Toshkent davlat yuridik universiteti mehnat huquqi kafedrasi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Download 284.92 Kb.
|
XUJAQULOV SARDORJON (2)
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………….........
KIRISH Respublikamiz mustaqillikka erishgach o‘z oldiga xalqining turmush sharoitlarini boshqa rivojlangan davlatlardagi kabi yaxshilash vazifalarini qo‘ydi. Bu albatta, oson kechayotgani yo‘q. Har bir fuqaromizga yaxshi hayot tarzida yashashi uchun yetarlicha imkoniyatlar yaratib berish, ularni ishsiz qolishdan saqlash kabi muammolarni bartaraf etish masalasi turibdi va bu juda muhim hisoblanadi. Chunki, insonlar o‘zlariga munosib ishlar bilan shug‘ullanmas ekan bu ishsizlik yoki kasbiga sovuqqonlik bilan qaraydiganlar ko‘payadi. Bu kelajak avlodni bilimli qilib tarbiyalashga ham o‘z salbiy ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. Qaramog‘idagi yosh bolalari bor insonlar ularga bilimli zamon bilan hamnafas bo’lib yetishishlari uchun moddiy tarafdan yetishmovchiliklarga duch kelmasliklari maqsadga muvofiqdir. Konstitutsiyamizda ham davlatning asosiy boyligi xalq ekanligi bekligab qo‘yilgan. Xalq bo‘lmasa davlat ham bo‘lmaydi, shunday ekan xalq farovonligi uning asosiy vazifasi hisoblanadi. Muhtaram Prezidentimizning xalq davlatga emas davlat xalqqa xizmat qilmog‘i lozim degan so‘zlarida ham davlat idoralarining xalq manfaatlariga xizmat qilishi kerakligi g‘oyasi ilgari surilgan. Yurtimizda bugungi kunda amalga oshirilayotgan huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qaror toptirish, inson huquq va erkinliklarni ta’minlash, fuqarolar o‘rtasida tinchlik va barqarorlikni qaror toptirish, ijtimoiy adolat tamoyillariga to‘la rioya etilishiga erishishga qaratilgan. Bu yo‘lda bir qator islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Yangi bo‘sh ish o‘rinlari va yollanib ishlovchilar uchun ham keng imkoniyatlar berilmoqda. Bu xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi munosabatlarni ham yangi bosqichlarga olib chiqdi. Quyida bu munosabatlarga oydinlik kiritish maqsadida mehnat shartnomasi tushunchasiga to‘xtalib o‘tishimiz lozim. Xodimlar soni(shtati) qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilish ish beruvchilarga bir qator imkoniyatlar berib xodimlar aymniqsa mehnat shartnomasi bekor bo‘layotgan xodimlarni mushkul vaziyatga solmoqda. Shuni ham aytib o’tish kerakki rivojlangan davlatlarda xodimlar soni qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilishning yangi usullari allaqachon joriy qilingan. Download 284.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling