d) metall indikatorlaridan yana purpur kislotaning ammoniyli tuzi (mureksid) ham ikki valentli metall tuzlarini, ayniqsa, kalsiy tuzlarini aniqlashda yaxshi natija beradi. Uning o ‘zi ishqoriy muhitda (pH - 11,0 da) binafsha rangda bo‘lib, ayni muhitda kalsiy ioni bilan hosil qilgan kompleks tuzi qizil rangda boiadi:
g) pirokatexin-binafsha indikatori, trifenilmetan qatori bo‘yoqlariga kirib, ishqoriy muhitda qizil binafsha rangga bo‘yalgan bo’ladi. Uning shu muhitda magniy va rux bilan hosil qilgan kompleks tuzi yashil-ko‘k rangda bo’ladi. Pirokatexin-binafsha kislotali muhitda(pH - 2-3 muhitda) sariq rangda bo‘ladi. Uni ayni muhitda vismut bilan hosil qilgan kompleks birikmasi esa ko‘k rangda bo’ladi. Bu indikator farmatsevtik tahlilda asosan, kislotali muhitda vismut preparatlarini aniqlashda ishlatiladi:
Pirokatexin-binafsha indikatoridan pH 5 - 6 muhitda mis (II), temir (II), pH 9-10 muhitda esa magniy, rux preparatlarining miqdorini aniqlashda foydalaniladi.
Shunday qilib, magniy, kalsiy, rux preparatlarining eritmalarida ammiakli bufer eritmasi yordamida pH 9,5-10,0 ga teng muhitda, kislotali xrom to‘q ko‘k yoki maxsus kislotali xrom qora indikatori ishtirokida suyuqlik qizil rangdan ko‘k binafsha rangga o ‘tgunicha trilon B ning 0,05 mol/1 eritmasi bilan titrlanadi.
Vismut preparatlari kislotali muhitda pirokatexin-binafsha indikatori ishtirokida, trilon B eritmasi bilan suyuqlik ko‘k rangdan sariq rangga o'tguniga qadar titrlab aniqlanadi. Kompleksenometriya usulining mohiyati, eritmada tegishli muhit tug‘dirishga amal qilgan holda mal’um bir kation saqlagan eritmani tegishli indikator ishtirokida,trilon B ning 0,05 mat/1 eritmasi bilan suyuqlikda rang o'zgargunga qadar titrlashdan iboratdir. Bunda avval aniqlanuvchi metall ioni indikator bilan o ‘zaro birikib, suvda eruvchan malum bir rangli kompleks birikma hosil qiladi. Keyinchalik uni titrlash jarayonida eritmadagi barcha metall ioni, indikator bilan birikkan metall ionlarini ham trilon B birmuncha barqaror kompleks birikma holida o‘ziga biriktirib oladi va titrlash ekvivalent nuqtasiga kelganda indikator o‘zining boshlang'ich rangiga o‘tadi. Reaksiyani quyidagi tenglama bo‘yicha ifodalash mumkin:
Kompleksonometriya usulida titrant sifatida trilon B ning 0,1 m ol/1,0,05 mol/1 va 0,01 mol/1 li eritmalari ishlatiladi.
|
|
Ce
Ge
Sn
Pb
Zr
Th
Pu
Pu
Bi
V
Cr
U
UO
Mn
Mn
Fe
Fe
Co
Co
Ni
Pd
|
16.4
15.81
18.3
18.04
29.5
25.3
26.1
25.75
27.4
25.9
23.40
25.83
10.4
14.04
24.9
14.20
24.23
16.31
40.6
18.62
18.5
|
0.01
1
0.1
0.1
0.1
0.1
0.1
0.1
0.1
0.1
0.1
0.1
0.2
0.1
0
0.1
0.2
0.1
0.2
|