Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet88/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Nazorat uchun savollar:

1. Mulk huquqini himoya qilishning ashyoviy-huquqiy va majburiyat-huquqiy usullarining o’zaro nisbati, ularni qo’llash mexanizmlarining afzal jihatlari va ulardan eng samaralisini amaldagi qonun hujjatlari asosida tahlil qiling.


2. Vindikatsion va negator da’volar mulk huquqini himoya qilish tizimida qanday o’rin tutadi va ular mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilishning qaysi usullariga mansubligini muhokama qiling.
3. Olimov va Valiyeva Sobitovga o’zlariga tegishli erkaklar va ayollar paltosini lombard evaziga qarz olib turish uchun topshirishdi. Ikkala palto ham Sobitov tomonidan lombandga berildi (va buning uchun ma’lum vaqt o’tgach pul olindi), keyin Olimov va Valiyeva tomonidan berilgan pul evaziga qaytarib olindi, lekin Sobitov uni egalariga qaytarmadi. Shu munosabat bilan Olimov va Valiyeva paltolarning haqini qaytarish to’g’risida Sobitovga nisbatan da’vo qilishdi. Sud vindikatsion da’vo normalari asosida paltoning o’zini yoki qiymatini qaytarish to’g’risida qaror qildi.
Sudning qarori to’g’rimi? Masalani tahlil qiling.
4. Qosimovning yo’qolgan mol-mulklari ichida charm kurtkasi ham bor edi. Surishtiruv organi tomonidan kurtka Odilov ismli shaxsning pasporti bilan lombardga garovga qo’yilganligi, lekin u pasportda ko’rsatilgan manzilda yashamasligi aniqlangan.
Qosimov lombarddan kurtkasini qaytarish uchun da’vo qo’zg’atdi. Lombard da’voga qarshilik bildirib, lombardda ustavga ko’ra o’ziga garovga topshirilgan narsalar aynan shu fuqaroga tegishli yoki tegishli emasligi tekshirilmasligi, Odilovdan olingan kurtka ham tekshirilmaganligini va nihoyat, Qosimovga kurtka qaytarilsa, lombardga iqtisodiy zarar bo’lishini, chunki kurtkani lombardga topshirgan fuqarodan to’lovni qaytarish mumkin emasligini bildirgan.
Ish qanday hal qilinadi?
16-MAVZU. MAJBURIYaT HUQUQI TUShUNChASI, TIZIMI, VUJUDGA KELISh ASOSLARI

Majburiyat va majburiyat huquqi tushunchalari, majburiyatlarni vujudga kelish asoslari. Majburiyat subyektlari. Majburiyatdagi shaxslarning o’zgarishi. Regress (qaytarma) majburiyat.





Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling