Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi ta`lim fakulteti


U bilan tuzilgan mehnat shartnomasini qanday qilib bekor qilamiz?


Download 161.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana20.06.2023
Hajmi161.56 Kb.
#1631764
1   2
Bog'liq
Javohir Sobirov V2gurux oraliq

U bilan tuzilgan mehnat shartnomasini qanday qilib bekor qilamiz?
(Kazusni TDYU Ichki tartib qoidalari va Jamoa shartnomasi asosida hal 
eting). 
Toshkent davlat yuridik universiteti Ichki tartib qoidasi 25-bandiga asosan, 
nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi, shuningdek, muddatli mehnat 
shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra uning muddati tugashidan oldin 
bekor qilishga qaratilgan bo’lib, Unda ish beruvchi universitet faoliyatida mehnatni 
tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining 
o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmi qisqarganda yoxud tegishli tarkibiy bo‘linmalar 
tugatilgandagina haqliligi belgilangan.
TDYUning jamoa shartnomasi 3.11-bandiga ko’ra, Texnologiyaning, ishlab 
chiqarish va mehnatni tashkil etishning o'zgarishiga, ishlar (mahsulot, xizmatlar) 
hajmining qisqarishiga bog'liq bo'lgan xodimlarning soni (shtati) o'zgargarligi 
munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilish masalasi ko'rib chiqilayotganda 
xodimlar teng malakaga va mehnat unumdorligiga ega ekanligi hamda O'zbekiston 
Respublikasi Mehnat kodeksi 167-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga 
muvofiq ishda qoldirishda ustuvor huquq yoki bir-birining oldida afzalliklari 
yo'qligi aniqlansa, u holda xodimlarni ishda qoldirishda afzallik beriladigan bir 
nechta holatlar hisobga olinishi belgilangan. Unga ko’ra pensiya yoshiga 


yaqinlashib qolganlik ya’ni ayollar 53 yosh, erkaklar 58 yoshdaligi va ularning 
egallab turgan ish o’rni agarda qisqarishga tushadigan bo’lsa, ushbu shartnomaning 
3.10-bandi - Xodimlar soni qisqartirilayotganda uning salbiy oqibatlarini 
yumshatishga qaratilgan d-kichik bandida nazarda tutilgan kafolat ajratiladi. Bunda 
xodimlar soni qisqartirilishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi 
to'g'risida ogohlantirish olgan xodimga ogohlantirish muddati davomida o'ziga 
qulay vaqtda boshqa ish qidirishi uchun haftada bir kun shu vaqt uchun ish haqi 
saqlangan holda ishga chiqmaslik huquqi beriladi.
Yuqoridagi kazusga va tegishli hujjatlarga asosan, korxona ish beruvchisi, 
hodim N.Tohirovaga uning shtati tugatilishi haqida ogohlantirishi zarur hamda
ushbu ogohlantirish davridan boshlab ushbu hodimga boshqa ish topish uchun o’zi 
hohlagan kunda haftada bir marta ish haqi to’lanadigan kun berishi lozim. 
Shuningdek, ushbu hodimning qyidagi “pensiyaga ketmagunimcha meni hech 
qanday asos bilan hatto xodimlar soni qisqarishi sababli ham ishdan 
bo’shataolmaysizlar”, “agar ishdan bo’shatsang sudga beraman” degan vajlari hech 
qanday asosga emasligini yuqoridagi hujjatlardan ko’rishimiz mumkin. 
 
 

Download 161.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling