Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining II. «Energetika, energiya va resurstejamkorlik» ustivor yo‘nalishi doirasida bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Dag‘al ozuqalarni tarqatish usullari, qurilmalarini yaratish, ularning ish ko‘rsatkichlarini tadqiq etish va parametrlarini asoslash bo‘yicha horijda Jekendra Y., Kumar A., Antil S.K., Rani V., Kondo T., Mizuno K., Kato T., Sonde V.M. va V.P.Goryachkinlar Rus olimlaridan V.A.Jeligovskiy, S.M.Melnikov, N.Ye.Reznik, L.P.Kartashov, V.I.Perednya, O.P.Matushkin, A.A.Rylov, D.N.Koshurnikov, D.P.Sysoev, V.I.Paxomov, V.Yu.Frolov, Eric Veikle, A.A.Vertiy, L.A.Yevgeniy, M.I.Tumanova, M.Yu.Yagelskiylar va yurtimizdan S.I.Nazarov, F.U.Qarshiev va boshqalar ilmiy tadqiqotlar olib borishgan.
Ko‘plab ilmiy-tadqiqot institutlari, alohida olimlar va ixtirochilar silos, pichan, senaj, ildizmevali ekinlar, yashil ozuqa va aralashma ozuqa asosida ozuqa aralashmalari olish, yangi qurilmalar yaratish va ularni takomillashtirish masalalarini o‘rganish bilan shug‘ullanganlar. Ular orasida Belkhode P.N., Sakhale C.N., Mohsenin N.N., Kato T., D.P.Sysoev, T. V. Varlamova, A. A. Vlasov, V. N. Gutman, L. V. Inozemseva, V. G. Koba, V. V. Konovalov, V. I. Lomov, V. A. Muxin, N. N. Novikov, V. I. Sirovatka, L. A. Utkin, L. L. Shvitarov, L. P. Kormanovsky va boshqalar ozuqa tarqatish qurilmalarini tadqiq etish bilan shug‘illanganlar.
Ammo mazkur tadqiqotlarda kichik oilaviy xo‘jaliklar uchun dag‘al ozuqalarni tarqatish imkonini beradigan energiya-resurstejamkor qurilmalarni ishlab chiqish va ularni ilmiy-texnologik asoslash masalalari yetarli darajada o‘rganilmagan.
Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya tadqiqoti Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ilmiy tadqiqot rejasining «Chorvachilik va baliqchilik uchun ozuqalarni maydalab tayyorlaydigan resurstejamkor kichik qurilmalar ishlab chiqish» topshirig‘i (2019-2021 yy.), №11/2021 “Dag‘al ozuqalarni maydalash qurilmasini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar berish” va Toshkent davlat texnika universitetidagi №4/2022 “Oilaviy chorvachilik xo‘jaliklari uchun ozuqalarni tarqatish qurilmasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash” mavzularda xo‘jalik shartnomalari doirasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |