Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining
Download 21.09 Kb.
|
Buyruq loyiha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rektor A.Tashkulov
TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI REKTORINING B U Y R U G‘ I 20__-yil «___» _________ __________-son Toshkent davlat yuridik universiteti boshqaruvida talabalarning rolini oshirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5987-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, Toshkent davlat yuridik universiteti faoliyatini samarali tashkil etish jarayonida talaba-yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, mazkur jarayonlarni ularning fikr-mulohazalari va takliflari asosida tashkil etish, universitet boshqaruvida ochiqlik, oshoralik, odillik va halollik yuksak siyosatini taraqqiy ettirish maqsadida BUYURAMAN: 1. Toshkent davlat yuridik universiteti (bundan buyon matnda – universitet) faoliyatini boshqarishda talabalarning roli va o‘rnini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu borada quyidagicha tartib o‘rnatiladi: Universitetda hamda Talabalar turar joyida talabalarning o‘zini boshqarishning samarali usullarini yaratish maqsadida Talabalar kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi; Universitet faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etiladigan ishchi guruhlar, tashkiliy qo‘mitalar va boshqa komissiyalar tarkibida talabalarning vakillarini ishtirok ettirish amaliyoti joriy etiladi; Universitetda o‘tkaziladigan tanlovlar va loyihalarda, stipendiya va ta’lim grantlarini taqdim etishda talabalarning ham fikrlari inobatga olinadi; Universitet rektori va prorektorlari qoshida faol talabalardan iborat jamoatchilik tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, amaliy harakatga aylantiriladi hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar ushbu tuzulmalar bilan atroflicha muhokama qilinib, takomillashtirilgandan so‘ng hayotga tatbiq etiladi. 2. Toshkent davlat yuridik universitetida Talabalar kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga, Toshkent davlat yuridik universiteti Talabalar turar joyida Talabalar kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga, Toshkent davlat yuridik universitetining faol talabalaridan iborat jamoatchilik tuzilmalari faoliyati to‘g‘risidagi nizom (yangi tahrirda) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Universitet faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etiladigan ishchi guruhlar, tashkiliy qo‘mitalar va boshqa shunga o‘xshagan komissiyalar tarkibida talabalarning vakillari (jamoatchilik tuzilmalaridan tashqari) Talabalar kengashi tomonidan tavsiya etiladi. Bunda tavsiya etiladigan talabalar gender tengligiga amal qilgan holda universitet ijtimoiy hayotida faol hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 80 foizdan yuqori bo‘lishiga e’tibor qaratiladi. 4. Universitetda Talabalar kengashi faoliyatini munosib tashkil etish va uning faoliyatini samarali tashkil etishga umumiy rahbarlik Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor tomonidan amalga oshirilishi belgilab o‘tilsin. 5. Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Xashimhonov: Talabalar kengashi faoliyati bo‘yicha talabalar o‘rtasida keng tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borilishini tashkil etsin; 10 kun muddatda universitetda va Talabalar turar joylarida Talabalar kengashi faoliyatini tuzish, Talabalar kengashining umumiy yig‘ilishini o‘tkazish hamda umumiy yig‘ilishda Talabalar kengashi raisini saylash borasida tegishli ishlarni amalga oshirsin; universitetda hamda Talabalar turar joylarida talabalar kengashi o‘z faoliyatini munosib olib borishlari uchun zarur shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratish choralarini ko‘rsin hamda ularga barcha zaruriy uslibiy ko‘mak bersin; Talabalar kengashi raisini universitet jamoasi (xodim va talabalar)ga tanishtirib, uning faoliyat yo‘nalishlarini, barcha tarkibiy bo‘linmalar bilan hamkorlikda ish olib borishini barcha xodimlarga yetkazilishini nazorat qilsin. 6. Talabalar kengashi raisiga jamoatchilik asosida universitet rektorining maslahatchisi maqomi berilsin hamda unga to‘g‘ridan-to‘gri universitet kengashi a’zosi sifatida kengash yig‘ilishlarida ishtirok etish huquqi berilsin. 6. Prorektorlar: Jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomda belgilangan talablar asosida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin; 15 kun muddatda yo‘nalishidan kelib chiqib Jamoatchilik tuzilmalari faoliyatida muhokama qilinishi zarur bo‘lgan masalalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqsin hamda Jamoatchilik tuzilmalarining ish reja va faoliyat yuritish tartiblarini tayyorlasin; Jamoatchilik tuzilmalari faoliyatida samarali faoliyat yuritib kelayotgan talabalarni rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar kiritib borsin; O‘z faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha Talabalar kengashi bilan yaqindan ish olib borilishini nazorat qilsin; Talabalar kengashi faoliyati hamda uning raisiga o‘z yo‘nlishi bo‘yicha uslubiy ko‘mak berish choralarini ko‘rsin. 7. Fakultet dekanlari: Ta’lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, talabalarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, bilim darajasini, o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish borasidagi ishlarni samarali tashkil qilish maqsadida Talabalar kengashi bilan yaqindan hamkorlik qilsin; Mazkur buyruq mazmun-mohiyatini talabalar orasida keng targ‘ib qilish hamda tushuntirish ishlarini olib borish choralarini ko‘rsin; 10 kun muddat ichida Jamoatchilik tuzilmalari faoliyati to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartib asosida, a’zolarini talabalar orasidan tanlab olgan holda Jamoatchilik tuzilmalarini shakllantirsin hamda a’zolar ro‘yxatini tegishliligi bo‘yicha Jamoatchilik tuzilmalarining ishchi organlariga taqdim etish choralarini ko‘rsin; Talabalar kengashi hamda jamoatchilik tuzilmalariga a’zo talabalarning mufuzini oshirish, ushbu jamoatchilik tuzilmalariga a’zo bo‘lishning sharafli ekanligini talabalarga tushuntirish choralarini ko‘rsin. 8. Yuridik byuro (E.Xosilov): 10 kun muddatda tegishli tarkibiy bo‘linmalar bilan birgalikda universitet faoliyati bilan bog‘liq avval tasdiqlangan ishchi guruhlar, tashkiliy qo‘mitalar va boshqa komissiyalarni tasdiqlash bo‘yicha qabul qilingan buyruqlarni inventarizatsiyadan o‘tkazsin hamda mazkur buyruqda belgilangan tartib asosida ularning barchasida talabalar ishtirokini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish choralarini ko‘rsin; Mazkur buyruq mazmun-mohiyati va u asosida kiritilayotgan o‘zgartirishlar yuzasidan universitetning ichki hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish choralarini ko‘rsin. 9. Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2021-yil 15-martdagi “Toshkent davlat yuridik universitetining faol talabalaridan iborat jamoatchilik tuzilmalari faoliyati to‘g‘risida”gi 02-70-son buyruq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 10. Mazkur buyruq ijrosi holati yuzasidan har 15 kunda universitet rektoriga axborot kiritib borilsin. 11. Mazkur buyruq ijro nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman. Rektor A.Tashkulov Download 21.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling