Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet86/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Vindikatsion va negator da’volar

Amaldagi fuqarolik qonunchiligi bo’yicha vindikatsion da’vo, ya’ni egalik qilmayotgan mulkdorga tegishli mol-mulkni o’zga shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish mulk huquqini himoya qilishning asosiy ashyoviy-huquqiy usullaridan hisoblanadi. Mulk huquqini himoya qilish usuli sifatida vindikatsion da’vo qadim tarixga ega bo’lib, uning ildizlari Rim xususiy huquqida namoyon bo’ladi. Vindikatsiya-lotincha “vim dicere” so’zidan olingan bo’lib, “kuch qo’llanish to’g’risida e’lon qilaman” ma’nosini anglatadi. Bu orqali mulkdor o’z mol-mulkini qidirish va qaytarib olish bo’yicha huquqini amalga oshirgan-qayerda o’z mol-mulkimni topsam, shu yerda uni vindikatsiya qilaman (ubi rem meam invenio, ibi vindico). Mazkur huquq tizimi bo’yicha vindikatsion da’vo orqali bevosita mulkdorning egaligi himoya qilingan.


FKning 228-moddasida ham mazkur da’vo nazarda tutilgan. Moddaning mazmunidan bunday da’voni faqatgina boshqa shaxsning qonunsiz egaligida bo’lgan mol-mulkning mulkdori berishi mumkinligi anglashiladi. To’g’ri, FKning 232-moddasi mulkdor bo’lmagan titulli egalik qiluvchilarga ham mol-mulkni o’zga shaxsning egaligidan talab qilib olish huquqini beradi.
Vindikatsiya da’vosi bo’yicha javobgar bo’lib qonunsiz egalik qiluvchi shaxs hisoblanadi. Qonunsiz egalik qilish – tegishli huquqiy asoslarsiz mol-mulkni egallab olishdir. Faqatgina o’zboshimchalik bilan mulkni o’zlashtirib olgan (o’g’irlagan, topilmani, qarovsiz chorva hayvonlarini o’zlashtirib olgan) shaxsnigina emas, balki mol-mulkni tasarruf etish vakolatiga ega bo’lmagan shaxsdan sotib oluvchini ham qonunsiz egallovchi deb hisoblanadi. Bunda, qonunsiz egalik qiluvchining harakatlari albatta aybli bo’lishi shart emas. Mulkka nisbatan egalik obyektiv jihatdan qonunsiz ekanligi muhimdir.
Vindikatsiya da’vosi doirasida mulk egaligi titulini (rutba)ni isbotlash faqat ashyoning qay yo’sinda da’vogar mulkiga aylanganligi asoslarini aniqlashdan iborat bo’lmay, balki javobgarning egaligi qay tarzda vujudga kelganligi shart-sharoitlarini ham o’rganishdan iboratdir. Jumladan, agar mulk egasi nizoli mol-mulkni u begonalashtirish to’g’risidagi bitim asosida (masalan, oldi-sotdi) yoki mulkni vaqtinchalik foydalanish uchun o’tkazilganligi asosida (masalan, ijara) qo’lga kiritganligini ko’rsatsa, ana shu bitim sud tomonidan baholanishi shart. Agar bitim haqiqiy bo’lsa, shuning o’zi vindikatsiya da’vosini asossiz deb topish uchun asos bo’ladi, zero bunda javobgarni qonunsiz egalik qiluvchi deb e’tirof etib bo’lmaydi.
Da’vogar ashyoga nisbatan o’z egalik huquqini isbotlash bilan bir vaqtning o’zida javobgarning ana shu mol-mulkka nisbatan egaligini keltirib chiqargan bitimning haqiqiy emasligiga oid vajlarni ham keltirishi shart. Ammo agar da’vogar ko’rsatayotgan asoslar bitimning nizoli ekanligidan dalolat bersa (masalan, mulk javobgar tomonidan kimoshdi savdosida sotib olingan), sud bir vaqtning o’zida vindikatsiya da’vosini ham, nizoli bitimini haqiqiy emas deb topish to’g’risdagi da’voni ham ko’rib chiqishi mumkin. Agar nizolashuv huquqiga ega bo’lgan shaxslar tomonidan nizoli bitimni haqiqiy emasligini e’tirof etish to’g’risida da’vo arizasi kiritilmasa, vindikatsiya da’vosi ham qanoatlantirilmaydi.
Vindikatsiya da’vosi yordamida faqat muayyan xususiy alomatlari bilan belgilanadigan mol-mulk (ashyo), qolaversa, qonunsiz egallovchida asl (natura) holida mavjud bo’lgan mol-mulkka bo’lgan huquq himoya etilishi mumkin. Noqonuniy egalik ostida bo’lgan, ammo ish ko’rib chiqiladigan kunda mavjud bo’lmagan mol-mulkka noqonuniy egalik qilib turgan shaxsga nisbatan keltirilgan da’vo qanoatlantirilmaydi. Agar mulk yo’q qilib yuborilgan bo’lsa, mulk egasi uning qaytarilishini talab eta olmaydi, u faqat mulkning yo’qotilishi sababli ko’rilgan zararni qoplash to’g’risida talab qo’yishi mumkin.
Vindikatsiya da’vosini bildirish uchun da’vogar va javobgar o’rtasida nizoli ashyo yuzasidan majburiyatli munosabatlar mavjud emasligi muhim shartlardan biri hisoblanadi. Mulk egasi majburiyatli munosabatlarga ega bo’lgan shaxs tomonidan mulkning qaytarilishini talab qilingan da’vo majburiyat huquqlari me’yorlariga muvofiq ravishda hal etilishi darkor. Masalan, agar javobgar mol-mulkka ijara shartnomasi asosida egalik qilayotgan bo’lsa, vindikatsiya da’vosini qanoatlantirish mumkin emas.
Vindikatsiya da’volariga nisbatan umumiy da’vo muddati tatbiq etiladi. Shu boisdan mulk huquqi bilan bog’liq nizolarni hal etishda mulk huquqini vujudga keltiruvchi egalik muddatini qo’llash bilan bog’liq bo’lsa, egalik huquqini vujudga keltiruvchi muddatining hisobi ko’rsatib o’tilgan uch yillik muddat tugamasidan avval boshlanmasligini unutmaslik lozim.
Egalik huquqini vujudga keltiruvchi muddat bo’yicha mol-mulkka nisbatan uzoq muddatli ruhiy munosabatni ifodalovchi halol egalik qilishdan farqli o’laroq, insofli egalikka olish, odatda, oluvchi tomonidan o’z xatti-harakati orqali hech kimning huquqlarini buzmayotganligini bir zumda baholash orqali sodir bo’ladi. Holbuki, nizoli mol-mulkni egalikka olish yuzasidan bitim tuzilishi vaqt jihatidan cho’zilib ketgan bo’lsa (masalan, bevosita shartnoma tuzish oldidan uzoq vaqtli bahslashuvlar yoki muzokaralar olib borilganda), oluvchiga ana shu davr ichida ma’lum bo’lib qolgan bitim to’g’risidagi har qanday axborot egalikka olish tasnifiga ta’sir ko’rsatadi. Xususan, agar nizoli mol-mulk yuzasidan haq to’lab olinadigan bitim tuzilayotgan paytda oluvchi unga nisbatan uchinchi shaxslarning da’volari mavjudligini bilgan bo’lsa va keyinchalik o’rnatilgan tartibda ana shu da’volarning qonuniy ekanligi isbotlansa, bunday xaridorni insofli egalikka oluvchi deb e’tirof etilmaydi.
Shunday egalikka olishni insofli deb hisoblash mumkinki, unda egalikka oluvchida mol-mulkning begonalashtirilishi bilan bog’liq bitimning noqonuniyligi to’g’risida ishonchli ma’lumotlar bo’lmaydi (bilmagan), ayni chog’da bu bitimning qonuniyligiga bitim tuzilayotgan shart-sharoit orqali fuqarolik munosabatida ishtirok etayotgan har qanday oqil insonda shubha tug’ilishi mumkin emasligi ochiq oydin ko’rinib turgan (bilishi mumkin bo’lmagan) holat mushtarak keladi. Mol-mulkni nomutanosib darajada arzon narxda bitim asosida sotib olinishi va bu bitimning atrofdagilardan yashirin holda bajarilishi yoki avvaldan begonalashtirayotgan shaxsga tegishli emasligi aniq ko’rinib turgan mol-mulkning egalikka olinishi va h.k. insofsiz deb tasniflanishi lozim. Sotib olishning ana shunday noinsof shart-sharoitlari har bir muayyan holatda sud tomonidan egalikka oluvchining shaxsiyatini, unda bitimning shart-sharoitiga oid ma’lumotlar bo’lgan yoki bo’lmaganligini va h.k. sinchiklab tahlil qilinishini talab etadi. Agar egalikka oluvchi yuridik shaxs hisoblangan holatda (faqat ayrim jamoat va diniy tashkilotlarni istisno etganda), mol-mulkning egalikka olinishida ehtiyotsizlik sababli yo’l qo’yilgan noinsoflikka oid shubhalarni rad etish maqsadida maxsus huquqiy ma’lumotlarning yo’qligini, bozordagi sharoit to’g’risidagi ma’lumotlarni va h.k. vaj qilib ko’rsatish amaliy jihatdan ahamiyatga ega emas.
FKning 231-moddasida mulkdor o’zining qonunsiz egalikdagi mol-mulkini talab qilib olishga haqli bo’lmagan shart-sharoitlar ko’satib o’tilgan. Bunday cheklov savdo muomalasining boshqa
qatnashchisi – insofli egalikka olgan shaxsning manfaatlarining himoya qilinishini ta’minlash uchun kiritilgan.
Mulkdorning da’vosini sudda rad etilishi uchun insofli egallovchi quyidagilarni isbotlashi talab etiladi:
- bu mol-mulkni sotish huquqiga ega bo’lmagan uchinchi shaxsdan sotib olayotganini bilmagani va bilishi mumkin bo’lmaganligini;
- ashyoni haq to’lab olganligini;
Nizoli mulkni mulkdorning, yoki mol-mulk egalikka o’tkazib berilgan shaxsning egaligidan ularning ixtiyoridan tashqari (yo’qolgan, o’g’irlangan va sh.k.) chiqib ketganligi isbotini topgan holatlar bundan istisno etiladi.
Bunday taomillarni ko’chmas mulkka nisbatan qo’llanilishi ancha mushkul. Xususan, ko’chmas mulkni uning tabiiy xususiyatlariga ko’ra yo’qotish mumkin emas. Biroq, ko’chmas mulkni qalbakilashtirilgan hujjatlar orqali o’zlashtirilishi, mulkning o’zini esa mulkdorning nomidan sotilishini; voyaga yetmagan shaxsning mol-mulki uning ixtiyoriga xilof ravishda uning qonuniy vakili tomonidan sotilishini; ko’chmas mol-mulkni vorislar tomonidan bu mulkka nisbatan boshqa merosxo’rlarning huquqlarini hisobga olmasdan sotib yuborilishini; yuridik shaxs rahbari tomonidan yuridik shaxsga tegishli ko’chmas mol-mulkni o’z vakolatlarini suiiste’mol qilgan holda sotib yuborilishini – mazkur holatlarning hammasini mulkdordan yoki u mol-mulkini bergan shaxsdan ularning ixtiyoridan tashqari, boshqacha yo’l bilan ularning egaligidan chiqib ketgan holatlar deb hisoblanadi. Binobarin, bunday holatlarda ko’chmas mol-mulk mulkdorga hatto insofli egalikka oluvchidan ham qaytarib olib berilishi mumkin.
Negator da’vo o’z nomini lotincha ifodadan olgan bo’lib, u inkor etish ma’nosini anglatadi. Da’vogar javobgarning servitutini inkor etadi: axir aynan servitut o’z ashyosiga ega bo’lgan mulkdorni boshqa shaxsning servitut huquqi egasi uchun noqulayliklarni keltirib chiqaradigan, mulk huquqini to’laqonli amalga oshirishiga cheklovlarni joriy etadi va bunga ko’nikishga majbur etadi. Shu sababli javobgar servitutni tan olmagan holatlarda, da’vorgar undan o’z mol-mulkidan foydalanishiga to’sqinliklarni to’xtatilishini talab etib chiqqan. Zamonaviy qonunchilikda negator da’vo deganda nafaqat mulkdor bilan unga to’sqinlik qiluvchi huquq buzuvchi o’rtasida servitut mavjud bo’lgan holatlar, balki keng doirali boshqa vaziyatlar ham qamrab olinadi.
Negator da’vo ham xuddi vindikatsiya da’vosi kabi himoyalanishning ashyoviy vositasi hisoblanadi. Buning ma’nosi shuki, agar taraflar o’rtasida shaxsiy (majburiyatli) huquqiy munosabatlar ochiq-oydin mavjud bo’lsa, xuddi shu narsa tegishli nizoni hal etishning asosi bo’lib xizmat qiladi. Nizo faqat taraflar o’rtasida boshqa hech qanday aloqadorlik mavjud bo’lmagan va faqatgina javobgar tomonidan ashyoga ko’rsatilgan ta’sirning qonuniyligi ustida nizolashilayotgan holatda ko’rib chiqilishi mumkin.
Negator da’vo binolardagi umumiy foydalaniladigan turar-joy va noturar-joy egalari bo’lgan qo’shnilar o’rtasida o’rtadan devor urilganligi va shunga o’xshash qurilish ishlari olib borilganligi natijasida umumiy xonalardan foydalanishda to’sqinlik vujudga kelishi sababidan tug’ilgan nizolarni hal etishda qo’llaniladi. Ayni vaqtda negator da’vo vositasida faqat to’sqinliklarni yo’qotish chorasini ko’rish mumkin, ammo barcha foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlarini ko’zda tutadigan qandaydir tartib o’rnatishning iloji bo’lmaydi. Negator da’vodan umumiy foydalanishda bo’lgan obyektlar bo’yicha xarajatlarni taqsimlash, javobgar zimmasiga qandaydir sarf-xarajatlarni yuklash uchun ham qo’llab bo’lmaydi.
FKning 231-moddasida mulkdorga egalik qilishdan mahrum etmaydigan to’sqinliklardan himoyalanish imkonini taqdim etadi. Mana shunday da’vo negator da’vo deb ataladi va mol-mulkdan foydalanish va tasarruf etish haq-huquqlarini himoyalashga yo’naltirilgan bo’ladi. Bunday ishlarda da’vogar mulkning egasi bo’lsa, javobgar esa – noqonuniy xatti-harakatlari tufayli mulkdorni o’z mol-mulkidan foydalanish va tasarruf etish huquqidan mahrum etgan shaxsdir.
Negator da’vo yer uchastkasi, turar-joy va noturar-joy xonalari va sh.k. bo’yicha qo’shni bo’lgan shaxsning noqonuniy xatti-harakatlaridan himoyalanishning yagona vositasi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Masalan, agar qo’shni qurayotgan binosini qo’shni tomondagi yer uchastkasini yorug’likdan butkul to’sib qo’yadigan holatda ko’tarsa, uning noqonuniy xatti-harakatidan negator da’vo yordamida himoyalanish mumkin.
Mol-mulkni tasarruf etishdagi (ba’zan foydalanishdagi) to’siqlarni bartaraf etishga qaratilgan da’voning yana bir turi mol-mulkni band solishlikdan (xatlovga olishdan) ozod etish to’g’risidagi nizolardir. Mol-mulkka band solish faqat bevosita qonunda ko’rsatilgan holatlarda da’voning ijrosini ta’minlash yoki undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratishda qo’llaniladi.
Ko’pincha xatlovga boshqa shaxslarga mansub bo’lgan mol-mulk ham qo’shilib ketadi. Ko’pincha bunday boshqa shaxslar er yoki xotin bo’lib, turmush o’rtog’ining shaxsiy mulki yoki o’rtadagi umumiy mol-mulkdagi ulushni tasarruf etish huquqiga ega bo’lmaydi.
Bu turdagi da’volarni mol-mulkdan foydalanish huquqidan mahrum bo’lgan mulkdorlar (boshqa ashyoviy huquq egalari) tomonidan kiritiladigan mol-mulklarni xatlovdan ozod etish borasidagi da’volar bilan tenglashtirib bo’lmaydi. Bunday da’vo vindikatsiya da’vosi sifatida tasniflanadi.
Negator da’volarga da’vo muddati tatbiq etilmaydi. Chunki huquqlarning buzilishi mavjud ekan, buzilishni bartaraf etishni talab qilib da’vo bildirish huquqi ham saqlanib qoladi. Huquq buzilishi to’xtashi bilan da’vo bildirish huquqi ham bekor bo’ladi, zero shikoyat predmeti yo’q bo’lgan hisoblanadi. Ammo huquqlarning buzilishi natijasida yetkazilgan zararni qoplashni talab etish huquqi saqlanib qoladi.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling