Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet84/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Nazorat uchun savollar:

1. Umumiy mulkni tushunish uning huquqiy rejimini belgilash muhimdir. Bunda umumiy mulk huquqining mulk shakli yoki turi ekanligi masalasini aniqlash lozim. Amaldagi qonunchilikda umumiy mulk huquqi mulk shakllaridan keyingi joylashtirilgan holatidan kelib chiqib, umumiy mulkning mulk shakli yoki turi ekanligini tahlil qiling?


2. Birgalikdagi umumiy mulkdan ulush ajratish va taqsimlashning ulushli mulkdan ulush ajratish va taqsimlashdan farqi nimada. Ulushlarni taqsimlashda sheriklarning xarajatlari hisobga olinishi faktini ham tahlil qiling?
3. Ota-onaning vafotidan so’ng ularning voyaga yetgan va alohida yashaydigan to’rt nafar farzandlariga uy-joy meros qoldi. Merosxo’rlarning uchtasi uyni sotish va tushgan mablag’ni o’rtada taqsimlashni taklif qilishdi. Bittasi esa uyni sotishga qarshilik qilib, o’z ulushi uchun uydan yashash uchun foydalanishni talab qildi.
Merosxo’rlar o’rtasida kelishuvga erishilmagach, uch merosxo’r uyni sotishga qarshilik qilgan merosxo’rga nisbatan uyni sotish paytida ta’sir o’tkazmaslikni cheklash to’g’risida sudga da’vo bilan murojaat qilishdi. O’z talablarida ular uyning butunlay sotilishini, bu esa uning bozor narxini ancha oshirishini bildirishgan.
Ish qanday hal qilinadi?
4. Er-xotin Qobilov va Odilova o’zlarining birgalikdagi hayotlari davomida “Nexia” mashinasiga ega bo’lishdi. Bir necha yil o’tgach, Qobilov aviastiya halokati tufayli halok bo’ldi. Uning onasi merosxo’r sifatida Odilovaga nisbatan avtomashinani sotib, pulini taqsimlash to’g’risida da’vo qo’zg’atdi. Sudning qarori bilan avtomobil xotiniga qoldirildi, onasiga Odilova tomonidan pul kompensatsiyasi to’landi.
Bir oz vaqt o’tgach, Odilova mashinani sotdi. Buni eshitib, Qobilovning onasi oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish to’g’risida da’vo qo’zg’atdi, uning fikricha avtomabil oldi-sotdisida o’zining imtiyoli sotib olish huquqi buzilgan.
Masalani tahlil qiling?
15-MAVZU. MULK HUQUQI VA BOShQA AShYoVIY HUQUQLARNI HIMOYa QILISh

Mulk huquqini himoya qilish tushunchasi va usullari. Vindikatsion va negator da’volar. Mulkiy huquqini fuqarolik huquqi normalari bilan himoya qilishning boshqa usullari.





Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling