Toshkent farmatsevtika instituti farmatsevtik kimyo kafedrasi


Download 0.77 Mb.
bet3/6
Sana24.10.2020
Hajmi0.77 Mb.
#136302
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hamdamova Vasila farm kimyo kurs ishi.



Trilon B metall ionlari bilan ulaming necha valentliklaridan qat’ iy nazar stixiometrik nisbatda ichki kompleks birikma hosil qiladi:





Yoki

Etilendiamintetrasirka kislotasining dinatriy tuzining metall ionlari bilan hosil qilgan kompleks birikmalarining barqarorligi har xil bo'lib, u metall ionining faolligi (zaryadining soni)ga, eritmadagi muhit pH ning qiymatiga bog'liq. Titrlanadigan eritmada pH qiymatini tegishli muhit darajasiga keltirish maqsadida, turli bufer eritmalardan foydalaniladi. Uch va to‘rt valentli metall ionlari trilon B bilan ko'pincha kislotali, ikki valentli ishqoriy-yer va og'ir metall ionlari esa ishqoriy yoki kislotali muhitda barqaror kompleks tuz hosil qiladi.

Kompleksonometriya usulida qo'llanadigan indikatorlar metalloxrom yoki metall indikatorlar deb ataladi. Ular kimyoviy tuzilishlari jihatidan turli guruh organik bo'yoq (diazobo'yoq, trifenilmetanqator bo'yoqlar) moddalar bo'lib, ma’lum muhitda metall ionlari bilan tegishli rangga bo‘yalgan kompleks tuzlar hosil qiladi.Metall indikatorlarga qo‘yilgan asosiy talablardan biri ulaming metall ionlari bilan o'zaro reaksiyasi qaytar bo'lishi, ikkinchidan esa indikatomi metall bilan hosil qilgan kompleks birikmasining barqarorligi, ayni metallning titrant, ya’ni trilon B bilan hosil qilgan kompleks birikmasiga nisbatan kam bo'lishi lozim.

Kompleksonometriya usulida keng qo'llanadigan metall indikatorlardan farmatsevtik tahlilda quyidagi organik bo'yoq moddalardan keng foydalaniladi:



a) kislotali xrom to'q ko'k (кислотньш хром тёмно синий). U kimyoviy tuzilishi jihatidan azobo'yoq qator birikma bo'lib, 1,8-dioksi-2(2-oksifenilazo)-naftolin 3,6-disulfonatning dinatriyli tuzidir. Indikatorning ishqoriy muhitda magniy, kalsiy, rux va boshqa ikki valentli metall ionlari bilan hosil qilgan ichki kompleks tuzlari qizil rangga bo'yalgan bo'ladi:

b) maxsus kislotali xrom qora (кислотньш хром чёрньгй специальньш yoki хромоген чёрньш специальньш ЕТ-00) yoki 1-(l-Oksinaftilazo-2)-2 oksi-5 nitronaftilalin-4-sulfonat natriy indikatori ham azobo'yoq guruhi birikmalariga kirib, u pH qiymati 9 ,5 -10,0 ga teng muhitdagi eritmalarda binafsha rangda bo'lib, ikki valentli metall ionlari bilan hosil qilgan ichki kompleks tuzlari qizil rangda bo'ladi:


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling