Toshkent farm atse vtikainstituti
Download 7.28 Mb. Pdf ko'rish
|
dastarbosh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlatilishi.
Kimyoviy tarkibi.
0 ‘simlikning hamma qismida (ildizida 0,40- 1,30%), bargida 0,14-1,20%, poyasida 0,20-0,65%), guli da 0,24- 0,60%, pishgan mevasida esa 0,70% gacha) alkaloidlar bo‘ladi. XI DF ga ko‘ra barg tarkibidagi alkaloidlar yigindisi 0,3% dan, ildizidagi (IX DF ga ko‘ra) alkaloidlar yig‘indisi 0,5% dan kam bo‘Imasligi lozim. Mahsulot tarkibida aikaloidlardan tashqari oz miqdorda uchuvchan asoslar: N-metilpirrolin, N-metilpirrolidin va piridin, ildizida yana kusgigrin bo‘ladi. Atropin, giossiamin, skopolamin (giossin), apoatropin (atropamin) va belladonin belladonnaning asosiy alkaloidlaridir. Belladonna alkaloidlari tropan guruhiga kiradi, ular murakkab efir tipida tuzilgan. Tropan pirrolidin bilan pipiridinning azot orqali birlashishidan hosil bo‘lgan bitsiklik birikma bo‘lib, uning spirti - tropanol (yoki tropin spirti) trop (a-fenil, b-oksipropion) kislota bilan birlashsa, murakkab efir - atropin (va chapga buruvchi izomeri giossiamin) alkaloidi hosil bo‘ladi. Tropanol spirti atrop kislota bilan birlashib, apoatropin (izomerii belladonin), oksitropanol-skopin spirti esa trop kislota bilan birlashib, skopolamin (izomerii giossin) alkaloidlari hosil kiladi. Belladonna o‘simligining yer ustki qismida aikaloidlardan tashqari, davolash uchun ahamiyatsiz bo‘lgan metileskulin glikozidi ham bo‘ladi, Uriing fluoressensiya berish xususiyati bor, shuning uchun belladonna o ‘simligi bilan zaharlanganlikni aniqlashda sud tibbiyot (sud-meditsina) ekspertizasida katta ahamiyatga ega. Bargdan tayyorlangan spirtli ajratmaga ammiak eritmasidan bir tomchi tornizilsa, eritmada glikozid metileskulin yoki uning aglikoni metileskuletin («xrizatrop kislota«) bo ‘lgani uchun ko‘k fluoressensiya hosil bo‘ladi. Ishlatilishi. Belladonna preparatlari turli spazmatik hollarda (ichak va siydik yoTlari spazmida) antispazmatik hamda m e’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida, xoletsistit, o ‘t pufagining tosh kasalligida, buyrak sanchigTda og‘riq qoldiruvchi dori sifatida, shuningdek, bronxial astma kasalligini davolashda hamda so Так va shilliq bezlari ajratadigan suyuqlikni kamaytirishda ishlatiladi. Bulardan tashqari, ko ‘z kasalliklarida ko‘z qorachig‘ini kengaytirish uchun ham qoTlaniladi. Ildiz preparati Parkinson kasalligini davolash uchun beriladi. Belladonna o ‘simligining alkaloidlaridan tibbiyotda atropip va skopolamin ishlatiladi, giossiamin ko‘proq zaharli boTgani uchun ishlatilmaydi. Download 7.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling