Тошкент халқаро таълим университети «Илмий тадқиқотлар ва академикўникмалар»


Download 93.47 Kb.
bet2/6
Sana06.02.2023
Hajmi93.47 Kb.
#1170294
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
akademik matn turlari

Asosiy qism:
1. Akademik matn turlari.
Matn – nutq ko`rinishi bo`lib, vazifasi jihatidan tugal nutqiy butunlikdir. Har bir matn murakkab tuzilish va mazmun mundarijasiga ega bo`lib, u og`zaki hamda yozma ijod namunasi hisoblanadi. Tilshunoslikda matn tilning alohida birligi (supersintaktik butunlik) va matn tilshunosligi deb atalayotgan sohaning asosiy ob'ekti sifatida talqin qilinadi.
Matn so`z birikmasi va gapdan farqlanadi, chunki matnning ham o`z kategoriyasi va qonuniyatlari mavjud. Matn so`zining lug`aviy ma'nosida birikish, bog`lanish tushunchalarining borligi, shuning uchun matn tarkibi o`zaro qaysidir bog`lovchilar yordamida birikishni o`rganish “Matn tilshunosligi” sohasining asosiy muammolaridan biridir.
Tilshunos I.Rasulov matnni quyidagicha ta'riflaydi: “Gapdan katta birlik murakkab sintaktik butunlik bo`lib, u fikran va sintaktik jihatdan o`zaro bog`liq bo`lgan gaplar birlashmasidan iborat. Unda fikr gapga nisbatan ancha to`liq bo`ladi”.
Matn hajm va mazmun belgisiga ko`ra ikkiga bo`linadi: 1. Hajm belgisiga ko`ra matn turlari. 2. Ifoda maqsadi va mazmun belgisiga ko’ra matn turlari.
1. Hajm belgisiga ko`ra matn turlari. Matn gapdan ko`ra yirik hajmli aloqa vositasi, nutqiy faoliyat mahsuli, muayyan qonuniyatlar asosida shakllangan yozma nutq ko`rinishidir. Matn hajm belgisiga ko`ra ikkiga ajratiladi. Minimal matn (mikromatn) va maksimal matn ( makromatn).
Badiiy uslubda minimal matn deyilganda biror mavzuni yoritishga bag`ishlangan qatralar, xalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal va aforizmlar, miniatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she'r va she'riy parchalar, umuman, kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi. Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli shakldagi bog`lamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi.
Maksimal matn deyilganda keng ko`lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa, roman, epopeya kabi yirik hajmli asarlar maksimal matn hisoblanadi. Maksimal matn mikromatnlardan iborat. Eng kichik butunlik abzatsga, eng katta butunlik esa bob (qism yoki fasl)larga to`g`ri keladi. Bunday matn tarkibida epigraf, so`zboshi (muqadddima), so`ngso`z (epilog) kabi yordamchi qismlar ham ishtirok etishi mumkin. Ular asar mazmuni va g`oyasiga, shuningdek, mavzuning tanlanishi va yoritilishiga oid ayrim masalalarga qo`shimcha izoh, sharh bo`lib keladi.
Makromatnning eng kichik birligi abzatsdir. Abzats bir mazmuniy butunlik bo`lib, “matnning bir xat boshidan keyingi xat boshigacha bo`lgan qismi” hisoblanadi.
Oddiy kundalik hayotdagi so`zlashuv nutqida har doim ham yangidan matn yaratmaymiz. Ehtiyojimizga ko`ra turli matn turlaridan foydalanamiz. Ba'zan boshimizdan o`tgan yoki o`zimiz guvoh bo`lgan voqealarni kimgadir aytib beramiz. Insonlar o`rtasidagi muloqot maqsadi va mazmuni shular bilangina chegaralanib qolmaydi. Inson hissiyotlarini, tuyg`ularini, hayajonlarini, azob va qayg`ularini ifodalash, shu orqali tinglovchi yoki kitobxonni ta'sirlantirishni istaydi.Anna shunday hollarda ba'zan mubolag`a ba'zan o`xshash – qiyoslash kabi tasviriy vositalardan foydalanamiz.
2.Ifoda maqsadiga va mazmuniga ko’ra badiiy matnni quyidagi turlarga bo`lib chiqish mumkin: 1. Hikoya mazmunli matn. 2. Tasviriy matn. 3.Izoh mazmunli matn. 4. Didaktik matn. 5. Xabar mazmunli matn. 6. Buyruq mazmunli matn. 7. Hissiy ifoda mazmunli matn.
1.Hikoya mazmunli matnlar (Le texte narratif – narrativ matn). Bunday matnda muallif yoki asar qahramoni o`zi boshidan o`tkazgan eshitgan, ko’rgan yoki guvoh bo`lgan biror voqeani hikoya qilib beradi. Xotiralar, esdaliklar, ertak va rivoyatlarni narrativ matn turiga kiritish mumkin. Hikoya tarzi, asosan, o`tgan zamon shaklida, birinchi shaxs birlik yoki ko`plikda ifodalanadi.
2. Tasviriy matnlar (Le texte descriptif – deskriptiv matn). Bunday matn tinglovchiga noma'lum bo`lgan biror kishi, joy, hayvonot va nabotot olamiga mansub mavjudot yoki qandaydir narsa-buyum hamda voqea-hodisani batafsil tasvirlab berish maqsadida tuzilgan bo`ladi. Tasviriy matnda ham monologik nutq ko`rinishi yetakchilik qiladi. Partonimik tasvir bunday matnning eng xarakterli xususiyati hisoblanadi, ya'ni tasvirlanayotgan ob'ektning dastlab, birlamchi xususiyati tilga olinadi. Keyin unga aloqador xususiyatlar va qismlardan so`z yuritiladi.
3. Izoh mazmunli matnlar (Le texte argumtntatif-argumentli matn). Bunday matnda aytilayotgan fikrning ishonarliligini ta'kidlash uchun turli dalil va izohlar keltiriladi. Asoslash, isbotlash, o`zini oqlashga urinish yoki himoya maqsadida har xil vajlarni keltirish argumentli matn turining o`ziga xos jihatlaridan hisoblanadi.
4. Didaktik matnlar (Le texte explicatif- eksplikativ matn). Kimgadir pand-nasihat qilish, uni turli hayotiy voqealar vositasida tarbiyalash yoki aytilganlardan xulosa chiqarishga o`rgatish istagi asosida tuzilgan matn eksplikativ yoki didaktik matn deyiladi.Maqsadga erishish uchun maqol, matal, aforizm, turli hayotiy voqealar, rivoyatlar, masallardan namuna sifatida foydalaniladi.
5. Xabar mazmunli matnlar (Le texte informative - informativ matn). Biror voqea-hodisa haqida xabar berish maqsadida tuzilgan yoki havola qilingan matn informativ matn hisoblanadi. Badiiy matnda informativlik o`ziga xos tarzda bo`ladi. Oddiy xabardan farqlanib, estetik maqsad yuklangan bo`ladi.
6. Buyruq mazmunli matnlar (Le texte injonctif-injonktiv matn). Buyruq hamda maslahat ohangi etakchilik qiladigan, buyruq maylidagi gaplardan tuzilgan, biror ishni bajartirish yoki turli ta'qiqlashlarni ifoda etadigan matn tipiga buyruq mazmunli matn deyiladi.Asosan qao`ramonlar nutqida kuzatiladi.
7. Hissiy ifoda mazmunli matnlar (Le texte expressif - ekspressiv matn). Insonning ichki kechinmalarini, voqelikka munosabatini, o`ziga xos pafos bilan ifodalash maqsadida tuzilgan matnlar hissiy ifoda mazmunli matn deyiladi. Insonning ma’naviy kamolotga erishuvida ona tilining o’rni beqiyosdir. O’z ona tilini bilmagan odam boshqa tillarni mukammal bilgan taqdirda ham uning qadriga yetmaydi. Til milliy madaniyat, ma’rifat va ma’naviyatning ko’zgusi hisoblanadi. Mamlakatimizda davlat tili rivojiga alohida e’tibor qilinayotganligi bejizga emas. Respublikamizning “Davlat tili haqida”gi, “Ta’lim to’g’risida”gi, “Kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dastur” va boshqa juda ko’plab hujjatlarda bu yo’nalishdagi ishlarning asosiy jihatlari ko’rsatib berilgan. Bu qonunlarning qabul qilinishi ta’lim sohasida katta islohotlarning amalga oshishiga sabab bo’ldi.
Akademik yozuv ilmiy faoliyatni yo’lga qo’yishda yordam beribgina qolmay, mavjud matnni imloviy savodxonlik bilan shakllantirishga, axborotlarni animatsion shaklda yetkazishga, o’rganilayotgan ilmiy matnlar doirasida yozma shaklda munosabat bildira olishga, mavjudlarini tahrirlay olishga o’rgatadi. Akademik yozuv mantiqiy dalilni obyektiv nuqtai nazardan yetkazishda asosiy qurol vazifasini bajaradi. Akademik yozuvlar his-tuyg’ularga, yovuzlikka yoki boshqa tilga tarjima qilingan tilga to’sqinlik qiladi. Fikringiz bilan shaxsan rozilik berasizmi yoki rozi bo’lmasangiz ham uni qog’ozda aniq va xolisona taqdim etishingiz kerak.
Akademik yozish – bu axborot jarayonlari, xalqaro almashinuvlar, akademik aloqalarning jadal rivojlanishi sharoitida, ya’ni dolzarb bo’lgan va jahon ta’lim hamda ilmiy hamjamiyatlarida keng tarqalgan kompetensiya bo’lib, u o’z ilmiy matnlaringizni o’qish, tushunish, tuzish va formatlash imkonini beradi. Akademik yozuv nasr uslubidir. Odatda shaxssiz va g’ayratli ohangda taqdim etiladi. U sinchkovlik bilan tasdiqlangan bilimlarga asoslangan tanqidiy va xabardor auditoriyaga qaratilgan va tushunchalar yoki dalillarni mustahkamlash yoki e’tiroz bildirish uchun mo’ljallangan. Ushbu uslub akademik(ilmiy) kundalik hayotda qo’llaniladi.
Agar dunyoda biron-bir muqaddas, abadiy tuyg’u bo’lsa, bu millatning milliy o’zligini anglash tuyg’usidir. Tilning dunyoni bilish, bilimlarni to’plash, saqlash, keyingi avlodga yetkazish, ruhiy munosabatlarni aks ettirish, go’zallik kategoriyalarini voqealantirish kabi qator vazifalarni bajarishiga qaramasdan uning asosiy funksiyasi kishilar o’rtasidagi aloqani ta’minlashdir. So’nggi yillarda nutq kishilar til orqali bir-biri bilan muomala, aloqa qilishning asosi deb qaralishi ham fikrimizni tasdiqlaydi. Nutq nafaqat lingivistik, balki psixologik va estetik hodisa hamdir. Bu narsa ma’lum bir fikrni tinglovchiga to’laqonli yetib borishi, unga o’z ta’sirini o’tkazishi bilan belgilanadi. Nutqning kommunikativ, ya’ni aloqaviy sifati quyidagi mezonlarga bevosita bog’liq bo’ladi: nutqning to’g’riligi, nutqning mantiqiyligi, nutqning sofligi, nutqning ifodaliligi.
Adabiy nutq – yozuvchilar, shoirlar olimlar tomonidan ishlangan, qat’iy me’yorlarga ega bo’lgan nutq ko’rinishidir. Adabiy nutqning muayyan sohadagi muloqot uchun moslashtirilgan, bir qator o’ziga xos xususiyatlari bilan farqlanib turadigan ko’rinishlari – uslublari mavjud. Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasidaga, ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko’rinishi nutq uslubi hisoblanadi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo’ladi. Xususan, oilada, ko’chada, insonlarning fikr almashinish jarayonida qo’llanadigan nutq uslubi so’zlashuv uslubi sanaladi. So’zlashuv uslubi oddiy va adabiy so’zlashuv uslublarini o’z ichiga oladi.
Badiiy uslub – badiiy asarlarga xos bo’lib, unda badiiylik, ifodaviylik, ta’sirchanlik kuchli bo’ladi. Badiiy uslub inson hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Bu uslubda tilning barcha imkoniyatlaridan foydalaniladi. Hatto yozuvchi o’zi ham turli ifodaviy vositalar yarata olishi mumkin.
Publitsistika – lotincha so’z bo’lib, “xalq, omma” ma’nolarini anglatadi. Davrning eng dolzarb muammolarini omma e’tiboriga televideniya, gazeta-jurnal va radio orqali yetkazadi. Oliy majlis yig’inlari va turli xil anjumanlarda ushbu nutq uslubidan foydalaniladi.
Ilmiy uslub – fan va texnika tili bo’lib, daliliy munosabatlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining ilmiy atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil bayon qiluvchi uslubdir.
Ilmiy uslubning ilk ildizlari Yunonistonga borib taqaladi. Ular oddiy odamlar tushunishi qiyin bo’lgan maxsus terminlardan foydalanishgan. Asl maxsus terminalogiya lotin tilida bo’lgan. Dunyo tilshunoslari terminlarni o’z tillariga o’girishga harakat qila boshlagan bo’lsalar ham, lotin tili ilmiy axborotlarni yetkazib berishning yagona xalqaro usuli hisoblanadi. Uyg’onish davrida ko’plab olimlar badiiy unsurlardan yiroqlashib matn yaratishga uringanlar. Ilmiy uslubda tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to’g’risida aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo’llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni bayon qilish muhim hisoblanadi. Maxsus atamalar bu uslubning leksikasini tashkil qiladi. Unda adabiy me’yorga qat’iy rioya etiladi va majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng qo’llanadi. Undagi ilmiy ma’lumotlar keng ommaga qaratiladi. Ilmiy uslubga doir matnlar turli sohalarga qarab, shuningdek, kimga mo’ljallanganligiga nisbatan o’zaro farqlanadi. Masalan, ilmiy manbalar ilmiy fanga oid ma’lumotlar berish bilan ma’lum fan mutaxassisigagina mo’ljallangan bo’ladi. Ko’pchilikka mo’ljallangan ma’ruzalar, risola va darsliklar shu uslubning ko’rinishlaridir.
Rasmiy idoraviy uslub – barcha qonunlar, prezident farmonlari, hukumat qarorlari, turli hujjatlar ish qog’ozlari, idoralararo yozishmalar va shu kabilar

rasmiy idoraviy uslubda yoziladi. Rasmiy idoraviy uslubda gaplar ixcham va aniq bo’ladi. Qisqalik, aniqlik va rasmiylik bu uslub matnlarining bosh belgisidir. Akademik yozuvning xususiyatlari


Ko’pgina ilmiy fanlar o’zlarining noyob uslubiy konvensiyalarini qo’llashadi. Biroq, barcha akademik yozuvlar ma„lum xususiyatlarga ega:

  1. Ochiq va cheklangan e„tibor . Akademik hujjatning asosiy mavzusi – argument yoki tadqiqot savolnomasi bayonot bilan belgilanadi. Qog’ozning har bir xatboshi va jumlasi shu asosiy yo’nalishga qayta bog’lanadi. Qog’ozda fon yoki kontekstli ma„lumot bo’lishi mumkin, ammo barcha tarkib tezisni qo’llab- quvvatlash maqsadiga xizmat qiladi.

  2. Mantiqiy tuzilma . Barcha akademik yozuv mantiqiy, sodda tuzilishga asoslanadi. Oddiy shaklda ilmiy maqola tanqidiy, tanqidiy maqola va xulosani o’z ichiga oladi. Kirish introduksiya ma’lumotlari bilan ta’minlaydi, inshoning ko’lami va yo’nalishini belgilaydi va tezisni bildiradi. Xulosa tezisiga qaytib, asosiy fikrlarni umumlashtiradi va qog’ozning natijalarini keltirib chiqaradi. Har bir jumla va paragraf mantiqiy ravishda ochiq-oydin dalillar taqdim etish uchun keyingi bilan bog’lanadi.

  3. Dalillarga asoslangan dalillar . Akademik yozuv yaxshi ma„lumotga asoslangan argumentlarni talab qiladi. Ma’ruzalar ilmiy manbalardan (tadqiqot maqolasi kabi) yoki asosiy matndan olingan takliflar bilan tasdiqlanishi kerak. Faktlardan foydalanish dalillarga ishonchni beradi.

  4. Ma’lum bir qolipga egalik. Akademik yozuv doirasida shakllantiriladigan matnlarning o’z qolipi mavjud. Xususan, ilmiy maqola, dissertatsiya, avtorefarat, hujjat turlarini har biri o’z belgilangan qolipiga ega.

Akademik yozuvning asosiy shakllariga ilmiy maqola, dissertatsiya, akademik taqriz, monografiya kabilarning matnlari kiradi. Murakkablik darajasi bilan ajralib turadigan akademik yozish darajasi mavjud.2


Download 93.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling