Toshkent farmatsevtika instituti Sanoat farmatsiya fakulteti


Download 19.79 Kb.
bet2/2
Sana08.01.2022
Hajmi19.79 Kb.
#244284
1   2
Bog'liq
praktika 20.11

Hujayradagi RNK larning foiz ulushi: 80

 mRNK 3-5%;

 rRNK 90%;

 tRNK 4%.


Nisbatan yirik rRNK molekulasi oqsillar bilan birikib ribosomaning katta subbirligini tashkil qiladi. Kichikroq rRNK esa kichik subbirlikni hosil qiladi. Oqsil sintezida ikkala subbirliklarning qo'shilishidan ribosoma paydo bo'ladi. rRNK ribosoma massasining 60% tashkil etadi.

Hujayrada ribosomalardan tashqari 60 ga yaqin turli hil tRNK mavjud. tRNK bir zanjirli molekula bo'lib, nukleotidlari soni 75 dan 93 gacha bo'ladi. aminoatsil-tRNK-sintetaza fermenti yordamida tRNKning 3'-uchiga aminokislota ulanadi. 20 ta aminokislotaning har biriga alohida tRNK bor. tRNKning ikkinchi uchidagi ohirgi 3 ta nukleotid antikodon deyiladi. Antikodon mRNKdagi kodonni tanib oladi va sintezlanayotgan oqsil molekulasiga qanday aminokislota kelib birikishiga javob beradi.



Translyatsiya (oqsil sitezi) mRNK, turli tRNK va boshqa faktorlar yordamida amalga oshadi.

Ikkita yoki undan ortiq oqsillar kodini saqlovchi nukleotidlar ketma-ketligi operon deyiladi.

Hujayrada mRNK va oqsil sintezi qat'iy tartibda bajariladi. Hujayrada bir vaqtning o'zida ham transkriptsiya, ham translyatsiya jarayonlari sodir bo'lmaydi. Chunki buning uchun hujayrada etarlicha resurs mavjud emas. Prokariotlar va eukariotlar hujayradagi faqat eng zaruriy, eng asosiy funktsiyalarni bajarish uchun kerak bo'ladigan mRNKni sintezlaydi.



Aminokislotalarning ATF (adenozintrifosfat) ishtirokida faollanish jarayoni polipeptid zanjir hosil bo'lishining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Faollanish jarayoni fermentlar yordamida kechadi. Bunda aminoatsiladenilatlar hosil bo'ladi. Keyin aminoatsil-tRNK-sintetaza fermenti ta'sirida (har bir aminokislota uchun mahsus o'zining fermenti bor) aminokislota faollanadi va tRNK bilan bog'lanadi. tRNK va aminokislota kompleksi ribosomaga boradi. Ribosomada esa oqsilning polipeptid zanjiri sintezlanadi. Sintezlangan oqsil ribosomalardan ajraladi. Ribosomalar esa boshqa yangi oqsil molekulasini sintez qilish uchun yangi tRNK va aminokislota kompleksini «kutib» turadi. Shunday qilib, ribosomalarning faolligi va yahlitligi oqsil sintezi uchun juda muhimdir.

Escherichia coli

Escherichia coli bakteriyasi yahshi o'rganilgan organizmlar toifasiga kiradi. Ohirgi 50 yil ichida ushbu bakteriya haqida juda ko'p ma'lumot yig'ildi. Escherichia coli grammanfiy nopatogen bakteriya bo'lib, kattaligi 1 mkm. U inson ichagida, suvda va tuproqda uchraydi. Tarkibida Na+, K+, Mg2+, Sa2+, NH4+, S1-, NR042- , S042- ionlari, mikroelementlar, uglerod manbai (masalan, glyukoza) saqlagan muhitda oddiy bo'linish yo'li bilan ko'payadi. Shuning uchun E. coli ilmiy tadqiqotlarda keng foydalaniladi. E. coli aminokislotalar, tuzlar, vitaminlar, mikroelementlar, uglerod manbai bilan boyitilgan
Download 19.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling