Toshkent farmatsevtika instituti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi
Download 172.07 Kb.
|
Toshkent farmatsevtika instituti fizika, matematika va axborot t
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talabaning mustaqil ishi (TMI)
Talabaning mustaqil ishi (TMI) Toshkent farmatsevtika institutining “Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash” to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi OO‘MTVning 2005 yil 21 fevral 34 - buyrug‘i bilan tasdiqlangan Namunaviy Nizom asosida ishlab chiqilgan. Talabaning mustaqil ishi o‘quv rejasida muayyan fanni o‘zlashtirish uchun belgilangan o‘quv ishlarini ajralmas qismi hisoblanadi, kafedrada u uslubiy va axborot resurslari jihatidan ta’minlanadi. Talabalarning mustaqil ishi reyting tizimi talablari asosida nazorat qilinadi. Talabaning jami mustaqil ishining umumiy xajmi 74 soatni tashkil qiladi. O‘quv semestri yakunida talabaning mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi. (Ilova 1) Talaba mustaqil ishni tayyorlashda fanning mavzular xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish; tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish; maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash; yangi texnologiyalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarni o‘rganish; talabaning o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularini chuqur o‘rganish: faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish masofaviy ta’lim. TMI ning o‘zlashtirishi quyidagicha baholanadi. Maksimal ball 5.
Download 172.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling