Toshkent davlat yuridik universiteti talabalarning “Ijtimoiy faollik indeksi”ni baholash mezonlari
Download 276.62 Kb. Pdf ko'rish
|
Talabalarning ijtimoiy faolliklari indeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘shimcha tavsif (izoh) Bal
- JAMI 100
Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2022-yil __-oktabrdagi ____-son buyrug‘iga 3-ilova Toshkent davlat yuridik universiteti talabalarning “Ijtimoiy faollik indeksi”ni BAHOLASH MEZONLARI T/r Mezonlar Qo‘shimcha tavsif (izoh) Bal 1. Akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichining yuqoriligi va barcha darslarda ishtirok etganligi. Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86-100 gacha bo‘lganda 13-ball, 71-86 gacha bo‘lgan 9 ball, 55- 70 gacha bo‘lganda 3 ball; Darslarga to‘liq ishtiroki (davomati) qoldirgan darslari nisbati olinadi (sababli deb topilgan qoldirgan dars mashg‘ulotlari hisobga olinmaydi. Maksimal 5 ballgacha. 30 2. Universitet maqsad va vazifalarini keng targ‘ib qilganligi, jamoat ishlarida faol ishtirok etganligi Talabalarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, intellektual salohiyatlari va ijodiy ko‘nikmalarini yuksaltirish borasida turli loyiha va tanlovlarni yo‘lga qo‘yganligi, universitet ijtimoiy hayotidagi tadbirlarda faol ishtirok etib kelayotganligi hamda universitet oldidagi vazifalarni amalga oshirilishida jamaotchilik asosida ishtirok etib kelayotganligi. 15 3. Universitet va jamiyat hayoti uchun foydali tashabbuslari Universitet hayotida xodim va talabalarning kundalik faoliyati uchun zarur bo‘lgan yangiliklarni joriy etganligi, tashabbusi bilan turli hasharlar, aksiyalar o‘tkazganligi. Jamiyat hayoti uchun muhim yangiliklar qilganligi, fuqarolarga foydali harakatlar (huquqiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatganligi)ni amalga oshirganligi. Ushbu band bo‘yicha amalga oshirgan tashabbuslarining har biri mazmun-mohiyatiga ko‘ra 5 baldan baholanadi. Band bo‘yicha umumiy 15 balgacha baholanishi mumkin. 15 4. Universitet Odob-axloq kodeksiga qat’iy rioya etishi hamda universitet etikasini keng targ‘ib qilishda ishtiroki Kiyinish madaniyati (dresskod) talabalariga rioya etish –maksimal 4 ballgacha; Ustozlarga (dars mashg‘ulotlarida tartibli ishtirok etishi) hamda tengdoshlariga nisbattan hurmat bilan munosabatda bo‘lish –maksimal 3 ballgacha; Universitetga soch-soqolini tartibli holatga keltirib kelish hamda universitet hududida sigaret chekmasligi – maksimal 3 ballgacha; Ijtimoiy tarmoqlarda yozishmalar etikasiga rioya etishi (universitet imidjiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi asoslanmagan ma’lumotlarni tarqatish yoki shu kabi ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilishiga sababchi bo‘lmaslik) –maksimal 3 ballgacha. Ushbu band yuzasidan aniqlangan har bir holat bo‘yicha uch jarima bali qo‘llaniladi. 10 5. Tyutorlik soati mashg‘ulotlarida hamda tashkil etilgan klub va loyihalar faoliyatida faol ishtirok etish. Tyutorlik soati mashg‘ulotlarida muntazam ishtirok etganligi hamda dars jarayonlarida faolligi –maksimal 5 ballgacha; Klub va loyihalarda a’zoligi hamda ular doirasida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda doimiy ishtirok etishi hamda musobaqa va tanlovlarda faol ishtirok etib kelishi –maksimal 5 ballgacha; 10 6. Universitet, respublika va xalqaro miqyosdagi ko‘rik- tanlovlar, fan olimpiadalari va sport musobaqalarida erishgan natijalari. Universitet miqyosida o‘tkazilgan tanlovlarda ishtirok etib natijalarni qayd etganligi uchun 1-o‘rin 4 bal, 2-o‘rin 2 bal, 3-o‘rin 1 bal; Respublika miqyosida o‘tkazilgan tanlovlarda ishtirok etib natijalarni qayd etganligi uchun 1-o‘rin 6 bal, 2-o‘rin 5 bal, 3-o‘rin 4 bal; Xalqaro miqyosida o‘tkazilgan tanlovlarda ishtirok etib natijalarni qayd etganligi uchun 1-o‘rin 10 bal, 2- o‘rin 8 bal, 3-o‘rin 6 bal. Ushbu bandda har bir yutuq tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha baholanadi va band yuzasidan to‘planadigan eng yuqori bal – 20 balni tashkil etadi. 20 JAMI 100 Download 276.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling