Toshkent farmatsevtika instituti sanoat farmatsiyasi fakulteti biotexnologiya kafedrasi


Download 13.09 Kb.
bet3/5
Sana19.06.2023
Hajmi13.09 Kb.
#1599865
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 Virus, bakteriya, zamburug\', bakteriya, o\'simlik va hayvon hujayralari

Gen muxandisligi “davri”gacha antibiotik sintez qiluvchi mikroorganizmlar shtammlarini asosan mutagenez va seleksiya yo’llari orqali olingan. Masalan: seleksiya hamda fermentasiya sharoitlarini tanlash oqibatida sanoat sharoitida penisillin ishlab chiqaradigan shtammni hosildorligi 1 litr oziqa muhitida 40 grammgacha ko’tarildi. Bu ko’rsatkich, dastlabki, Penecillum chrysogenum shtammiga nisbatan 20 ming marotaba ko’proqdir. Shuningdek, modifikasiya qilingan antibiotiklarni ishlab-chiqarish imkoniyatini beradigan mutasintez usuli ham yaratildi. Bu usul - antibiotiklar sintezining ma’lum qismida o’zgarish kiritilgan mutant shtammlardan foydalanishga asoslangan. Funksional faol bo’lgan antibiotik sintez qiluvchi oziqa muhitiga o’zgartirilgan qismni anologlari qo’shiladi va oqibatda o’sha qo’shilgan modda saqlagan, antibiotikni modifikasiyalari hosil bo’ladi. Bu usul ayniqsa patogen bakteriyalarni antibiotiklarga moslashib borayotgan jarayonlarda judaqo’l keladi.


Antibiotiklar - mikroorganizmlarning 10 dan 30 gacha ba’zida esa undan ham ko’proq gen
maxsulotlarining hamkorlikdagi ta’siri natijasida paydo bo’ladi. SHuning uchun ham gen
muhandisligi orqali serhosil shtammlar yaratish ancha mushkul ish. Ammo, bu muammo bir
operonda sintez bo’ladigan multifermentlar kompleksi orqali sintez bo’ladigan peptid bog’li
antibiotiklarga ta’luqli emas. Bir mikroorganizmlardagi genlarni shu avlodga yaqin bo’lgan mikroorganizmlarga o’tkazish natijasida yangi xususiyatga ega bo’lgan “gibrid” antibiotiklari sintez qilishga erishish mumkin.

Mikroorganizmlardan antibiotiklar olish

Mikroorganizmlardan antibiotiklar olish

Antibiotiklarni (antibiotik moddalar) turli xil guruh organizmlar (bakteriyalar, zamburug’lar, yuqori o’simliklar, hayvonlar) ishlab chiqaradilar. Birinchi antibiotikaning ochilish tarixi Shotlandiya mikrobiologi A. Fleminga (1881-1955) nomi bilan bog’liq. Ilmiy adabiyotlarga antibiotik atamasi 1942 yil Vasxman tomonidan kiritilgan. Bu atama ma’lum bir mukammallikga ega (so’zma-so’z tarjimasi - “hayotga qarshi” degani) bo’lmasa ham faqat ilmiy leksikongagina mustaxkam kirib olmasdan, kundalik gapimizda ham ishlatilib kelmoqda. Antibiotiklar - organizmlar hayot faoliyatining maxsus maxsuloti yoki ularning modifikasiyasi, ayrim mikroorganizmlarga (bakteriyalar, zamburug’lar, suv o’tlariga, sodda hayvonlarga) viruslarga va boshqalarga nisbatan yuqori fiziologik faollikka ega bo’lgan, ularni o’sishini to’xtatadigan yoki taraqqiyotini butunlay yo’qotadigan moddalardir.


Download 13.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling