Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi t
Davlat boshqaruv organi
Download 5.33 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamuriy javobgarlik
- 1. Jari- ma. 2. Mamuriy huquq-buzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bеvosita shunday
Davlat boshqaruv organi – davlat apparatining bir qismi bo‘lib, o‘ziga yuklatilgan vakolatlar doirasida ijro etish va farmoyish bеrish faoliyatini davlat nomidan xalq xo‘jaligi, ijtimoiy-madaniy hayot va ma'muriy-siyosiy faoliyat sohalarida amalga oshiruvchi tashkilotdir. Davlat boshqaruvining mahalliy organlari guruhi, xalq deputatlari o‗lka, viloyat, tuman, shahar hokimiyatlari, korxona, muassasa va tashkilotlarning ma'muriyati tashkil etadi. Davlat boshqaruvining shakllari – bu davlat boshqaruv organlari harakatining ko‗rinishi, ifodasidir. Ma'lumki, davlat boshqaruvi davlat nomidan amalga oshiriladigan faoliyat, boshqacha qilib aytganda, rasmiy faoliyat hisoblanadi. U yuridik ahamiyatga ega va shuning uchun ma'lum shaklda, ko‗rinishda bo‗lishi talab etiladi. Davlat boshqaruvi faoliyatining huquqiy shakllari quyidagilardan iborat: normativ aktlar qabul qilish, individual aktlar chiqarish, shartnomalar tuzish, qonunchilikda nazarda tutilgan majburiy hisobotlar taqdim qilish, boshqa yuridik harakatlar sodir etish. Albatta, bu huquqiy faoliyat shakllari boshqaruv organining vakolatlari doirasida amalga oshirilishi lozim. Davlat boshqaruvi usullari deyilganda, belgilangan maqsadga erishishda kelib chiqadigan vazifalarni bajarishning usullari yoki vositalari tushuniladi. Boshqaruvning umumiy usullari quyidagilardan iborat: ishontiruv va majburlov, majburiy va iqtisodiy usullar. Davlat boshqaruvida eng ko‗p qo‗llaniladigan usul ishontiruvdir. Ishontiruv usuli ma'naviy va moddiy rag‗batlantirish sistemasini qo‗llashda, davlat boshqaruv organlari faoliyatida oshkoralikni kuchaytirishda, tushuntirish ishlari olib borishda, huquqiy tarbiyani amalga oshirishda ifodalanadi. Ishontiruv usulining keng qo‗llanilishi natijasida kishilar qonunlar va boshqa huquqiy aktlarni ongli va ixtiyoriy ravishda bajaradilar. Lekin, bu bilan bir qatorda zarur majburlov usullari ham qo‗llaniladi. Majburlov usullari ikkiga – intizomiy majburlov va ma'muriy majburlovga bo‗linadi. Ma'lumki, davlat boshqaruvini amalga oshirishda yuqori boshqaruv organlari o‗z farmoyishlari, buyruqlari bilan quyi boshqaruv orgalarini belgilangan vazifalarni bajarishga majbur etadi. Ta'sir etishning bunday usuli ma'muriy usul deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda, ma'muriy usul bu boshqaruvni amalga oshirish jarayonida xodimlar o‗rtasidagi tashkiliy munosabatlarga bevosita buyruq berish yo‗li bilan ta'sir o‗tkazishning turli yo‗l va usullaridir. Boshqaruvda ma'muriy usullarni haddan ziyod oshirib yuborish iqtisodiy usullarga ziyon keltiradi va boshqaruv samaradorligini pasaytirib yuboradi. Boshqaruvning iqtisodiy usuli bu boshqaruv faoliyatida iqtisodiy qonunlardan oqilona foydalanishni ta'minlab beruvchi tadbirlar majmuidir. Bu usullarni qo‗llash samaradorligi iqtisodiy qonunlarni chuqur bilishga va uning talablarini ijtimoiy ishlab chiqarishga, mehnat ommasi faoliyatini jamlash yo‗li bilan amalga oshira bilishga bog‗liq bo‗ladi. Iqtisodiy usullar orasida rejalashtirish va xo‗jalik hisobi katta ahamiyatga egadir. Boshqaruvning iqtisodiy usullariga baho, kredit, foyda va boshqalar ham kiradi. Davlat boshqaruv akti bu boshqaruv organlarining ijro etish va farmoyish berish faoliyati davomida masalani qonun asosida rasmiy xal etishidir. Bunda akt mazkur boshqaruv organi vakolatlari doirasida qonunda ko‗rsatilgan shaklda bo‗lishi va yuridik oqibat keltirib chiqarishi lozim. Boshqaruv akti qonun asosida bo‗lishining ma'nosi shundan iboratki, u qonunni bajarishga qaratilgan bo‗ladi va qonun doirasida chiqariladi. Davlat boshqaruv aktlari yozma, og‗zaki shakllarda bo‗lishi mumkin. Davlat boshqaruv aktlari yangi huquqiy normalarni ta'sis etishi yoki o‗zgartirishi, huquq va majburiyatlarni belgilashi, yuridik fakt vazifasini o‗tashi mumkin. Turli boshqaruv aktlari uchun qonunchilikda turlicha nom, ya'ni turlicha shakl belgilangan bo‗ladi. Boshqaruv akti tegishli shaklda bo‗lishi lozim, tayyorlash, muhokama qilish va qabul etishning belgilangan tartibi saqlangan bo‗lishi lozim. Davlat xizmati deyilganda davlatga tegishli vazifa funksiyalarini bajarish maqsadida davlat organlari xizmatchilari tomonidan kasb asosida amalga oshiriladigan mehnat faoliyati tushuniladi. Davlat xizmati davlat boshqaruvining asosiy prinsiplariga asoslangan bo‗ladi. Bundan tashqari, u quyidagi prinsiplar asosida ham olib boriladi; davlat xizmati xalq manfaatlariga buysundirilgan bo‗ladi; davlat xizmat apparati xalq bilan yakindan aloqada bo‗ladi; davlat xizmatchilari o‗z faoliyatlari yuzasidan hisobot berib turadilar; davlat xizmatchilari vaqti-vaqti bilan almashtirilib turiladi; davlat xizmatiga kirishda barcha fuqarolar teng huquqlarga ega bo‗ladilar. Davlat xizmatchisining mehnati bevosita ishlab chiqarish bilan emas, balki korxona, muassasa va tashkilot faoliyatini amalga oshirish yoki ma'naviy boyliklar yaratish bilan bog‗liq bo‗ladi. Shuning uchun davlat xizmatchisi deyilganda, davlat korxonasi, muassasi, tashkilotida ma'lum mansabni egallab turgan va ish haqi evaziga ishlab chiqarish xarakteriga ega bo‗lmagan mehnatni bajaruvchi shaxs tushuniladi. Davlat xizmatchisi o‗z vazifalari hajmiga ko‗ra 4 guruhga bo‗linadi: 1. Yordamchi xodimlar (kotiblar, ukituvchilar...); 2. Mutaxassislar (shifokorlar, o‗qituvchilar...); 3. Mansabdor shaxslar (rektor, direktor...); 4. Hokimiyat vakili (militsiya, soliq inspektori...). Davlat xizmatchilarining huquqiy holati ularning huquq va burchlarining yig‗indisi bilan belgilanadi. Bu huquq va burchlar umumfuqarolik huquq va burchlari yoki egallab turgan mansabi bo‗yicha huquq va burchlar bo‗lishi mumkin. Umumfuqarolik huquq va burchlari xizmat faoliyatini amalga oshirish uchun beriladi. Bu huquq va burchlar davlat xizmatchisi xizmat qilayotgan davlat organi vakolati doirasida bo‗ladi. Davlat xizmatchilari quyidagicha ta'riflanadi: mansabdor shaxslar, operativ xodimlar, ma'muriy hokimiyat vakillari, yordamchi xodimlar. Davlat xizmatiga kirish va uni tugatish ko‗pgina huquq tarmoqlarining normalari bilan tartibga solinadi. Bu normalar konstitutsiya, kodekslar, qonunlar va boshqa normativ aktlarda o‗z aksini topadi. O‗zbekiston respublikasi faoliyati davomida belgilangan huquqiy normalarni buzgan davlat xizmatchilari ma'muriy, fuqarolik, jinoiy va ijtimoiy javobgarlikka tortiladilar. 3. Fuqarolarning ma'muriy-huquqiy holati va ma'muriy javobgarlik. Fuqarolarning ma'muriy-huquqiy holati ularning ma'muriy huquq normalarida mustahkamlangan huquq va burchlari yig‗indisini, konstitutsiya va boshqa qonuniy aktlarda mustahkamlangan umumiy huquqiy holatning bir qismini tashkil etadi. Har bir fuqaro ma'muriy-huquqiy layoqatga ega hisoblanadi. Ma'muriy-huquqiy layoqat deyilganda, davlat har bir fuqaro ma'muriy huquqning sub'ekti bo‗lishi mumkinligini tan olishi tushuniladi. Ma'muriy-huquqiy layoqat fuqaroning tug‗ilishi bilan vujudga keladi va uning vafotiga qadar davom etadi. Fuqarolarning millati, irqi, jinsi, ma'lumoti, va boshqa holatlaridan qat'i nazar, o‗zaro teng ma'muriy-huquqiy layoqatga egadirlar. Ma'muriy-huquqiy layoqat o‗zidan soqit qilinishi va boshqa shaxsga o‗tkazilishi mumkin emas. U faqat davlat tomonidan o‗zgaritirilishi mumkin (masalan, maxsus huquqlardan mahrum qilish). Ma'muriy-muomala layoqati deyilganda, fuqaro boshqaruv sohasida ma'lum huquqlarga ega bo‗lishi, ma'lum burchlarni bajarishi mumkinligi davlat tomonidan tan olinishi tushuniladi. Qonunga ko‗ra, muomala layoqatiga 18 yoshga to‗lgan fuqarolar egadirlar. Ruhiy kasal bo‗lgan fuqarolar muomala layoqatiga ega emaslar. Ma'lumki, ma'muriy huquq juda ko‗p umummajburiy qoidalardan iborat. Ularning buzilishi, agar jinoyat qonunlarida ko‗rsatilgan bo‗lsa, jinoiy javobgarlikka asos bo‗ladi. Lekin, ko‗p hollarda bu huquqbuzarlik jinoyat kabi ijtimoiy xavfli bo‗lmaydi. Shuning uchun davlat ularga nisbatan jinoiy javobgarlikdan ko‗ra yengil bo‗lgan ma'muriy javobgarlikni nazarda tutadi. Ma'muriy javobgarlikning asosi ma'muriy huquqbuzarlik hisoblanadi. Ma'muriy huquqbuzarlikning uch xil alomati bor: 1. Aybdorlik; 2. G‗ayriqonuniy harakat yoki harakatsizlik; 3. Javobgarlikka tortish. Qonun bilan ma'muriy buzilishlar quyidagilarga bo„linadi: • shaxsning qadr-qimmatini, uy-joyining va yozishmalar sirining daxlsizligi uchun huquqlarni muhofaza qilish sohasida; • mehnatni va sog‗liqni (mehnat haqidagi qonunni, sanitariya-gigiena qoidalarini buzish, narkotik moddalar iste'mol qilish, tanosil kasalliklari bilan zararlanish manbalarini yashirish, uni tuzatishdan bosh tortish) muhofaza qilish sohasida; • mulkka tajovuz qilish sohasida; • tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida (yerlardan xo‗jasizlarcha foydalanish, qishloq xo‗jaligi yerlarini ishdan chiqarish, suv resurslarini muhofaza qilish qoidalarini buzish va boshqalar); • sanoat qurilishidagi, issiqlik va elektr energiyasi sohasida; • qishloq xo‗jaligidagi huquqbuzarlik, veterinariya-sanitariya sohasida; • transportda, yo‗l xo‗jaligi va aloqa sohasida; Ma'muriy javobgarlik – ma'muriy huquqbuzarlikni sodir qilganlik uchun davlat tomonidan qo‘llaniladigan majburlov chorasi bo‘lib, ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan ma'muriy jazo choralari qo‘llanilishida ifodalanadi. • fuqarolarning turar joy huquqlariga taalluqli, kommunal xizmat va obodonlashtirish sohasida; • savdo tadbirkorlik va moliya sohasida; • odil sudlovga tajovuz qilish sohasida; • jamoat tartibiga tajovuz qilish sohasida; • boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qilish sohasida. Bulardan tashqari, huquq-tartibotni qo‗pol suratda buzuvchi ma'muriy huquqbuzarlik sodir qilganliklari uchun chet el fuqarolarini, fuqaroligi bo‗lmagan shaxslarni mamlakat hududidan ma'muriy tarzda chiqarib yuborish mumkin. 1) jarima ma'muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat hisobiga pul undirishdir. Bu eng ko‗p tarqalgan ma'muriy jazo turidir. Jarimaning miqdori ma'murii huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi, davom etayotgan ma'muriy huquqbuzarlik uchun esa, bu huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qo‗yilgan eng kam ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi. 2) ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‗lgan ashyoni haqini to‗lash sharti bilan olib qo„yish, shu ashyoni majburiy tarzda tortib olib, uni keyinchalik sotib yuborish hamda sotishdan tushgan pulni ashyoning sobiq egasiga tortib olingan ashyoni sotish xarajatlarini chegirib tashlagan holda topshirishdan iboratdir. 3) ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‗lgan ashyoni musodara qilish shu ashyoning haqini to‗lamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga o‗tkazishdan iborat. 4) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositalarini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish chorasi tuman (shahar) sudining ma'muriy ishlar bo‗yicha sudyasi tomonidan uch yilgacha muddatga qo‗llaniladi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati o‗n besh kundan kam bo‗lmasligi kerak. 5) ma'muriy qamoqqa olish 3 sutkadan 15 sutkagacha muddatga, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun 30 sutkagacha muddatga qo‗llaniladi. «Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodеksning 23- moddasiga binoan ma'muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun quyidagi ma'muriy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin: 1. Jari- ma. 2. Ma'muriy huquq-buzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bеvosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan 3. Ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bеvosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish. 4. Muayyan shaxs- ni unga bеrilgan maxsus huquqdan (transport vosita- sini boshq, ov qilish huquqidan) mahrum etish. 5.Ma'- muriy qamoq- qa olish. ma'muriy qamoqqa olish tuman (shahar) sudining ma'muriy ishlar bo‗yicha sudyasi tomonidan, favqulodda holat tartibi sharoitida esa harbiy komendant yoki ichki ishlar organi boshlig‗i tomonidan belgilandi. ma'muriy qamoqqa olish chorasi homilador ayollarga, uch yoshgacha bolasi bo‗lgan ayollarga, o‗n to‗rt yoshgacha bo‗lgan bolasini yakka o‗zi tarbiyalaetgan shaxslarga, o‗n sakkiz yoshga to‗lmagan shaxslarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga nisbatan qo‗llanilishi mumkin emas (o‗zr mjkning 29-moddasi). jazoni qo‗llash chog‗ida sodir etilgan huquqbuzarlik xususiyati, huquqbuzarning shaxsi, uning aybdorlik darajasi, mulkiy ahvoli, javobgarlikni yengillashtiruvchi va og‗irlashtiruvchi holatlar hisobga olinadi. bundan tashqari, ma'muriy ushlab turish chorasi ham bo‗lib, u 3 soatdan oshmasligi kerak. alohida holatlarda ma'muriy ushlab turish bir qancha muddatga cho‗zilishi mumkin. chegara va bojxona xizmati idoralari huquqbuzarlik holati va ma'muriy ushlab turgan shaxsning shaxsiyatini aniqlash uchun uni uch sutkacha ushlab turishlari mumkin, bu holat bo‗yicha ular 24 soat ichida prokurorga xabarni yozma ravishda berishlari kerak. agar huquqbuzarning shaxsini belgilab beruvchi hujjat bo‗lmasa u prokuror sanksiyasiga ko‗ra 10 sutkagacha ushlab turilishi mumkin. voyaga yetmaganlarning ushlab turilganligi to‗g‗risida ota-onasiga yoki qarindosh-urug‗lariga xabar berish majburiydir. ma'muriy ushlab turish faqat ana shunday vakolatga ega organlar (mansabdor shaxslar), masalan, ichki ishlar idoralari, chegara, bojxona xizmati, harbiy avtomobil noziri, davlat tog‗ nazorati xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. mayda bezorilik sodir etgan, yig‗inlar miting, ko‗cha namoyishlari o‗tkazish va tashkil etish tartibini buzganlar, militsiya xodimiga, boshqa mansabdor shaxslarga yoki jamoatchilik vakiliga karshilik ko‗rsatgan shaxslar, o‗rnatilgan tartibda savdo-sotiq qilish qoidalarni buzgan shaxslar tuman sudlari orqali yoki ichki ishlar idoralari boshliqlari ishni ko‗rib chiqqunga qadar ushlab turilishlari mumkin. ma'muriy ushlab turish muddati huquqbuzarlik bo‗yicha bayonnoma tuzilgan paytdan boshlab, mast holatidagi shaxslar uchun - u xushyorxonaga kelgan paytidan boshlab hisoblanadi. ma'muriy huquqbuzarlik to‗g‗risidagi ishlarni yuritish vazifalari har bir ishning holatini o‗z vaqtida, har tomonlama, to‗la va xolis aniqlash, uni qonunga muvofiq aniq hal etish, chiqarilgan qarorning bajarilishini, shuningdek, huquqbuzarlik sodir etish sabablari va bunga olib kelgan shart-sharoitlarni aniqlashdan huquqbuzarlikning oldini olishdan, o‗zbekiston respublikasi konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashdan, qonuniylikni mustahkamlashdan iboratdir. ma'muriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni amalga oshirish tartibi ma'muriy huquq kodeksi bilan belgilanadi. voyaga yetmaganlar o‗n olti yoshdan ma'muriy javobgarlikka tortiladilar. 16 yoshdan 18 yoshgacha ma'muriy huquqbuzar shaxslarga nisbatan voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‗ullanuvchi komissiyalar to‗g‗risidagi nizomda nazarda tutilgan choralar qo‗llaniladi. sodir etilgan huquqbuzarlik xususiyatini va huquqbuzarning shaxsini hisobga olgan holda voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan ishlar voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‗ullanuvchi shahar, tuman, shaharlardagi tuman komissiyalari ixtiyoriga berilishi mumkin. oz miqdorda talon-taroj qilgan shaxslarning ishlari esa shu komissiyalarga berilishi lozim. ma'muriy huquqbuzarlik to‗g‗risidagi ishlarni ko‗rib chiqish va aybdorga nisbatan ma'muriy jazo chorasini qo„llash vakolatiga quyidagi organlar egadirlar: shahar, shahardagi tuman, tuman sudlarining ma'muriy ishlar bo‗yicha sudyasi, xo‗jalik sudlari; ichki ishlar organlari va mansabdor shaxslar; davlat inspeksiyasi organlari (¸ì\èì ìàçîðàòè, щàâî âà ðñâ òðàìðïîðòè îðãàìëàðè, óñ=àðîëàð øàщàð âà ýëåêòð òðàìðïîðòè îðãàìëàðè, щñ=ñ=èé âà òåõìèê èìðïåêôèÿëàð, äàâëàò øàщàð òåõìèê ìàçîðàòè âà áîø=àëàð); voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‗ullanuvchi tuman (shahar) komissiyalari va qonun aktlari boshqaruv vakolat berilgan boshqa organlar. Nazorat uchun uchun savollar: 1. ma'muriy huquq qanday munosabatlarni tartibga soladi? 2. ma'muriy huquq qanday huquq sohalari bilan bog‗liq? 3. ma'muriy huquqning manbaalariga nimalar kiradi? 4. davlat boshqaruvi deganda nimani tushunasiz? 5. ma'muriy huquqiy normalar deganda nimalar tushiniladi? 6. ma'muriy huquq munosabatlar sub'ektlariga nimalar kiradi? 7. davlat xizmatchisi deganda nimani tushunasiz? 8. qanday davlat boshkaruv organlari mavjud? Adabiyotlar: 1. O‗Zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-t.:o‗zbekiston 2008. 2. O‗Zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‗g‗risidagi kodeksi. – t.: adolat, 2005. 3. KARIMOV I. ―mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir‖, o‗zbekiston respublikasi oliy majlisi qonunchilik palatasi va senatining qo‗shma majlisidagi ma'ruzasi, ―xalq so‗zi‖, 28 yanvar 2010 yil. 4. Qosimbekova S.M., qurbanova d.a., yakubova j.a., ishanxujaev s. a..«huquqshunoslik, o‗zbekiston respublikasi konstitutsiyasi». ma'ruzalar matni. tdiu. 2006. 5. Qosimbekova S. «huquqshunoslik, o‗zbekiston respublikasi konstitutsiyasi» fani bo‗yicha o‗quv-uslubiy majmua. –t.: tdiu. 2006. 50-65-b. 6. Saidov a., rustamboev m., tursunov a. o‗zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi. – t.: tdyui, 2005 yil MAVZU: FUQAROLIK HUQUQI ASOSLARI Reja 1. Fuqarolik huquqi tushunchasi. Fuqarolik huquqiy munosabat. 2. Fuqarolik huquqiy munosabat, uning mazmuni, ob'ekti va sub'ekti. muomala layoqati. 3. Uuridik shaxs tushunchasi. bitimlar va majburiyat. 1. fuqarolik huquqi tushunchasi. mulkiy bo‗lmagan shaxsiy munosabatlar mulkiy munosabatlardan shu bilan farqqiladiki,bunda o‗zaro munosabatlar qiymat (pul) bilan ifodalanmaydi, balki shaxsning o‗zi bilan bevosita bog‗liq bo‗ladi. mulkiy va mulkiy bulmagan munosabatlar fuqarolik huquqiga taalluqli manbalar bilan tartibga solinadi va himoya etiladi. bu manbalarga o‗zbekiston respublikasining konstitutsiyasi, qonunlari, prezident farmonlari, vazirlar mahkamasining qaror va farmoyishlari, fuqarolik kodeksi, fuqarolik-protsessual kodeksi kiradi. Fuqarolik Huquqiy munosabatlarda qatnashuvchi shaxslar yuridik shaxslarga (korxona, tashkilot, jamoa xo‗jaligi) va jismoniy shaxslarga (fuqarolar) bo‗linadi. fuqarolik huquqi tomonidan tartibga solinadigan mulkiy munosabatlar doirasi nihoyatda keng. bular jumlasiga olish-sotish, xilma-xil buyurtmalar qabul qilish (ijro etish), turar joylarni ijaraga qo‗yish va ijaraga olish, korxonalar va tashkilotlarning bir-biriga mahsulotlar yetkazib berish, qurilish ishlarini amalga oshirish, transport korxonalari orqali yuk va yo‗lovchi tashish, yetkazilgan zararni to‗latish, qonun va vasiyat bo‗yicha meros olish, umuman har qanday shakldagi mulkni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf etish bilan bog‗liq bo‗lgan munosabatlardan iboratdir. turar joy kodeksi bilan turar joyga egalik, foydalanish, turar joy sanitariya normasi, turar joyni kapital va joriy remont qilish, ijara haqi kabi misollar haqida so‗z boradi. Fuqarolik huquqi tomonidan tartibga solinadigan mulkiy xarakterda bo‗lmagan shaxsiy huquqiy munosabatlar ikki turga: mulkiy munosabatlar bilan bog„liq bo„lgan shaxsiy munosabatlarga va mulkiy munosabatlar bilan bog„liq bo„lmagan shaxsiy munosabatlarga bo‗linadi. mulkiy xarakterda bo„lmagan shaxsiy huquqlar fuqarolik kodeksi (fk)ning 100- moddasida ko‗rsatilgan bo‗lib, ular shaxsning nomi, sha'ni, qadr-qimmati, ishchanlik obro‗si va boshqalar shaxslarning mulkiy xarakterda bo‗lmagan manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan huquqiy munosabatlarning ob'ekti sifatida ko‗riladi. yangi qabul qilingan fkda fuqarolik huquqiy munosabat ob'ektlarini tashkil etadigan mulkiy va nomulkiy shaxsiy huquqlar doirasi bir muncha kengaytirilgan. intellektual mulk (mulkiy xarakterda bo„lgan shaxsiy huquq) ob'ektlari moddiy ko‗rinishda emas, balki g‗oya, bilim, axborot shaklida namoyon bo‗ladi. intellektual mulk ob'ektlariga fuqarolik kodeksning 1031-moddasiga binoan quyidagilar: 1. intellektual faoliyat natijalari ular fan, adabiyot va san'at asarlari, u yoki bu eshittirish tashkilotlarning ijrolari, fonogrammalari va eshittirishlari, ixtirolar va boshqalar kiradi; 2. fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va xizmatlarining xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar; ularga – firma nomlari, tovar belgilari (xizmat ko‗rsatish belgilari), tovar chiqarilgan joy nomi kiradi; 3. fuqarolik kodeksida yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda intellektual faoliyatning boshqa natijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositalar kiradi. intellektual mulk ob'ektlari davlat qonunlari bilan huquqiy (fan va texnika davlat Download 5.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling