Toshkent davlat yuridik universiteti ixtisoslashtirilgan filiali


Download 184.89 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.02.2023
Hajmi184.89 Kb.
#1167348
Bog'liq
kazus dhn



TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI
IXTISOSLASHTIRILGAN FILIALI
1-kurs talabalari uchun
Modul nomi: Davlat va huquq nazariyasi 
Ish turi: Oraliq nazorat 
O‘tkazilgan sana:____._____. 2023-y. 
Sizning javobingiz quyidagi baholash mezonlari asosida baholanadi (oraliq nazorati bir martadan ortiq 
o‘tkazilganda, umumiy ball tegishli songa bo‘linadi): 
 
1. 
Muammoli masalaning mohiyati to‘g‘ri tushunilganligi va 
javobning to‘liqligi hamda masala mazmuniga mos kelishi 






2. 
Mustaqil 
fikrlar 
asosida, 
mantiqiy 
izchillikda 
bayon 
qilinganligi






3. 
Nazariy qoidalarning mavjudligi hamda olimlar ilmiy 
qarashlaridan foydalanganligi






4. 
Huquqni qo‘llash amaliyotidagi misollar asosida ijodiy bayon 
qilinganligi hamda grammatik, orfografik va stilistik 
xatolarning mavjud emasligi 






Oraliq nazorat bo‘yicha qo‘shimcha taqriz:
Umumiy ball 
Tekshiruvchi imzosi:___________ 
_______________________ __________ 
Talabaning F.I.O.
Kurs
Modul nomi: Davlat va huquq nazariyasi
_________________
Talabaning imzosi 
Qabul qiluvchining F.I.O. va imzosi _______________________ 


Davlat va huquq nazariyasi moduli bo’yicha seminar mashg’ulotlari davomida 
talaba llxomov har qanday modulni tadqiq etishda metodlardan foydalanish 
maqsadga muvofiq ekanligini, ular yordamida o’rganilayotgan predmet xususida 
aniq tushunchalar ishlab chiqilishi mumkinligini qayd etib o’tdi.Ammo talaba 
Lazizov barcha yuridik modullarning metodlari amalda bir 
Xil qo’llanilishini, misol uchun eng umumiy metodlar (metafizik va dialektik), 
umumiy ilmiy metodlar (analiz, sintez, induksiya, deduksiya, tizimli, funksional) 
boshqa yuridik fanlar doirasida ham qo’llanilishini ta’kidlab o’tdi. Eng umumiy 
metodlar, umumiy ilmiy metodlar va xususiy metodlarni Davlat va huquq 
nazariyasi hamda boshqa ijtimoiy fanlar doirasida qo’llanilishi bo’yicha fikr 
yuriting. Davlat va huquq nazariyasining metodologik ahamiyatidan kelib chiqib
boshqa sohaviy yuridik fanlar uning qonuniyatlaridan foydalanishiga misollar 
keltiring.
Javob. 
Davlat va huquq nazariyasi oʻrganish davomida ushbu fanning oʻz metodlari 
mavjud va bular uch guruhlarga boʻlinadi. 
1. Eng umumiy metodlar. 
2. Umumiy ilmiy metodlar. 
3. Xususiy metodlar. 
Bu metodlar yordamida biz davlat va huquq nazariyasi fanini metodlari 
yordamida davlat yoki jahon miqyosida boʻlayotgan voqealarni tushib, 


ongimizda anglab boramiz shu bilan birgalikda oʻzaro bogʻliq boʻlgan 
jarayonlarni kuzatib davlat va huquq nazariyasini oʻrganishda huquqiy 
qarashlarimiz bilimimiz shakllanadi. Biz davlat va huquq nazariyasi oʻrganish 
uchun yuqoridagi guhurlar tarkibiga kiruvchi metodlardan foydalanib 
voqealarni oʻzaro jamlab bogʻlan boramiz. Davlat va huquq nazariyasining 
eng umumiy metodlari yaʼni bu metodlar boshqa fanlar doirasida ham 
qoʻllaniladi va bu metodlar “ dialektik “ va “ metofizik “ metodlardir . Bu
metodlarga alohida toʻxtaladigan boʻlsak : 
Dialektik metod Dialektika yunoncha dialektike— suhbat olib borish, bahslashish 
sanʼati] — borliqning vujudga kelishi, uning taraqqiyoti haqidagi falsafiy taʼlimot 
hamda voqelikni bilish va unga asoslangan tafakkur uslubir . munozara orqali 
xaqiqatni topish sanʼatini anglatgan. Keyinchalik bu usul tabiat hodisalariga tatbiq 
etila boshlagan, . Dialektik tafakkur voqelikni bilish jarayoni sifatida inson, 
jamiyat bilan bogʻliklikda paydo boʻlgan. Voqelikni bilish va uni inson manfaatlari 
yoʻlida oʻzgartirishning dialektik us-lubini anglashga intilishdir. 
“Dialektika” soʻzi ilk bor Sokrat (Suqrot) tomonidan qoʻllanilgan. U Dialektikani 
bir-biriga zid y’ani qaramaqarshi fikrlar toʻqnashu-vi orqali haqiqatni topish uslubi
deb deb aytgan.
Geraklit ijodida Dialektika Geraklit fikricha, dialektika— oʻzaro qarama-qarshi 
boʻlgan fikrilarni paydo boʻlishi va ular kundalik hayotdagi baxsli 
munosobatlardan rivojlanib ya’ni bunday baxslar doimiy qaysidir mavzuda boʻlib 
unutilishi qiyin boʻlgan baxslar orqali ancha vaqtdan buyon davom etib 
kelgan.Mazkur davrda Geraklit va boshqa yunon faylasuflari oʻz qarashlarida
salbiy tusdagi dialektikaga ham guvoh boʻlishgan. Oʻrta asrlardan 18-asrgacha
Yevropada oddiy maktabda oʻqitiladigan mantiq sifatida oʻqitilib kelindi. Ya’ni 
bu davrda dialektika chuqur ildiz otgan daraxt, uni oʻstirib katta-katta 
muammolarini hal qilisa boladi degan qarash boʻlmagan. 


Platon dialektikani narsalarning asl holatini, mohiyatini bilish maqsadida 
tushunchualarni boʻlak-boʻlaklarga ajratish, soʻng bir-biri bilan oʻza-ro bogʻlash 
uslubi deb aytgan.
Nikolay, va Jordano Bruno dialektikani qara-maqarshiliklarning mos kelishi 
haqidagi uslub (metod) deb taʼkidlashgan. 
Kantnit fikricha, dialektika voqelikni tajriba, hissiy bilimlar orqali emas, balki sof 
tafakkur asosida bilishga intiladi deb aytgan. 
Gegel esa dialektikan tarix taraqqiyotining muammolarini tushunishning umumiy 
uslubi (metodi) deb aytgan .
Metafizik metod esa esa yunoncha Metofizika meta ta physika — fizikadan so‘ng 
degan maʼnoni anglatadi. Metafizikada olamlarning koʻrib boʻlmaydigan 
narsalarni oʻng bilan ruhiy his qilish angashdir .maz-mun, mohiyat, va boshqa 
obʼyektlar toʻgʻrisida fikrlaganda ularni koʻrib boʻlmaydi, ular boshqa narsa va 
hodisalarning oʻzaro aloqador ekanini faqat anglash kerak boʻladi. Shu uchun 
tarixan metafika atamasi, koʻpincha, falsafaga o’xshatiladi. 
Yuqorida aytilgan davlat va huquq nazariyasining eng umumiy metodlardan soʻng 
umumiy ilmiy metodlar . Biz oʻzaro bogʻliq boʻlgan analiz va sintez metodlarini 
olaylik:
Analiz va sintez yunoncha analysis -ajratish va synthesis – birlashtirish . Bu 
usullar bilan odamlar dunyoni tushunishda oʻzaro bogʻliq boʻlgan maʼlumotlarni 
ajratish va birlashtirishdir. Deylik yod olinadigan katta uzun mazmun jihatdan ham 
murakkab tuzilgan modda mavjud va oʻsha moddani boʻlib-bo’lib, tushunib 
yodlash.


Umumiy ilmiy metodlardan yana bir bu- induksiya va deduksiyalarini keltirish 
mumkin. Induksiya maʼlum miqdorda aniq holat, vaziyatlarni kuzatib oʻrganib va 
shu oʻrganishlardan kelib chiqib maʼlum boʻlgan xulosani chiqarish bu metoda 
amaliyotga tayanadi ya’ni bu holatda mantiq keyingi ikkinchi oʻrinda turadi. 
Deduksiya metodi esa induksiya metodiga qarama – qarshi yaʼni deduksiya metodi 
oldindan mavjud boʻlgan hodisani qismlarga boʻlib yakkalab oʻrganib chiqish bu 
holatda oʻrganish va hulosa chiqarish usuli mantiqqa tayaniladi tajriba esa keyingi 
ikkinchi oʻrinda turadi.
Yuqorida keltirilgan davlat va huquq nazariyasiga doir boʻlgam uch asosiy 
metodlar guruhidan uchinchi guruh boʻlgan xususiy metodlardir. Xususiy metodlar 
guruhiga sistematli – strukturali, qiyosiy- huquqiy, aniq – sotsiologik, statistik 
– matematik, ijtimoiy- tajriba hamda kibernetik metodlar va boshqalar mavjuddir. 
Sistemali -strukturali oʻrganish metodi davlat va huquq nazariyasi, uning 
predmetini mustaqil ijtimoiy tizum, sistemali tarzida oʻzganish usuli. Bunda davlat 
va huquqni jamiyat hayotining boshqa hodisalari yaʼni oʻrganish, ularning 
tuzilishini yaʼni strukturasini davlat va huquq hodisalarini tashkil etuvchi tarkibiy 
elementlarni oʻzganish amalga oshiriladi. Bu metod tadqiq etilayotgan ob’yekt 
haqida toʻla va atroflicha boʻlim hosil qilishga yordam beradi.[X.T Odilqoriyev 
davlat va huquq nazariyasi]
Yuqorida keltirilgan metod asosida oʻrganish uchun birorta harakat tizimli 
hodisani sistema tariqasida boʻlinadi, aniqrogʻi bu metod har qanday tizimni 
sistema va strukturalarga qoʻyib toʻla oʻrganishni nazarda tutadi.
Qiyosiy -huquqiy metod qiyoslash, taqqoslash, solishtirish, usulidir. Bu metodda 
biror ob’yektni boshqasi bilan qiyoslab oʻrganish. Misol uchun iphone smartfonini 


Samsung korporatsiyasi biror modeli bilan taqqoslab solishtirib yaxshi tomonlarini 
topib oʻrganiladi.
Aniq- sotsiologi metod bu davlat va huquq nazariyasida va shunga doir 
masalalarni hal qilish uchun haqiqiy hayotdan olib oʻrganiladi yaʼni soʻrovnomalar 
oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Statistik- matematik metod bu metodda yuqoridagi aniq-sotsiologik metod bilan 
bogʻlangan yana davlat va huquq nazariyasida kelib chiqib hokimiyat organlaridagi 
holatlari boʻyicha statistika ishlab chiqish. Tabiiyki statistik – matematik metod 
yordamida davlat organlaridagi oʻsish yoki pasayish holatlarini odilona baholab 
borish.
Kibernetik metod yunonchada kibernetika degan soʻzdan olingan boʻlib
boshqarish sanʼati degan maʼnoni bildiradi. Kibernetik metodi davlat va huquq 
nazariyasida har qanday zamonaviy texnik manba misol uchun ijtimoiy 
tarmoqlarda huquqiy maʼlumotlarni topib birlashtirib mustahklash va 
mukammalroq model yaratish desak boʻladi. Professor X.T.Odilqoriyev esa 
kibernetik metodlar toʻgʻrisida quyidagicha fikr bildirgan: bu metod davlat va 
huquq nazariyasi arsenalidagi tushuncha va kategoriyalarini shakllantirishda ham 
muhim ahamiyatga ega. 


Davlat va huquq nazariyasi fanining metodologik ahamiyatga koʻra sohaviy 
boshqa yuridik fanlar ham yuqorida keltirilgan metodlardan foydalaniladi . 
Konstitutsiyaviy huquq fanida aniq-sotsiologik metoddagi jarayonlardan biri 
aytaylik referendum oʻtkazishni olaylik. Biror davlat xalqiga togʻri qaror qabul 
qilish uchun referendum oʻtkazadi. Bunda albatta maʼlum sanksiyalar mavjud 
boʻlib albatta maʼlum huquqqa ega boʻlgan aholidan yetarlicha yoshga toʻlgan 
oddiy fuqarolar yoki boʻlmasa alohida maʼlum bir kasb huquq egalari deylik 
tadbirkorllarga taluqli masala yuzasidan oʻtkazilishi mumkin boʻladi. Aniq -
sotsiologik metodni qoʻllash mumkin boʻlgan islohot yoki yangilik kiritganda
undan foydalanganlari yaʼni foydalanuvchilar tomonidan soʻrov oʻtkaziladi. Deylik 
sud – huquq tizimida 2017- 2021- yillar oraligʻida oʻtkaziladigan Xarakatlar 
strategiyasining ikkinchi bosqichidaboʻtkazilgan “ Qonun ustuvorligini ta’minlash 
va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo’nalishlari “da keltirilgan 
normalarga asosan oʻtkazilgan birinchi qismida 
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, 
sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish: 
Ikkinchi qismida; Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish 
kafolatlarini ta’minlash: 
Uchinchi qismida; Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini 
takomillashtirish: 
Toʻrtinchi qismida; Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning 
oldini olish tizimini takomillashtirish: 
Beshinchi qismida; Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash: 
Oltinchi qismida; Yuridik yordam va xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish:


Yuqorida keltirilgan strategik reja asosida oʻtkazilgan islohotlarni qay darajada 
samaradorligini bilish uchun shu davr mobaynida yaʼni 2017-yildan 2021-yilgacha 
boʻlgan vaqt ichida sud tizimiga murojaat qilgan fuqaro va yuridik shaxslardan 
soʻrov oʻtkazish uslubi aniq-sotsiologik metodga muvofiq boʻladi. 

Download 184.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling