Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi ta`lim fakulteti
Download 161.56 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqJavohir Sobirov V2gurux oraliq
Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi ta`lim fakulteti V potok 2-guruh talabasi Sobirov Javohirning Mehnat huquqi moduludan tayyorlagan oraliq nazorat ishi Nazariy savol. 1. Mehnat kodeksi asosida ijtimoiy ta’tillar va har yilgi mehnat ta’tillarini o’rganib chiqing hamda ular o’rtasidagi farqlarni yozing. Mexnat kodeksining tegishli moddalariga asosan, ijtimoiy ta'tillar - homiladorlik va tugʼish taʼtillar, bolalarni parvarishlash taʼtillari, taʼlim olish munosabati bilan, ijodiy taʼtillardan iboratdir. Xodimlarga yuqoridagi ijtimoiy ta’tillarni berish xodimning mehnat stajiga, u bajaradigan ishning joyi va xususiyatiga, ish beruvchining tashkiliy-huquqiy shakliga bog‘liq emasligining o’zi ushbu tatillarni har yilgi mehnat ta’tillaridan ajratib turadi. Xar yilgi mehnat ta'tili esa, Mehnat kodeksi 216-moddasiga ko’ra, barcha xodimlarga, shu jumladan oʼrindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi (lavozimi) va oʼrtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat taʼtillari beriladi. Xodimlarga 15 ish kunidan kam boʼlmagan 48 ish kunidan koʼp boʼlmagan muddat bilan yillik mehnat taʼtili beriladi. Yillik mehnat taʼtillar asosiy, uzaytirilgan hamda qoʼshimcha taʼtillardan iborat boʼlishi mumkin. Yillik asosiy taʼtillarning eng kam muddati 15 kun hisoblanadi. Quyidagilarga xodimlarga yoshi va sogʼligʼi holatini hisobga olib, yillik uzaytirilgan asosiy taʼtil beriladi: • 18 yoshga toʼlmagan shaxslarga — 30 kalendar kun; • ishlayotgan I va II guruh nogironlariga — 30 kalendar kun. Аyrim toifadagi xodimlarga ularning mehnat vazifalarining oʼziga xos jihatlari va xususiyatlarini hamda boshqa holatlarni eʼtiborga olib, qonun hujjatlariga muvofiq uzaytirilgan taʼtillar belgilangandir. 1 1 O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 218-modda. KAZUS 2. Tashkilotimizning kassir lavozimi tugatilishi haqida qarorga keldi. Pensiya yoshiga yaqinlashgan kassirimiz 54 yoshli N.Tohirova “pensiyaga ketmagunimcha meni hech qanday asos bilan hatto xodimlar soni qisqarishi sababli ham ishdan bo’shataolmaysizlar” deyapti. Bundan tashqari u bizga tahdid qilib “agar ishdan bo’shatsang sudga beraman” deb qo’rqityapti. Shuning uchun biz birorta xato qilmasdan uni qonuniy tartibda ishdan bo’shatishimiz kerak. Eshitishimizcha, bitta kichik xato uchun ham sud xodimni ishga tiklar ekan. Ushbu masalada bizga qonun hujjatlariga asoslangan, tushunarli, har tomonlama to’g’ri malakali yuridik yordam bersangiz. Biz sudda yutqizmasligimiz shart. Download 161.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling