Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitish uchun ikki tomonlama toʻlov-kontrakt
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
HAMIDOV OLMOSXON SHUKURULLO O`G`LI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. SHARTNOMA PREDMETI 1.1.
Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitish uchun ikki tomonlama toʻlov-kontrakt (masofaviy ta’lim shakli uchun, 1-kurslar uchun) SHARTNOMASI № 8709509 ID: 002-008709509 Toshkent shahri 2022 yil “13 ” Oktabr Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda – Taʻlim muassasasi) nomidan Ustavga asosan ish yurituvchi rektor Tashkulov Akbar Djurabaevich bir tomondan va talabalikka tavsiya etilgan abituriyent 1999-01-02 yilda tug’ilgan HAMIDOV OLMOSXON SHUKURULLO O`G`LI (keyingi oʻrinlarda – Talaba) ikkinchi tomondan (birgalikda – Tomonlar), “Yurisprudensiya” taʻlim yoʻnalishi boʻyicha Talabani bakalavriat 1-kurs davomida oʻqitish maqsadida mazkur ikki tomonlama toʻlov-kontrakt shartnomasini (keyingi oʻrinlarda – Shartnoma) Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʻlimi muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2431, 2013-yil 26-fevral), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-dekabrdagi 967-son, 2021-yil 10-iyundagi 359-son qarorlari, Toshkent davlat yuridik universiteti kengashining 2022-yil 31-avgustdagi 1-son majlis bayonnomasiga muvofiq tuzdilar: 1. SHARTNOMA PREDMETI 1.1. 1.1. 1.1. Mazkur Shartnomaga asosan Taʻlim muassasasi Talabani 2022/2023 oʻquv yili davomida belgilangan taʻlim standartlari, malaka talablari, oʻquv reja va dasturlariga muvofiq oʻqitadi, Talaba esa Shartnomaning 3-bobida koʻrsatilgan tartib va miqdordagi toʻlovni amalga oshiradi hamda Taʻlim muassasasida belgilangan tartibga muvofiq taʻlim olish majburiyatini oladi. 1.2. Talabaning bakalavriat taʻlim yoʻnalishini muvaffaqiyatli tamomlash muddati 2026-yil iyun oyi hisoblanadi. 2. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI 2.1. Taʻlim muassasasining huquqlari 2.1.1. Talabadan shartnomaviy majburiyatlari bajarilishini, shu jumladan Taʻlim muassasasining ichki hujjatlarida belgilangan qoidalarga rioya qilishni, oʻquv mashgʻulotlarida muntazam qatnashishni, Shartnoma boʻyicha toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirishni talab qilish. 2.1.2 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-iyundagi 359-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universitetida taʼlimning kredit-modul tizimida oʻquv jarayonini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizom, Oliy taʼlim toʻgʻrisida nizom (roʻyxat raqami 1222, 22.02.2003-yil) hamda Taʼlim muassasasining ichki hujjatlarida belgilangan qoidalarda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha Talabaga nisbatan belgilangan tartibda talabalar safidan chetlashtirish yoki boshqa choralarni qoʻllash, GPA koʻrsatkichini toʻplay olmagan, semestr va oʻquv yili yakuni natijalari boʻyicha akademik qarzdorligi bor Talabani tegishli kursda qoldirish. 2.1.3.Talaba Taʻlim muassasasining ichki hujjatlarida belgilangan qoidalarni qoʻpol ravishda buzgan, xususan huquqbuzarlik sodir etgan hollarda Shartnomani bir tomonlama bekor qilish. 2.1.4.Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oʻzgarishi bilan mos ravishda Shartnoma boʻyicha toʻlov miqdorini oʻzgartirish. 2.1.5.Istisno tariqasida Shartnoma boʻyicha toʻlov muddatlarini uzaytirish (Taʻlim muassasasi rektorining buyrugʻi orqali). 2.1.6.Talaba belgilangan toʻlovni amalga oshirmaganda elektron tizimlardan foydalanishi va dars mashgʻulotlariga qatnashishini cheklash. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling