Toshkent gumanitar fanlar universiteti To'rtko’l filiali boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 107-guruh talabasi Rajapbayeva Klaraning Ona tili praktikum fani yuzasidan tayyorlagan taqdimoti


Download 10.51 Kb.
bet2/2
Sana02.06.2024
Hajmi10.51 Kb.
#1834453
1   2
Bog'liq
КЛАРА ПРЕЗЕНТАЦИЯ ОНА ТИЛИ

Fonologiya (fono... va ...logiya) — tilshunoslikning til tovush qurilishining strukturaviy (tuzilmaviy) va funksional (vazifaviy) qonuniyatlarini, tilning eng mayda, maʼno bildirmaydigan birliklari — boʻgʻinlar, fonemalarning tuzilishi va amalda qoʻllanishini oʻrganuvchi boʻlimi.
Fonologiyaning fonetikadan farqi shundaki, uning diqqat markazida fizik hodisa sifatidagi tovushlarning oʻzini emas, balki ularning nutqda yanada murakkabroq maʼnoli birliklar — morfemalar, soʻzlarning tarkibiy qismi sifatida bajaradigan vazifasini oʻrganish turadi. Shu tufayli fonologiyani baʼzan funksional fonetika deb ham ataydilar. Ruschex tilshunosi N. S. Trubetskoyning aniqlashicha, fonologiya bilan fonetika oʻrtasidagi oʻzaro munosabat shundan iboratki, har qanday fonologik tavsifning ibtidosi maʼno farqlovchi tovushiy ziddiyatlarni aniqlashdir; fonetik tavsif esa boshlangʻich nuqta va moddiy asos sifatida qabul qilinadi.
Fonologiyaning asosiy birligi — fonema, asosiy tadqiqot obyekti — fonemalarning zidlanishlari (oppozitsiyalari) boʻlib, bu oppozitsiyalar bir butun holda tilning fonologik tizimini hosil qiladi. Muayyan oʻrinda bir fonemaning ikkinchisiga qarama qarshi qoʻyilishini namoyon etuvchi soʻzlar (burborbir kabi) kvaziomonimlar (soxta omonimlar) deyiladi. Odatda, tildagi fonemalar soni kvaziomonimlar yordamida aniqlanadi va bunda biryoʻla bir fonemani ikkinchisiga qarama qarshi qoʻyish orqali ularning farqlanish elementlari tasnif etiladi. Mas, tol,sol soʻzlaridagi ikki fonema — t va s portlovchi, sirgʻaluvchi farqlanish elementlariga ega. Ularning har ikkisi ham til oldi, jarangsiz, shovqinli undoshlardir va bu belgilari farqlanmovchi elementlar deyiladi. Demak, fonema tilda oʻz vazifasini fonologik jihatdan farqlanuvchi va farqlanmovchi elementlar orqali bajaradi.
Fonologiya zamonaviy maʼnodagi mustaqil tilshunoslik fani sifatida 20-asrning 20—30-yillarida shakllandi; uning yaratuvchilari N. S. Trubetskoy, russhveysar olimi S.O.Karsevskiy, rusamerika tilshunosi R.S. Yakobsonlar boʻlib, ular 1928-yil Gaagada boʻlib oʻtgan Tilshunoslarning 1-xalqaro kongressida fonologiyaning asosiy gʻoyalarini bayon etganlar. N. S. Trubetskoyning "Fonologiya asoslari" (1939) kitobi fonologiya taraqqiyotidagi eng muhim bosqich boʻlgan. Fonologiya paydo boʻlishining ilk asoslari 19-asr oxirlarida nemis olimi I. Vinteler va ingliz olimi G. Suit asarlarida, umumnazariy jihatlari keyinchalik F. de Sossyur tadqiqotlarida shakllangan. Ayniqsa, fonologiyaning rivojlanish asoslarini yaratishga ruspolyak tilshunosi I. A. Boduen de Kurtene katta hissa qoʻshdi. Fonema gʻoyasi va uning prinsiplari ilk marta uning asarlarida ishlab chiqilgan. Boduen de Kurtene tadqiqotlari negizida Leningrad va Moskva fonologik maktablari shakllandi (oʻzbek tilshunoslarining fonologik tadqiqotlari ham asosan ana shu maktablar taʼsirida yaratilgan). Hozirgi kunda mazkur maktablarning fonologik nazariyalaridan tashqari Yevropa va AQShda yana 10 ga yaqin fonologik nazariyalar yaratilgan.
Oʻzbek tili fonologiyasini oʻrganishda Ye.D. Polivanov, V. V. Reshetov, A. Nurmonov, A. Abduazizov va boshqalarlarning ilmiy ishlari ayniqsa ahamiyatlidir.
Fonolog uchun tovushlarning bir qator belgilari ahamiyatsiz sanaladi. Chunki ular ma’noli birliklarni shakliy jihatdan farqlovchi belgi sifatida funksiya bajarmaydi. Shuning uchun fonolog konkret tovushlar tarkibidagi farqlamaydigan, ikkinchi darajali akustik-artikulyatsion belgilarni soqit qilish yo‘li bilan bir necha konkret tovushlarda takrorlanadigan, ular uchun umumiy bo‘lgan belgilarni aniqlash bilan shug‘ullanadi. Bunday yo‘l esa tovush birliklarini bir-biriga qiyoslashni, ularni munosabatda o‘rganishni talab etadi. Shunday qilib, umumiylikni, mohiyatni o‘rganish fonologiyaning, xususiylikni, hodisalarni o‘rganish esa fonetikaning vazifasiga aylandi
Shunday qilib, umumiylikni, mohiyatni o‘rganish fonologiyaning, xususiylikni, hodisalarni o‘rganish esa fonetikaning vazifasiga aylandi. Falsafiy nuqtai nazardan qaraganda, xususiylikdan ajralgan umumiylik yo‘q. Har qanday umumiylik xususiyliklar orqali o‘z isbotini topadi. Shuning uchun ham fonetikasiz fonologiyaning mavjud bo‘lishi mumkin emas. Fonologiya fonetika bergan materiallar asosida ish ko‘radi. Har qanday fonolog bir vaqtning o‘zida fonetist sanaladi. Chunki fonologik oppozitsiyalar konkret tovushlarga tayanadi. Shu bilan birga, har qanday fonetika mutaxassisi ma’lum ma’noda fonolog hamdir. Chunki fonetika tadqiqotchisi har qanday tovushlarni emas, balki nutq tovushlarini, ularning ma’lum bir tildagi farqli belgilarini o‘rganadi. Shunday qilib, fonetika va fonologiya o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, umumiylikxususiylik dialektikasini o‘zida namoyon qiladi.
Fonologiyaning o‘rganish birligi ijtimoiy-ruhiy, umumiy xususiyatga ega bo‘lgan fonemalardir. Fonema umumiylikdir. U bevosita kuzatishda turli variantlarda Namoyon qiladi.
Shuning uchun ham fonema hozirgi kunda til va nutqni farqlovchi tilshunoslar tomonidan so‘z va morfemalarni shakllantiradigan va ularning ma’nosini farqlash uchun xizmat etuvchi, boshqa moddiy mayda bo‘laklarga bo‘linmaydigan tilning eng kichik tovush birligi sifatida e’tirof etiladi. Fonema atamasi va uning tilning eng kichik tovush birligi ekanligi birinchi marotaba tilshunoslikda I.A.Boduen de Kurtene tomonidan bayon qilinadi.
Download 10.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling