Toshkent iqtisodiyot va


nisbatan yuqori darajasiga o‘tish


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana04.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1157771
1   2   3
Bog'liq
TOSHKENT IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA INSTITUTI

nisbatan yuqori darajasiga o‘tish. YUqori darajada rivojlangan 
mamlakatlar hozirgi zamon murakkab mehnat kooperatsiyasiga 
xos bo‘lgan xo‘jalik o‘zaro aloqalarining juda katta tarmog‘iga 
kirishib ketganlar. Eng mukammal texnika vositalarini yaratishda 
turli mamlakatlardan etkazib beriluvchi ko‘plab butlovchi 
qismlardan foydalaniladi. Masalan, AQSH “Boing” samolyotini 
ishlab chiqarishda butlovchi qism va detallarni mingga yaqin 
xorijiy firmalardan oladi.


Uchinchi yo‘nalish – xo‘jalikni tashkil etishning butunlay 
yangi shakllarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi.

Jahonda xo‘jalik aloqalarini tashkil etish shakllarining tubdan 
o‘zgarishi ko‘p jihatdan axborot tarqatishning globallashuvi bilan 
bog‘liq. Jumladan, yangi asrimizning dastlabki davri uchun 
quyidagi jarayonlar xos bo‘ladi: a) butun jahonni to‘liq 
kompyuterlashtirishni taqozo etuvchi global axborot tizimlari 
(Internet singari) yanada rivojlanadi; b) sun’iy yo‘ldoshlar 
imkoniyatlaridan foydalanishning yangi tizimi uyali telefon 
aloqasidan yo‘ldoshlar orqali ta’minlanuvchi global aloqaga o‘tish 
imkonini beradi; v) insoniyat ochiq axborotlashgan jamiyat tomon 
intiladi; g) Internet orqali savdo tizimi keng rivojlanadi.


To‘rtinchi yo‘nalish – xalqaro iqtisodiy 
tashkilotlarning tartibga soluvchi roli rivojlanadi.
• Jahon xo‘jaligi sub’ektlarining o‘zaro aloqasi hamda o‘zaro 
bog‘liqligining kengayishi va kuchayishi global 
muammolarni hal etishda tobora ko‘proq davlatlarning 
ishtirok etishini taqozo etadi. Bu muammolarning 
murakkablashuvi ularning o‘z vaqtida va tezkorlik bilan hal 
etilishida hukumatlararo va nohukumat (ishlab 
chiqaruvchilar, kompaniyalar va firmalar, ilmiy jamiyatlar 
va boshqa tashkilotlarning birlashmalari) xalqaro iqtisodiy 
tashkilotlarining faoliyatini zaruriyatga aylantiradi.


Shuningdek, jahon xo‘jaligi globalashuvi jarayonlarining ziddiyatli 
tomonlari ham mavjud. Bu ziddiyatlarning asosiylari quyidagilardan 
iborat:
• 1) turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda 
bormasligi;
• 2) boy va qashshoq mamlakatlar o‘rtasidagi farqning kuchayishi;
• 3) ekologik halokat tahdidlarining kuchayib borishi;
• 4) turli mamlakatlarda aholi sonining o‘zgarishining farqlanishi.



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling