Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


«Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari” fanidan mustaqil ish uchun quyidagi


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/17
Sana17.10.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1705566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
2LfoB8D6piLNZF4A7mWsvNuj8DjAct0Qf0L0IqhN

«Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari” fanidan mustaqil ish uchun quyidagi 
mavzular tavsiya etiladi: 
1. Geografik axborot tizimining xorijiy mamlakatlarda rivojlanishi.
2. Geografik axborot tizimini O„zbekistonda qo„llash istiqbollari.
3. Geografik axborot tizimi maxsus dasturlari bo„lgan ArcView, AutoCAD Desktop, 
Panorama, Oazis dasturlarining afzalliklari va kamchiliklari.
4. GPS tizimini O„zbekistonda qo„llash imkoniyatlari va istiqbollari.
5. Ma‟lumot to„plash bosqichining tizimdagi ahamiyati.
6. Ma‟lumotlarni tahlil qilishda dasturlarning ahamiyati.
7. Ma‟lumotlar bazasini tashkil qilish va uni saqlashda maxsus dasturlarni qo„llash 
ko„lami. 
8. Davlat yer kadastrlarini yuritishda geoaxborot tizimidan foydalanish uslublari va 
afzalliklari.
9. Geoaxborot tizimini shakllantirishda zamonaviy raqamli geodezik asboblardan 
foydalanish. 
10. Geoaxborot tizimini rivojlantirish istiqbollari. 
3. ISHNING REJASINI TUZISH VA BAJARILADIGAN ISHLARNI 
NAZORAT QILISH 
 
Talaba ishning rejasini tuzishda ilmiy rahbar bilan maslahatlashgan holda 
amalga oshirishi kerak. Ishning rejasi tuzilgandan so„ng, talaba kafedra mudiri yoki 
uning yordamchisidan tasdiqlatib olishi lozim. 
Talaba ish rejasini tasdiqlatib olgandan so„ng rejaga qat‟iy amal qilgan holda 
ishni bajarishi lozim. Har bir vazifani bosqichma-bosqich qat‟iy reja bo„yicha ilmiy 
rahbar nazoratida amalga oshirishi kerak. Birinchi bosqich vazifalari bajarilmasdan 


11 
keyingisiga o„tib bo„lmaydi. Birinchi bosqich vazifalari bajarilishi amalga 
oshirilmay qolsa ishdan samarali natija kutib bo„lmaydi. 
Talaba mustaqil ishini nazorat qilish kafedrada ishlab chiqilgan jadval va 
fanning texnologik kartasi asosida olib boruvchi professor-o„qituvchi tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Talabaning reyting ko„rsatkichlari, shu jumladan mustaqil ishi bo„yicha 
fakultetning an‟anaviy guruh reyting oynasida yoki maxsus elektron tarmog„ida 
yoritib boriladi. 
Talaba mustaqil ishining nazorat qilish turlari va uni baholash mezonlari 
ishlab chiqilgan va fakultet ilmiy kengashida tasdiqlangan. 
«Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari” fani bo„yicha mustaqil ishlarni 
baholash mezonlari talabalarga o„quv yili boshlanishi oldidan uslubiy materiallar 
bilan birgalikda tarqatiladi. 
Mustaqil ish bo„yicha belgilangan maksimal reyting ballining 55% dan kam 
ball to„plagan talaba fan bo„yicha yakuniy nazoratga qo„yilmaydi. 
«Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari” fani yuzasidan kesimida talabalarning 
mustaqil ishlari bo„yicha o„zlashtirishi muntazam ravishda talabalar guruhlarida, 
kafedra yig„ilishlari va fakultet ilmiy kengashlarida muxokama etib boriladi. 
Talabaning mustaqil ishi materiallari kafedra arxivida ro„yxatga olinadi va 
o„quv yili mobaynida saqlanadi. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling