor­ning bu huquqiga daxl qilinadi, tajovuz qilinadi. Bu holatda mulkdor yoki mulkdor bo’lmagan ega mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qiluvchi usullardan foydalangan holda o’z buzilgan huquqlarini tiklashga harakat qiladi.


Mulk huquqi himoya etilmas ekan, mulkiy munosabatlar normal tarzda rivojlana olmaydi. Shu sababli davlat turli huquq norma­lari orqali mulkdorning mulkka bo’lgan huquqini himoya etilishini kafolatlaydi. Mulkdor faqat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.
Mulk huquqini himoya qilishda Fuqarolik huquqi normalari muhim rol o’ynaydi. Mulk huquqini himoyasini ta’minlashda fuqarolik huquqi me’yorlari turli xil vazifalarni bajaradi. Ba’zi bir me’yorlar moddiy ne’matlarning u yoki bu shaxslarga tegishli ekanligini mustahkamlaydi. Mulk huquqini vujudga kelishi va bekor bo’lishi haqidagi me’yorlar shunday meyo’yorlar jumlasiga kiradi. Ikkinchi guruh me’yorlari esa mulkdorga tegishli huquqlarni amalga oshirish uchun lozim bo’lgan sharoitlarni ta’min etsa, nihoyat uchinchi guruh me’yorlari mulk huquqini bevosita barcha uchinchi shaxslarning ta’siridan qo’riqlash va himoya etish vazifasini bajaradi. Bunday me’yorlarga mulkdorga yetkazilgan moddiy zarar uchun javobgarlikni belgilovchi me’yorlarni kiritish mumkin1.

Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni fuqarolik - huquqiy himoya qilish deganda – bu huquqlarga qarshi qilingan buzilishlarni bartaraf etish, mulkdorning mulkiy manfaat­larini tiklash va himoya qilishga qaratilgan fuqarolik qonunchiligida belgilangan vositalar yig’indisi tushuniladi.

Mulk huquqini uchinchi shaxslar tomonidan buzilishining xarakteri va mazmuniga qarab mulk huquqini himoya qilish turli usullarga turkumlanadi. Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish quyidagi guruhlarga bo’linadi:


1. Mulk huquqini ashyoviy huquqlar bilan himoya qilish. Bu usul mulk huquqini mutlaq subyektiv huquq sifatida himoyalab hech qanday aniq majburiyatga bog’liq bo’lmagan holatda mulkdorning o’ziga tegishli bo’lgan ashyoga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini tiklash yoki bu huquqlarni amalga oshirishga to’sqin­lik qiladigan holatlarni bartaraf etish tushuniladi. Ashyoviy-huquqiy usullarga mol-mulkni birovning qonunsiz egaligidan talab qilish da’vosi (vindikatson da’vo), egalik qilish huquqining bekor qilinishi bilan bog’liq bo’lmagan huquqbuzarliklarni bartaraf etishni talab qilish da’vosi (negator da’vo), mulk huquqini tan olish to’g’risidagi da’volar kiradi. Aniqroq qilib aytganda, mulk huquqi aniq subyektiv huquq sifatida faqat ashyoviy-huquqiy usullar bilan himoya qilinadi.
Mulk huquqini himoya qilishni aynan “ashyoviy huquqlar” bilan bog’lanishi mulkiy huquq buzilishi natijasida ham mulkdor kelajakda o’z mulkini aynan o’zini ashyoviy-natura shaklda qaytarib olishi mumkin bo’ladi yoki mulkiy huquqlarini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan to’sqinliklarni bartaraf etilishi uchun “kurashadi”. Buning oqibatida mulk ashyoviy ko’rinishda mulkdor tasarrufida qolishi ta’minlanadi yoki tiklanadi. Mulk qonunsiz egalikdan talab qilish jarayonida ashyoviy ko’rinishda qaytarilish imkoni bo’lmasa, u holda mulkiy himoya ashyoviy huquqlar bilan himoya qilish usullari tarkibiga kirmaydi.
2. Majburiyat-huquqiy usullar bilan himoya qilish. Bu usullarga mulkdorga yetkazilgan zararni qoplash, asossiz orttirilgan mol-mulkni qaytarish, shartnoma bo’yicha olingan ashyoni, agar shartnoma bo’yicha ashyo ma’lum muddatga foydalanishga berilgan bo’lsa, qaytarish kabi mulk huquqini himoyalovchi usullar misol bo’ladi. Ushbu usullarning barchasi uchun ularning asosini tashkil etuvchi omillar mulk huquqiga ega bo’lmay, balki boshqa huquqiy institut­larga tegishli subyektiv huquqlar xosdir. Masalan, mulkdor o’ziga tegishli mulkni ijaraga berib, ijara muddati tugagandan so’ng, ijaraga oluvchi mulkni mulkdorga qaytarmasa, mulkdorning huquqi mulk huquqi normalari bilan emas, shartnoma huquqi normalari bilan himoya qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, majburiyat-huquqiy usullar mulk huquqini bevosita emas, balki so’nggi natijaga bog’liq holatda himoya qiladi hamda majburiyat bajarilmasligi oqibatida mulk huquqini buzilishidan himoyalanish orqali namoyon bo’ladi. Bir qator holatlarda, jumladan, mulk nobud bo’lganda mulk huquqi o’z-o’zidan bekor bo’ladi. Bunda majburiyat-huquqiy usullar mulk huquqini himoya qilishga emas, mulkdorning mulkiy manfaatlarini himoya qilishga qaratiladi.
3. Fuqarolik huquqining turli institutlari bilan himoya qilish. Bu guruhga mulk huquqini fuqarolik-huquqiy himoya qilishning shunday usullari kiradiki, ular ashyoviy huquq va majburiyat-huquqiy munosabatlarga aloqador bo’lmasdan, fuqarolik huquqining turli institutlaridan kelib chiqadi. Bedarak yo’qolgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan fuqaroning qaytib kelishi natijasida, uning mulkiy huquqlarini himoya qilish haqidagi normalar, bitim haqiqiy emas deb topilganda; taraflarning mulkiy huquqlarini himoya qilish, garov saqlovchining javobgarligi haqidagi, meros qilib qoldirilgan mol-mulkni saqlovchi yoki vasiyga berilgan vasiy­lik ostidagi shaxsning mol-mulkini nobud bo’lishi va yo’qolishi haqidagi qoidalar fikrimizni isbotlaydi.
Bu himoya usuli orqali mulk huquqi bilvosita himoya qilinadi.
4. Mulk huquqining bekor bo’lishini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarda himoya qilish. Mazkur maxsus usul bilan bog’liq fuqarolik-huquqiy usullarga, bevosita mulk huquqi bekor bo’lishi oqibatida yuzaga keladigan huquqbuzilishlarini fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlar orqali himoyalash usullari kiradi. Bunga, xususan, davlat tomonidan shaxslar mulkining davlat ixtiyoriga noqonuniy o’tkazilishidan himoyalovchi kafolatlar kiradi.









Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling