Toshkent Farmasevtika Instituti Farmatsiya fakulteti 502-b guruh talabasi


Download 367 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi367 Kb.
#1366145
Bog'liq
Ne`matillo kimyo mustaqil ishi

  • Toshkent Farmasevtika Instituti
  • Farmatsiya fakulteti
  • 502-B guruh talabasi
  • To`xtaboyev Ne`matilloning anorganik kimyo fanidan qilgan
  • MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Suyuq kosmetik vositalarining sifatini nazorat qilish.

Reja:

  • Kosmetika vositalarining sifat nazorati.
  • Kosmetik suyuq preparatlar ta‘rifi tasnifi.
  • Kremlarning fizik-kimyoviy xossalarini baholash
  • Kosmetika vositalari ishlatilishi, tashqi ko`rinishi, konsistensiyasi va strukturasi bo`yicha turli xil bo`lib, tayyorlanishi ham o`ziga xosdir. Kosmetik vositalar tarkibiga odatda 10 xil yoki undan ham ortiq turli moddalar turli maqsadlarda qo`shiladi. Bunda kosmetik vositalar tarkibiga kiruvchi moddalarning bir biriga mos kelishi, miqdorining to`g`ri tanlanishi va tayyor mahsulotning har xil haroratda va uzoq vaqt davomida barqaror bo`lishi talab qilinadi.
  • Kosmetik vositalar asosiga aksariyat hollarda turli tarkibli yog`li asoslar, SFM, emulgatorlar, solyubilizatorlar, struktura va parda hosil qiluvchi, to`ldiruvchi, konservant va boshqa moddalar tashkil etadi. Ko`p kosmetik vositalarga foydali biofaol moddalar (BFM) va xushbo`ylashtiruvchi moddalarni qo`shiladi. Bunda kosmetik vositaning sifatiga qo`yiladigan asosiy talab – uning bezararligidir. Shuning uchun barcha Koldkrem (sovuq qaymoq) – asosan muzlatuvchi xususiyatiga ega kosmetik surtma.
  • Kosmetik vositalarni mikrobiologik barqarorligini ta‘minlash maqsadida ularning tarkibiga turli konservantlar qo`shiladi. Har bir kosmetik vosita uchun qo`shiladigan konservantlarning turi va miqdorini mikrobiologlar belgilaydilar. Kosmetik vositalarni harid qilishda haridorgirligini oshirish va ishlatishda mahsulotni yoqimli bo`lishini ta‘minlash maqsadida mahsulot tarkibiga turli xushbo`y kompozitsiyalar, tish pastalari va eliksirlari tarkibiga esa ta‘m korrigentlari kiritiladi
  • Kosmetik vositalarga qo‘yilgan talablar. Bugungi kunda samarali kosmetik preparatalarini yaratish va assortimentini kengaytirish uchun yangi kimyoviy birikmalar ishlatilmoqda. Masalan, yangi organik sintez orqali olingan emulgatorlar, pastalar, bo`yovchi va hid beruvchi modda, xom ashyolarning yangi turlari (smolalar, parda hosil qiluvchilar, mumlar va b.), SFM.
  • Tarkibida 25% va undan ko`p miqdorda qattiq fazali dori moddalar saqlagan surtmalar pasta deb ataladi
  • Pasta —tarkibida 25% dan ko‘p talqonsimon dori moddalar saqlagan quyuq surtma dori. Pastalar konsistensiyasi bo‘yicha xamirga yaqin turadigan sirtga ishlatiladi surtma dorilar
  • Krem (fr. krem – qaymoq asosida tayyorlanadigan desert taom) - yumshoq, mayin konsistensiyaga ega kosmetik maqsadda qo‘llaniladigan surtma. Ko`p hollarda kosmetik kremlar emulsion asosda tayyorlanadi, shuningdek ularni tayyorlashda lanolin, spermatset, mum, glitserin, bodom, kokos va boshqa o‘simlik hamda turli xushbuy efir moylari ishlatiladi. Kremlar mayin bo`lib, ular qo`l, bosh va yuz terisini parvarishi uchun keng qo`llaniladigan kosmetik vosita
  • Koldkrem (sovuq qaymoq) – asosan muzlatuvchi xususiyatiga ega kosmetik surtma. Krem tarkibidagi suv bug`lanib, terida tinchlantiruvchi, muzlatuvchi ta‘sirini ko`rsatadi
  • Emulsion kosmetik surtmalar tarkibiga kiritiladigan dori moddalarni terapevtik faolligini ta‘minlash uchun moyda eriydigan moddalar moyda, suvda eriydigan moddalar esa – suvda eritiladi.
  • Kremlar sifatini baholash. Kosmetik kremning sifatini baholash GOST 29188.0-91 boyicha amalga oshiriladi. Bunda krem namunalari tanlab olinidi (tasodifiy tanlab olish yo`li bilan):
  • Tashqi ko‘rinishi, hidi va bir xilligini aniqlash. Kosmetika vositalarining tashqi ko`rinishi, hidi va bir xilligi organoleptik usulda tasdiqlangan tarkib bo`yicha tayyorlangan etalon namunasi bilan solishtirish yo`li bilan amalga oshiriladi.
  • Sovunlar haqida tushuncha, ta’rifi Sovun bu tabiiy va sintetik yog` kislotalarining kaliy va natriy tuzlaridan va, uning sifatini va kosmetik xossalarini yaxshilovchi, komponentlardan (buyoqlar, xushbo`y qo`shimchalar, oqartiruvchilar, plastifikatorlar, antioksidantlar, yumshatuvchi moddalardan va boshq.) tashkil topgan vosita.
  • Asosiy adabiyotlar:
  • 1. Nazarova Z.A., Tureeva G.M. Maxsus dori turlari texnologiyasi.- Toshkent, 2009.- 163 b.
  • 2.Nazirov Z.N. Gomeopatiya.-Toshkent, 2001.- 312 b. 3.Miralimov M.M. Farmatsevtik texnologiya asoslari. Toshkent: ―Fan‖ nashriyoti, 2007. -343 b.
  • 4.Технология лекарственных форм. Кондратьева Т.С. taxriri ostida.- Moskva.- 1991.- 434 b.
  • 5.Yunusxo‗jaev A.N. O‗zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.
  • 6.Loyd V. Allen, Jr.,Nicholas G. Popovich, Howard C. Ansel.Ansel‘s Pharmaceutical Dosage Forms and Drug Delivery Systems.- New York: Lippincott Williams &Wilkins, 2011.- P.722
  • Qo‘shimcha adabiyotlar:
  • 1 Handbook of cosmetic science and technology / edited by Andre´ O. Barel, Marc Paye, Howard I. Maibach. — 3rd ed., 2009 by Informa Healthcare USA, Inc. Vanderbilt Avenue,New York, P. 225-250.

Download 367 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling