Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitish uchun ikki tomonlama toʻlov-kontrakt
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
HAMIDOV OLMOSXON SHUKURULLO O`G`LI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. YAKUNIY QOIDALAR
- Tomonlarning manzillari va to`lov rekvizitlari Ta’lim muassasasi Talaba HAMIDOV OLMOSXON SHUKURULLO O`G`LI
5. FORS-MAJOR HOLATLAR
5.1. Ushbu Shartnomaga asosan majburiyatlarni bajarilmasligi holatlari yengib boʻlmas kuchlar (fors-major) holatlar natijasida vujudga kelganda Tomonlar oʻz majburiyatlarini bajarishdan qisman yoki toʻliq ozod boʻladilar. 5.2.Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlariga Tomonlarning irodasi va faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan tabiat hodisalari (pandemiya, zilzila, koʻchki, boʻron, qurgʻoqchilik va boshqalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini koʻzlab import va eksportni taʻqiqlash va boshqalar) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda Tomonlarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib boʻlmaydigan va kutilmagan holatlar kiradi. 5.3. Shartnoma Tomonlaridan qaysi biri uchun majburiyatlarni yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari sababli bajarmaslik maʻlum boʻlsa, darhol ikkinchi tomonga bu xaqda 10 kun ichida dalillar bilan taqdim etishi lozim. 5.4. Shartnomaga asosan majburiyatlarni ijro qilish muddati ushbu yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlar davom etish muddatiga qadar uzaytiriladi. Agar yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) taʻsiri 30 (oʻttiz) kundan ortiqroq davom qilsa, Tomonlar tashabbusiga binoan Shartnoma bekor qilinishi mumkin. 5.5. Fors-major holatlarning mavjudligi va ularning amal qilish muddati Oʼzbekiston Respublikasi davlat vakolatli organi tomonidan berilgan hujjat bilan tasdiqlanadi. 6. YAKUNIY QOIDALAR 6.1. Shartnoma bevosita Tomonlar tarafidan imzolangan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. 6.2.Shartnoma elektron shaklda Ta’lim muassasasining marketing.tsul.uz yoki Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining kontrakt.edu.uz saytida joylashtirilgan boʻlib, Talaba oʻz ID raqami yoki passport maʻlumotlarini kiritganidan soʻng shartnoma shartlari bilan tanishadi. Agar talaba shartnoma shartlariga rozi boʻlsa, u holda bu haqida tegishli tugmani bosgan va uni yuklab olgan vaqtdan eʻtiboran shartnomani imzolagan hisoblanadi. Talaba shartnoma shartlaridan norozi boʻlgan taqdirda uch ish kunida universitet Talabalarga xizmat koʻrsatish boʻlimiga murojaat qilishi mumkin. Shartnomani tuzmagan va toʻlovlarni amalga oshirmagan Talabani Ta’lim muassasasi talabalar safidan chiqarishga haqli. 6.3. Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oʻzgarganda mos ravishda toʻlov-kontrakt qiymati miqdori navbatdagi semestr boshidan oshiriladi. 6.4. Shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmagan Tomon qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortiladi. 6.5. Tomonlar oʻrtasida Shartnoma boʻyicha vujudga kelgan nizolar muzokaralar va talabnoma yuborish yoʻli bilan hal etadilar. Agar tomonlar nizoni oʻzaro muzokaralar va talabnoma yuborish yoʻli bilan hal eta olmasalar, mazkur nizo sudlovlilik va sudga taalluqlilik qoidalariga muvofiq fuqarolik sudida hal etiladi. Tomonlarning manzillari va to`lov rekvizitlari Ta’lim muassasasi Talaba HAMIDOV OLMOSXON SHUKURULLO O`G`LI (F.I.Sh.) Manzili: Qungirot 54-uy Pasport seriyasi AB raqami 7778382 Tel: Imzo _________________ Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling