Тошкент фармацевтика институти
Download 0.53 Mb.
|
birinchi tibbiy yordam fanidan maruza matni
BTYO kursatish qon ketishni vaqtinchalik to‘xtatish, bemorga qon yo‘qotishni tiklash uchun kerakli sharoitni yaratish, bemorni davolash muassasasiga junatishdan iborat.
Qon quyish yo‘qotilgan qonning o‘rnini bosish va asoratlarni bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi. Qon quyish butun organizmga murakkab neyrogumoral ta’sir etadi. Ushbu ta’sir asosan quyidagilardan iborat: qonning o‘rinbosarlik ta’siri, simullovchi ta’sir, qon to‘xtatuvchi ta’sir, zararsizlantiruvchi ta’sir. Kuyilgan qon bemor organizmida 2 xaftadan 4 xaftagacha saqlanib, kislorod ta’minotida, fagostitoz va boshqa jarayonlarda ishtirok etadi. Qon quyilgandan keyin, masalan, ko‘mikning qon ishlab chiqarish faoliyati ortadi, leykostitlarning fagostitozlik xususiyati yaxshilanadi. SHuning bilan bir qatorda qon bosimi pasaygan bo‘lsa ko‘tariladi, qonning ivish jarayoni tezlashadi. Qon quyilishidan oldin uning guruxlarini aniqlash zarur. Eritrostitlar tarkibida bo‘ladigan agglyutinogen A va plazmadagi agglyutinin va ga qarab qon 4 guruxga bo‘linadi: 0 (I) gurux qonining eritrostitlarida agglyutinogenlar yo‘q, plazmada esa va agglyutininlar bor. A (II) gurux qonida eritrostitlarida A-agglyutinogen va plazmada esa -agglyutinin bor. B (III) gurux qoni eritrostitlarida agglyutinogen va plazmada esa agglyutinin bor. AB (IV) gurux qon eritrostitlarida A va V agglyutinogenlari bor, plazmada esa agglyutininlar yo‘q. Agar qon quyilganda A agglyutinogen -agglyutinin bilan, V-agglyutinogen -agglyutinin bilan uchrashsa, agglyutinatsiya reaksiyasi ro‘y beradi, ya’ni eritrostitlar bir-biriga yopishib, qon ivib qoladi-gemolizga uchraydi. Bu esa og‘ir holatlarga (karaxtlikka) olib keladi. Qon guruxlari standart zardoblar yordamida aniqlanadi. Buning uchun chini tarelka yoki shisha bo‘lagi olinib, uchga bo‘linadi va I, II, III raqamlari bilan belgilanadi. Har bir raqam ro‘parasiga muayyan (standart) zardobdan 1 tomchidan tomiziladi. Keyin barmoqdan olingan qonning 1 tomchisidan uchchala zardobga tomiziladi va 5 daqiqa kuzatiladi. Agar aralashma uchchala guruxda ham o‘zgarmasa (ipir-ipir quyqa xosil bo‘lmasa), tekshirilayotgan qon 1-gurux deb hisoblanadi. Agar II gurux o‘zgarmasa II gurux, III guruxda o‘zgarmasa III gurux, aralashmalar uchchala guruxda ipir-ipir quyqa hosil qilsa tekshirilayotgan qon IV gurux deb hisoblanadi. Qon beruvchi shaxs donor, qon qabul qiluvchi-retsipient deyiladi. I gurux qoni universal donor deyiladi, chunki uni hamma guruxlarga quyish mumkin. IV gurux qoni esa universal retsipient deyiladi, chunki u hamma gurux qonini qabul qila oladi. Hozirgi vaqtda tibbiyot amaliyotida ko‘proq bir xil guruxdagi qonni quyiladi. Qon quyishda rezus-faktorni ham xisobga olish lozim. Taxminan 15 % ida rezus faktor bo‘lmaydi (rezus-manfiy kishilar), 85 % kishilarda esa u bo‘ladi (rezus-musbat kishilar). Agar rezus manfiy odamga rezus omili bor qon quyilsa, eritrostitlar yopishib qoladi va gemolitik shok rivojlanadi. Qon quyishda albatta shaxsiy va biologik moslik tekshiriladi. SHaxsiy mos kelishini tekshirishda 2 tomchi bemor qoni zardobi 0, 1 ml flaqondagi qon bilan CHashka Petrida aralashtiriladi. CHashka Petri 10 daqiqa 40-420 S li suv xammomiga quyiladi. Agar shu vaqt ichida agglyutinatsiya bo‘lmasa, qon mos hisoblanadi. Biologik sinamada bemor venasiga 15-20 ml qon yuborib, 2-3 daqiqa kutiladi. Agar bemor organizmida o‘zgarishlar-titrash, bel og‘rig‘i, qayt qilish, sovuq ter bosishi, pulsni sutslashishi kuzatilmasa YAna shunday qilib ikki marta qon yuboriladi, so‘ngra to‘liq quyish davom ettiriladi. Qon quyishning bevosita va bilvosita usullari mavjud. Bevosita usulda to‘g‘ridan-to‘g‘ri donordan retsepientga qon quyiladi. Bilvosita usulda qon maxsus tekshiruvlardan o‘tgan sog‘lom odamlardan olinib, qonservatsiya qilinib, 4-50 S xaroratda 30 kungacha sovutgichlarda saqlanadi, so‘ngra foydalaniladi. Qon quyish tomchilab va bir martalik bulishi mumkin. Bundan tashqari suyak to‘qimasining g‘ovak moddasiga qon quyilishi mumkin. Arteriya ichiga qon quyish bemor og‘ir (terminal) xolatda bulganda amalga oshiriladi.
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling