Тошкент халқаро таълим университети «Илмий тадқиқотлар ва академикўникмалар»


Download 93.47 Kb.
bet5/6
Sana06.02.2023
Hajmi93.47 Kb.
#1170294
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
akademik matn turlari

3. Matnning sintaktik tahlili
Badiiy matnning morfologik xususiyatlari haqida gap ketganda, morfologik birliklarning ishlatilishi bilan bog`liq holatlar nazarda tutiladi. Morfologik birliklarning estetik vazifasi deyilganda mahsus so`z shakllari vositasida, shuningdek, ma'lum bir grammatik ma'no va funktsiyaga ega bo`lgan so`z shakllarini mahsus qo`llash orqali ekspressivlik – emotsionallik ifodalanishi tushiniladi.
Ekspressivlik ijobiy va salbiy ma'no ottenkasiga ega bo`lgan so`zlarda aniq ko`rinib turadi. Badiiy matn lisoniy tahlil qilinganda ana shunday birliklarni ajratish, qaysi turkumga oidligi, kimning nutqida, nima maqsadda qo`llanilganligi, kimga nisbatan, qanday vaziyatda ishlatilganligi e'tiborga olinishi zarur.
Odatda, erkalash, suyish, hurmat, ulug`lash kabi ma'nolar ijobiy, jirkanish, mensimaslik, kibr, masxara, nafrat, g`azab, kinoya kabi munosabatlarni bildiruvchi so`zlar salbiy ma'no ottenkasiga ega bo`lgan so`zlar kiradi. Tahlil jarayonida matnda qo`llanilgan barcha morfologik birliklar emas, estetik maqsad aniq ko`rinib turgan, yozuvchining badiiy niyati ifodalangan morfologik o`zgachaliklar haqida so`z yuritiladi. Masalan: takror, morfologik parallelizm.
Atoqli otlar: G`oyibnazar Pinxonov, Oldi Sottiev, Tijoratxon, Dehqonqul.
Badiiy matnning ta'sirchanligini ta'minlashda sintaktik usuldan keng foydalaniladi.
Badiiy adabiyotda ifodali nutq vositasi sifatida muhim rol o`ynaydigan, mazmunan stabillashgan nutq oborotlari sintaktik-stilistik figuralar deyiladi.
Sintaktik figuralar nutq ta'sirchanligini oshirish, tasviriylikni kuchaytirishga yordam beruvchi maxsus sintaktik qurilish, nutq ko`rinishlaridir. Troplar so`zlar bilan ish ko`rsa, figuralar gap tuzilishi va gapdan anglashilgan umumiy ma'noga asoslanadi.
Figuralar nutqni ohangdor, ta'sirchan va jozibador qilishi va shu yo`l bilan tinglovchi tomonidan osonlik bilan qabul qilinishida muhim uslubiy vositadir. Shuning uchun ham ularni ma'lum darajada nutq muzikasi deyish mumkin.
Matnni sintaktik jihatdan tahlil etishda sohaga oid barcha adabiyotlarda quyidagi uslubiy vositalarga e’tibor berish qayd etiladi: 1.Sintaktik parallelizm. 2. Emotsional gaplar. 3. Ritorik so’roq gap. 4. Inversiya. 5. Ellipsis. 6. Sukut. 7. Gradatsiya. 8.Antiteza. 9. Farqlash.10. O’xshatish.


Xulosa.
Mazkur kurs ishida Matn so`z birikmasi va gapdan farqlanadi, chunki matnning ham o`z kategoriyasi va qonuniyatlari mavjud. Matn so`zining lug`aviy ma'nosida birikish, bog`lanish tushunchalarining borligi, shuning uchun matn tarkibi o`zaro qaysidir bog`lovchilar yordamida birikishni o`rganish “Matn tilshunosligi” sohasining asosiy muammolaridan biridir.
Tilshunos I.Rasulov matnni quyidagicha ta'riflaydi: “Gapdan katta birlik murakkab sintaktik butunlik bo`lib, u fikran va sintaktik jihatdan o`zaro bog`liq bo`lgan gaplar birlashmasidan iborat. Unda fikr gapga nisbatan ancha to`liq bo`ladi”.
Matn hajm va mazmun belgisiga ko`ra ikkiga bo`linadi: 1. Hajm belgisiga ko`ra matn turlari. 2. Ifoda maqsadi va mazmun belgisiga ko’ra matn turlari.
1. Hajm belgisiga ko`ra matn turlari. Matn gapdan ko`ra yirik hajmli aloqa vositasi, nutqiy faoliyat mahsuli, muayyan qonuniyatlar asosida shakllangan yozma nutq ko`rinishidir. Matn hajm belgisiga ko`ra ikkiga ajratiladi. Minimal matn (mikromatn) va maksimal matn ( makromatn).
Badiiy uslubda minimal matn deyilganda biror mavzuni yoritishga bag`ishlangan qatralar, xalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal va aforizmlar, miniatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she'r va she'riy parchalar, umuman, kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi. Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli shakldagi bog`lamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi.
Maksimal matn deyilganda keng ko`lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa, roman, epopeya kabi yirik hajmli asarlar maksimal matn hisoblanadi. Maksimal matn mikromatnlardan iborat. Eng kichik butunlik abzatsga, eng katta butunlik esa bob (qism yoki fasl)larga to`g`ri keladi. Bunday matn tarkibida epigraf, so`zboshi (muqadddima), so`ngso`z (epilog) kabi yordamchi qismlar ham ishtirok etishi mumkin. Ular asar mazmuni va g`oyasiga, shuningdek, mavzuning tanlanishi va yoritilishiga oid ayrim masalalarga qo`shimcha izoh, sharh bo`lib keladi.
Makromatnning eng kichik birligi abzatsdir. Abzats bir mazmuniy butunlik bo`lib, “matnning bir xat boshidan keyingi xat boshigacha bo`lgan qismi” hisoblanadi.
Oddiy kundalik hayotdagi so`zlashuv nutqida har doim ham yangidan matn yaratmaymiz. Ehtiyojimizga ko`ra turli matn turlaridan foydalanamiz. Ba'zan boshimizdan o`tgan yoki o`zimiz guvoh bo`lgan voqealarni kimgadir aytib beramiz. Insonlar o`rtasidagi muloqot maqsadi va mazmuni shular bilangina chegaralanib qolmaydi. Inson hissiyotlarini, tuyg`ularini, hayajonlarini, azob va qayg`ularini ifodalash, shu orqali tinglovchi yoki kitobxonni ta'sirlantirishni istaydi.Anna shunday hollarda ba'zan mubolag`a ba'zan o`xshash – qiyoslash kabi tasviriy vositalardan foydalanishimizni tushunib oldim.



Download 93.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling