Toshkent farmatsevtika instituti sanoat farmatsiyasi fakulteti biotexnologiya kafedrasi


Antibiotiklar sintezlovchiprodusent mikroorganizmlar


Download 13.09 Kb.
bet4/5
Sana19.06.2023
Hajmi13.09 Kb.
#1599865
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 Virus, bakteriya, zamburug\', bakteriya, o\'simlik va hayvon hujayralari

Antibiotiklar sintezlovchiprodusent mikroorganizmlar

Antibiotiklar sintezlovchiprodusent mikroorganizmlar

Antibiotik moddalarni sanoat sharoitida ishlab chiqarish asosan biologik sintez asosida amalga

oshiriladi yoki biosintez jarayonida olingan fiziologik faolbirikma molekulasini kimyoviy

modifikasiya qilish yo’li bilan olinadi. Faqat sanoqli antibiotiklargina kimyoviy sintez yo’li bilan

olinadi (masalan: xloromfenikol).

Sanoatda ishlab chiqarilayotgan antibiotiklarni manbalari bakteriyalar, aktinomisetlar va

miseliali zamburug’lardir.

Bakteriyalar sintez qiladigan antibiotiklar

Bakteriyalar sintez qiladigan antibiotiklar

Bakteriyalar ishlab chiqaradigan antibiotiklar 600 ga yaqin nom bilan aytiladi. Lekin, nisbatan uncha ko’p bo’lmagan miqdordagi antibiotiklar sanoat asosida chiqariladi. Bular orasida Bacillus brevis var. U.V. hosil qiladigan S gamisidinni, Bac.polymyxa va Bac.circuis lar ishlab chiqaradigan polimiksinlar, Bacillus licheniformis sintezlaydiganbasitrosinlar, Streptococcus lactis kulturasi hosil qiladigan nizinlarni aytish mumkin. Bakteriyalar sintez qiladigan antibiotiklarning o’ziga xoslik tomoni ular o’zining kimyoviy tuzilishi jihatidan polipeptidlarga (uzunchoq yoki xalqasimon)va kichik molekulali oqsillarga kiradi. Bitta produsent taraqqiyoti jarayonida bir qanchakimyoviy tuzilishi jihatidan bir-biriga yaqin antibiotiklar sintez qiladi. Masalan: gramisidinlarni besh shakldagisi ma’lum (A, V, SD, S(S), D), bular aminokislotalar tarkibi bilan farqlanadi; polimiksinlarni (22 shakli bor, shular qatorida A, A2, V, V2, S, D, D2, E1(kolistin A), E2 (kolistin V, M, R, R2).

Aktinomisetlar sintez qiladigan antibiotiklar

Aktinomisetlar sintez qiladigan antibiotiklar

Amaliyotga keng tadbiq qilingan eng ko’p sonli antibiotiklar, demak sanoatda ishlab chiqariladigan, aktinomisetlar hosil qiladigan biologik faol moddalarga kiradi. Bu antibiotik moddalar turli xil kimyoviy tuzilishga va keng spektrli biologik ta’sirga ega bo’lgan bir qancha guruh birikmalardan iborat:

  • Aminoglikozidlar
  • Tetrasiklinlar
  • Aktinomisinlar
  • Makrolidlar
  • Anzamisinlar.

Download 13.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling