Toshkent farmatsevtika instituti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi


Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni


Download 172.07 Kb.
bet2/44
Sana20.10.2023
Hajmi172.07 Kb.
#1711353
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
Toshkent farmatsevtika instituti fizika, matematika va axborot t

Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni:

Sog‘liqni saqlashning profilaktik yo‘nalishini kuchaytirish, tibbiy xizmatni sifatini yaxshilash, aholini zamonaviy, mahalliy dori-darmonlar bilan ta’minlash hozirgi dolzarb masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu masalalarni hal etish uchun chuqur maxsus bilimga, amaliy ko‘nikmalarga va yuqori nazariy tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash zarur.


Fizika fani farmatsevt va muhandis-texnolog mutaxassislarni tayyorlashda asosiy fanlardan hisoblanadi. CHunki fizika asoslari tirik organizmlarda sodir bo‘ladigan jarayonlarni, fizik mexanizmlarni, dori moddalarining harakatlari va ta’sirlarini o‘rganishda keng qo‘llaniladi. Bu esa tibbiy va farmatsevtika instituti talabalariga fizika fanini o‘rgatish zarurligini ko‘rsatadi.


Fanni o‘qitishdan maqsad

Farmatsevtika sohasining farmatsevt va muhandis-texnolog mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olib muhandis-texnolog bo‘lib chiquvchi talabalarga o‘qitiladigan fizika va biofizika fanining maqsad va vazifasi barcha kimyo fanlarida, farmakologiyada, dori turlari texnologiyasi fanlarida zamin tayyorlash, undan tashqari fizik-kimyoviy tahlil usullarining nazariy va amaliy asoslarini berish hamda ularning amaliy tadbiqi bo‘yicha malaka hosil qilishdan iborat.


Fanning vazifasi

fizika fanining maqsad va vazifalarini hamda ularni echish usullarini;


- fizikaning asosiy qonunlarini;
- moddani fizik tadqiqot qilish usullarining nazariy asoslarini;
- moddaning fizik xossalari va xarakteristikalarini;
- tirik organizmga ta’sir qiluvchi fizik omillarning xarakteristikalarini;
- fizik asboblarning ishlash prinsiplarini;
- fizik apparatlar bilan ishlashda o‘lchov talablarini;
- texnika xavfsizligi qoidalarini;
- laboratoriya ishlarini mustaqil bajara olishni;


Talabalar uchun talablar

«Fizika» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr:


- fizika fani bo‘yicha o‘quv adabiyotlari va ma’lumotlardan foydalana bilish;
- olgan nazariy bilimlari asosida amaliy mashg‘ulotlar bajara olishi;
- olgan nazariy va amaliy bilimlarini mutaxassislik fanlarini o‘zlashtirishda qo‘llay bilishi;
- olgan nazariy va amaliy bilimlarini ish faoliyatida qo‘llay bilish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishi lozim.

Download 172.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling