Тошкент фармацевтика институти


Uzoq vaqt bosilish sindromi –


Download 0.53 Mb.
bet45/89
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#204961
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   89
Bog'liq
birinchi tibbiy yordam fanidan maruza matni

Uzoq vaqt bosilish sindromi – zilzilalar, tabiiy falokatlar tufayli odam uzoq vaqt binolar yoki boshqa qulagan obektlar tagida qolib ketganda kuzatiladi. Uzoq vaqt bosilish sindromi patogenezida asosan 3 ta omil axamiyatga ega:

  1. Kuchli og‘riq sezgisi-buning oqibatida markaziy nerv sitsemasida patologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.

  2. Travmatik toksemiya- SHikastlangan to‘qimalarning parchalanish maxsulotlarining qonga surilishi oqibatida kelib chiqadi.

  3. Plazma yo‘qotish- bu SHikastlangan a’zolarni shishishi tufayli rivojlanadi.

SHikastlangan odamda kuchli og‘riq, qo‘zg‘alish belgilari, atrof-muxitga mos bo‘lmagan javob reaksiyasi, titrash, pulsning sekinlashishi, arterial qon bosimining tushib ketishi, xattoki, o‘lim kuzatilishi mumkin. Maxalliy belgilar: teri qoplamlarining oqarishi, ko‘karishlar, o‘sha joyda shish va pufaklar paydo bulishi, qon quyilishi kabilar kuzatiladi. Qon tarkibida qonning quyuqlashishi, gematokrit ko‘rsatkichining oshishi, eritrostitlar va gemoglobin miqdorining ko‘payishi kabi, shuningdek buyrak faoliyatining izdan chiqishi va ajralayotgan peshob miqdorining kamayishi kuzatiladi.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling