Тошкент фармацевтика институти


Download 0.53 Mb.
bet40/89
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#204961
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   89
Bog'liq
birinchi tibbiy yordam fanidan maruza matni

Jaroxatlar.

Reja:

1.Jaroxatlarning kelib chiqish sabablari.

2. Jaroxatlarning turlari.

3. Jaroxatlarning turlariga qarab BTYO.


Teri yoki shilliq pardalarning butunligining buzilishi jarohatlar deyiladi. Belgilari: og‘riq, qon oqishi va jaroxatlangan to‘qima tortilishi, uning chetlarini qochishi. Og‘riqning kuchi: a) jarohatning joylashgan o‘rniga, b) jarohatlagan asbobning turiga, v) to‘qimalarni SHikastlanishining tezligiga, g) jabrlanuvchini shaxsiy xususiyatlari va ruxiy holatiga bog‘liq.

Jarohatlangan to‘qima chetlarini qochishi, tortilishi, Ushbu to‘qimaning qisqarishiga, undagi cho‘ziluvchan-elatsik tolalarga bog‘liq. Jarohatlanish natijasida elatsik tolalar ko‘ndalangiga kesilgan bo‘lsa, chetlari qochishi shuncha kattaroq bo‘ladi va shuncha mikroblar tushishi bilan bog‘liq asorat ko‘p bo‘ladi.

Qon ketishi jarohatning turiga, katta-kichikligiga, to‘qimaning qon bilan ta’minlangani, qon bosimi va b. ga bog‘liq. Ko‘p qon yo‘qotish o‘tkir kamqonlik, karaxtlik va b.ga sabab bo‘ladi.

Jaroxatning kelib chiqish sababiga ko‘ra: beixtiyor va qasddan qilingan; infeksiyalanganiga ko‘ra: aseptik, mikroblar bilan ifloslangan va infeksiyalangan bo‘ladi.

Jarohatlagan buyumning xarakteriga ko‘ra:

Kesilgan jaroxat-o‘tkir asboblar(skalpel,pichoq,lezviya) keltirib chiqaradi va jroxat chetlari tekis bo‘lib ko‘p qon ketadi.

Yo`lingan jaroxat-teri va teri osti to‘qmasi ko‘chadi va chetlari noto‘g‘ri, qon oqishi kuproq.

CHopilgan- o‘tkir va og‘ir asboblar bolta, tesha, kilich) yordamida xosil qilinadi va chuqurroqda joylashgan to‘qimalar zararlanib, ko‘ndalan chopilsa jaroxatlangan to‘qmaning tortilishi kuchayadi.

Lat egan- o‘tmas, qattiq buyumlar (tosh, temir, yog‘och) yordamida yuzaga keladi va yumshoq to‘qimalarning ezilishi kuchli va qon oqishi kam bo‘ladi.

Sanchilgan - o‘tkir uchli asboblar nayza bigiz, mix) ta’sirida kelib chiqadi va jaroxat juda chuqur bo‘ladi.

Tishlangan–ko‘pincha xayvonlar ta’sirida kelib chiqadi va mikroblar bilan zararlangan bo‘ladi (asoratida quturishga olib kelishi mumkin).

Zaxarlangan – ilon, chayon kabi zaxarli xayvonlar chaqkanida va kimyoviy moddalar ta’sirida kelib chiqadi.

O‘q tekkan –miltiq,to‘pponcha kabi qurollar ta’sirida yuzaga keladi va tanani teshib o‘tishi yoki o‘tmasligi mumkin.

BTYO ko‘rsatish:

Jarohatlangan odamga yordam ko‘rsatishda jarrohlik qayta ishlovi asosiy ahamiyatga ega. Jarrohlik qayta ishlovi agar birinchi 6 soat ichida o‘tkazilsa erta, 24 soat ichida o‘tkazilsa kechiktirilgan, undan ham keyin o‘tkazilsa o‘ta kechikkan deyiladi.

Birlamchi jarrohlik qayta ishlovida jarohatni og‘ir-engilligiga qarab maxalliy yoki umumiy og‘riqsizlantirilib, yarani yuviladi va quyidagi 5 ta tadbir amalga oshiriladi: 1) yarani kesib ochish, 2) o‘lgan to‘qimalarni olib tashlash, 3) jarohatdagi yot jismlarni olib tashlash, 4) qon oqishini to‘xtatish, 5) jarohatni tikish, drenaj qo‘yish.

Har qanday jarohatni iflosliklardan tozalab, chetlari yodonat, yodopiron bilan, jarohatning o‘zi esa 1-2 % vodorod peroksid bilan ishlanadi va aseptik bog‘lam qo‘yiladi.

Iflosliklar bo‘lmaganda, yot jismlarni to‘la olib tashlash va jarohat chetlarini tortmasdan yaqinlashtirish imqoni bo‘lsa, magitsral tomirlar va nerv svollari butun bo‘lsa jarohatni tikish mumkin.

Yiringli jarohatlarni yallig‘lanish fazasida davolashda V. I. Sruchkov bemor immun tizimini faollashtirish, antiseptiklardan foydalanish, yiringni chiqib ketishiga imqon yaratish, proteolitik fermentlardan foydalanishni tavsiya etadi. Regeneratsiya fazasida esa umumiy quvvatlantiruvchi terapiya, indifferent malhamlardan foydalanish tavsiya etiladi. Zaruriyat bo‘lsa jarrohlik usullaridan foydalaniladi.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling