Тошкент ирригация ва қишлоқ ХЎжалигини механизациялаш муҳандислари институти


Download 0.66 Mb.
bet6/34
Sana18.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1576160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
Автореферат Худайназаров LOTIN 16 05 2023 2444sev

Tadqiqotning maqsadi: kichik chorvachilik xo‘jaliklarida maydalangan dag‘al ozuqalarni kam sarf-harajatlar bilan belgilangan me’yorlar bo‘yicha tarqatadigan qurilmalarni ishlab chiqish va ularning parametrlari hamda ish rejimlarini asoslashdan iborat.
Tadqiqot vazifalari: qo‘yilgan maqsadga erishish uchun tadqiqot ishining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilab olindi:
har xil turdagi kichik ozuqa tarqatish qurilmalariga oid ma’lumotlarni tahlil qilish va tadqiqotlar yo‘nalishini asoslash;
ishlov beriladigan ob’ekt sifatida tarqatiladigan ozuqaning fizik-mexanik xossalarini o‘rganish;
ozuqalarni chorva mollariga belgilangan sifat darajasida tarqatishni amalga oshiradigan kichik o‘lchamli ozuqalarni tarqatish qurilmasi ish organlarining maqbul parametrlari va ish rejimlarini asoslash uchun nazariy va tajribaviy tadqiqotlar olib borish;
maqbul o‘lchamlarga ega ish organlari bilan jihozlangan ozuqa tarqatish qurilmasining ish sifati, energetik ko‘rsatkichlari hamda texnik–iqtisodiy samaradorligini aniqlash.
Tadqiqotning ob’ekti sifatida maydalangan dag‘al ozuqalar va ularni tarqatish qurilmasi hamda uning ishchi qismlari olingan.
Tadqiqotning predmeti dag‘al ozuqalarning fizik-mexanik xossalari, maydalangan dag‘al ozuqalarni tarqatish qurilmasi ishchi qismlarining ozuqalar bilan o‘zaro ta’sirlashish jarayonlari va ularning parametrlari, qurilmalarning ish sifat va energetik ko‘rsatkichlarining o‘zgarish qonuniyatlari tashkil etadi.
Tadqiqot usullari. Tadqiqot jarayonida statistik tahlil usullari, bir omilli tajribalar asosida qurilma parametrlarini asoslash, eksperimentlarni matematik rejalashtirish usullari hamda mavjud me’yoriy hujjatlarda belgilangan usullardan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
maydalangan ozuqalarni chorva mollariga bir me’yorda tarqatadigan uchki qismi qayrilgan ikki konsolli kurakchali rotorga ega ozuqa tarqatish qurilmasining konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
ozuqa tarqatish qurilmasining ikki konsolli kurakchasi uchki qismining qiyalik burchagi ozuqalarni kam qarshilik bilan ko‘proq miqdorda surib borish shartidan aniqlangan;
ozuqa tarqatish qurilmasi darchasining balandligi tarqatilayotgan ozuqaning oquvchanlik xususiyatini, darchaning eni esa kurakcha bilan surilayotgan ozuqaning hajmiy massasi va vaqt birligi ichida kerakli miqdorda ozuqaning to‘kilishini hisobga olgan holda asoslangan;
to‘kish novining qiyaligi ozuqalarning kam ishqalanish bilan nov ustida erkin harakatlanib, to‘kilishini ta’minlash shartidan, novning uzunligi esa to‘kilgan ozuqa uyumining balandligi, tabiiy uyumlanish burchagi va zichligini hisobga olgan holda aniqlangan.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling